Ko‘p so‘raladigan savollar (Ishchi vizalarining o’ziga xos xususiyatlari)
Ko‘p so‘raladigan savollar (Ishchi vizalarining o’ziga xos xususiyatlari)

1. Ko’p so’raladigan savollar
Japan Career Portalga «Yaponiyaga qanday borish mumkin?», «Yapon tilini yoki boshqa malakani bilish shartmi?», «Yaponiyaga borish uchun qancha pul ishlash kerak?» kabi savollar ko‘p kelgani sababli ko‘p so’raladigan savollarni jamlab, siz uchun tayyorladik.
(Muhandis, Gumanitar bilimlar, xalqaro xizmatlar) | |||
O’ziga xos xususiyatlar | Chet elliklarning malakasini oshirish maqsad qilingan. | Ishchi kuchi yetishmayotgan 16 ta sanoat sohasida ishlash. | Oliy ma'lumotli va yuqori malakali mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. |
Ish faoliyati sohasi | Qishloq xo’jaligi, qariyalarni parvarishlash, qurilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish sanoati, tikuvchilik sanoati va boshqalar | O‘zbekistonda imtihon topshirish mumkin bo’lgan sohalar : qishloq xo’jaligi, qariyalarni parvarishlash, qurilish, avtomobil transporti (yuk tashish), binolarni tozalash. | Ofis ishlari (aqliy mehnat talab qiladigan), og’zaki va yozma tarjimonlik kabi faoliyatlar. |
O’rtacha oylik maosh(2024) | 182,700 yen | 211,100 yen | 292,000 yen |
Yosh | 18 yosh yoki unda yuqori ※Agar sizning yoshingiz 30 yoshdan oshmagan bo‘lsa, Yaponiya kompaniyalari sizni ishga olishga ko‘proq qiziqadi. | 18 yosh yoki unda yuqori ※Agar sizning yoshingiz 30 yoshdan oshmagan bo‘lsa, Yaponiya kompaniyalari sizni ishga olishga ko‘proq qiziqadi. | Alohida belgilanmagan |
Yapon tilini bilish majburiymi? | 〇 Yaponiyaga kirishdan oldin yapon tili bo‘yicha tayyorgarlik kursini o‘tish majburiy. Sertifikat taqdim etish shart emas. | 〇 JLPT N4 darajada bilish shart | △ Odatda, JLPT N3 yoki undan yuqori darajadagi bilish kerak bo‘ladi. Ingliz tilida ham ayrim imkoniyatlar mavjud, ammo ingliz tilini talab qiladigan kompaniyalar juda kam. |
Rus yoki ingliz tilida ishlash mumkinmi? | × | × | △ Ingliz tilida ham ayrim imkoniyatlar mavjud, ammo ingliz tilini talab qiladigan kompaniyalar juda kam.。 |
Malaka sertifikati shartmi? | × | 〇 Tokutei Ginou (Maxsus malaka) imtihonidan o’tish talab qilinadi. | 〇 Odatda, oliy ta'lim muassasasini tamomlagan bo‘lish talab qilinadi. |
Turmush o‘rtog‘i va farzandlarini birga olib borish | × | 1-darajada × 2-darajada 〇 | 〇 |
Yaponiyaga borish jarayoni qancha vaqt oladi? | Viza olish: 6 oy yoki undan ko‘p vaqt talab etiladi. | JLPT N4:6 oy yoki undan ko‘p Viza olish: 1 oy yoki undan ko‘p | Viza olish: 6 oy yoki undan ko‘p |
Vositachilik haqi kerakmi? | Migratsiya agentligi: BHMning 10 baravari miqdorida (1BHM=375,000 UZS. 2025-yil aprel holatiga) Xususiy bandlik agentligi:× ※Ba’zi xususiy bandlik agentliklar yapon tili o‘quv xarajatlari, viza to‘lovi uchun taxminan 2000–3000 AQSh dollari atrofida pul oladi. | Migratsiya agentligi: BHMning 20 baravari miqdorida. Xususiy bandlik agentliklar: × qonunchilikka ko’ra haq olishlari mumkin emas | Migratsiya agentligi:? Xususiy bandlik agentligi:× qonunchilikka ko’ra haq olishlari mumkin emas |
Izoh | Bandlik agentliklaridan foydalanish majburiy | Bandlik agentliklaridan foydalanish yoki to’g’ridan-to’g’ri Yapon kompaniyasi bilan shartnoma tuzish | Tokutei Ginou vizasi bilan bir xil |
2. Stajyor va Tokutei Ginou (Maxsus malaka) vizalarining xususiyatlari, Yaponiyaga borish jarayoni
① Stajyor
•Albatta bandlik agentliklari bilan shartnoma tuzish kerak.
•Yaponiyaga borishdan oldin taxminan 4 oy davomida yapon tili va kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha kurs o‘tish shart.
•Yaponiyaga kirgach, 1 oy davomida yana qo‘shimcha o‘quv kursi bo‘ladi.


② Tokutei Ginou (Maxsus malaka)
•JLPT N4 darajasidagi yapon tili bilimiga ega bo‘lish va maxsus malaka imtihondan o‘tgan bo‘lish talab qilinadi. (※Qariyalarni parvarishlash sohasida esa ko‘plab kompaniyalar N3 darajasini talab qiladi);
•Ish beruvchi kompaniya bilan bevosita shartnoma tuzish mumkin;
•Stajyorga qaraganda ish haqi yuqoriroq bo’ladi.

Izoh qoldiring
Mavzuga oid