JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

"GIJINKOKU" (muhandis/ gumanitar bilimlar/ xalqaro ishlar) vizasi nima? Asosan aqliy mehnat talab qiladigan ish!

"GIJINKOKU" (muhandis/ gumanitar bilimlar/ xalqaro ishlar) vizasi nima? Asosan aqliy mehnat talab qiladigan ish!

1. Muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar nima?

 "Gijinkoku" - bu "muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar" degan ma'noni anglatadi. Soddaroq qilib aytganda, universitetni tugatgan yoki ma'lum ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar o'zlari o'rgangan bilimlar yoki ish tajribasi bilan bog'liq ishlarni bajarishlari uchun zarur bo'lgan rezidentlik maqomi. 2023-yil iyun oyida "Muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar" rezidentlik statusiga ega bo'lgan chet elliklarning soni 300,045 kishi bo'lib, ulardan 889 nafari o'zbekistonlikdir.

 Vizaning amal qilish muddati 5 yil, 3 yil, 1 yil, 3 oy bo'lib, uni cheksiz marta yangilanishi mumkin. Turmush o'rtog’i ( erini yoki xotinini) va farzandlarini ham o'zlari bilan olib kelish mumkin.

2. Qanday ishlar bilan shug'ullanish mumkin?

Quyidagi jadvalda ko'rsatilganidek, “Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar” har birida faoliyat mazmuni turli xil bo'lsa-da, lekin barchasi oliy ta’lim muassasasini tamomlaganlik yoki maxsus texnik bilimlarni talab qiladigan ishlardir.

Rezidentlik maqomi

Faoliyat turi

Ishlardan misollar

Muhandis

Universitet yoki kasb-hunar maktabida o'rgangan tabiiy fanlar sohasidagi bilim yoki texnikani talab qiluvchi ishlar  (aniq fanlar yo‘nalishi)

Tizim muhandisi, dasturiy ta'minot muhandisi, dasturchi, loyihalash va loyihani ishlab chiqish

Gumanitar bilimlar

Universitet yoki kasb-hunar maktabida o'rgangan huquq, iqtisod kabi ijtimoiy fanlar sohasidagi bilim va ko’nikmalardan foydalaniladigan ishlari (gumanitar yo'nalish)

Marketing, buxgalteriya, moliya, hisob-kitob, konsalting, huquqiy ishlar va boshqalar

Xalqaro ishlar

Chet tillarini kundalik hayotda qo'llashni talab qiluvchi ishlar, xorijiy madaniyat asosida ishlashni talab qiluvchi ishlar

Savdo ishlari, xorijiy biznes bilan shug'ullanish, sayyohlik kompaniyalari, og’zaki va yozma tarjima kompaniyalari va boshqalar

Mutaxassislikka oid  bilim, texnik ko’nikma  va malaka talab qilinadigan ish bilan shug’ullanish zarur bo’lgani uchun, "Muhandis, Gumanitar bilimlar va Xalqaro Ishlar" vizasiga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar konbini (mini-market) yoki supermarketda kassirlik, mehmonxonada mijozlarni qabul qilish (reception) yoki tozalash ishlari bilan shug’ullanishga ruxsat berilmaydi. Chunki bu ishlar odatda maxsus bilim, texik ko’nikma yoki malaka talab qilmaydi.

3. Muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar rezidentlik maqomini qanday olish mumkin?

Muhandis/ gumanitar bilimlar / xalqaro ishlar bo’yicha rezidentlik maqomini olish tartibi bir-biridan farq qiladi.

Rezidentlik maqomi

Shartlari

Muhandis / gumanitar bilimlar

Quyidagi 1–3 bandlardan biriga mos kelishi hamda ish haqi talabini (ya’ni, ushbu faoliyatni Yaponiya fuqarosi bajargan taqdirda to‘lanadigan miqdordan kam bo‘lmagan haq olish) qondirishi kerak.

Kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga doir talablar:

Tegishli fan yo‘nalishini ixtisoslik sifatida o‘qib, universitetni tamomlagan bo‘lish (yoki shunga teng ta’lim muassasasida o’qigan bo‘lishi).

  Tegishli fan yo‘nalishini ixtisoslik sifatida o‘qib, Yaponiyadagi kasb-hunar kollejining maxsus kursini tugatgan bo‘lish.

  Kamida 10 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish.

 

Xalqaro ishlar

Quyidagi 1–3 bandlarning barchasiga mos kelishi shart:

Og’zaki, yozma tarjimonlik, til o‘qitish, axborot tarqatish, reklama yoki xalqaro savdo faoliyati, kiyim-kechak yoki interyer bezagiga oid dizayn, mahsulot ishlab chiqish yoki shunga o‘xshash boshqa ishlar bilan shug‘ullanish.

Shu sohaga oid kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish.
(*Agar oliy ma’lumotli shaxs og’zaki-yozma tarjimonlik yoki til o‘qitish bilan shug‘ullansa, amaliy tajriba talab qilinmaydi.)

Ish haqi miqdori Yaponiya fuqarosi shu faoliyat bilan shug‘ullangan taqdirda to‘lanadigan darajadan kam bo‘lmasligi.

“Muhandis va gumanitar bilimlar” rezidentlik maqomi talablarida, bajaradigan ish faoliyati bilan o'zlashtirilgan bilimlar o’rtasida bog'liqlik talab qilinadi, lekin agar shaxs universitetni (O'zbekistondagi universitetlar ham hisobga olinadi) tamomlagan bo’lsa, muvofiqlikni tekshirish osonlashtirilgan tartibda bo’ladi. Masalan, filologiya fakultetini bitirgan talaba huquqiy ishlar bilan shug'ullanishi mumkin. Kasb-hunar maktablari uchun esa o'zlashtirilgan bilimlar va ish faoliyatlari o'rtasida kuchli bog'liqlik talab qilinadi (masalan, xalqaro biznes boshqaruvi fakultetini o’qigan kish, transport kompaniyasida xorijiy ishchilar mehnatini nazorati bilan shug’ullanolmaydi), 2024-yildan boshlab, Ta’lim, madaniyat, sport va fan vazirligi (MEXT) tomonidan tan olingan ayrim kasb-hunar kollejlari universitetlar singari yumshoqroq tartibda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Qaysi kasb-hunar maktabiga borish va qaysi sohani tanlashingiz, ish kirishingiz mumkin bo’lgan kompaniya va bajarish mumkin bo’lgan ish turiga chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun, Yaponiyaga kasb-hunar maktabiga kirishdan oldin kelajakda qilmoqchi bo’lgan ishlaringizni chuqur o'ylab ko'rishingiz kerak.

4. “Gijinkoku”(Muhandis/ gumanitar bilimlar/ xalqaro ishlar)ni olish yo'llari

"Gijinkoku" ni olishning ko'p usullari mavjud, lekin ba'zi misollarni keltiramiz.

1.Yaponiya ta’lim muassasalarida o'qish orqali borish yo'li orqali:

Hozirgi kunda “Gijinkoku”ni olgan o'zbekistonliklarning ko'pchiligi Yaponiya ta’lim muaasasalarida o'qish orqali. Yaponiya til maktabiga o‘qishga borib, so‘ngra Yaponiya universiteti yoki ixtisoslashgan maktabni tamomlab, Yaponiya kompaniyasiga ishga kirish misoli, yoki O‘zbekistonda o’rta maktabni bitirgandan so‘ng bevosita Yaponiya universitetida o‘qishni davom ettirish misoli, shuningdek Sharqshunoslik universiteti, Jahon tillari universiteti yoki Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab keyin Yaponiyada magistraturasida tahsil olib, keyin Yaponiya kompaniyasiga ishga kirish misoli kabi variantlar mavjud.

2. Stajyor yoki  maxsus malakada ishlab → Yaponiya ta’lim muassalarida o'qishga kirish yo'li orqali:

Stajyor yoki maxsus malaka vizasida ishlab, o'qish xarajatlariga pul yig'ib, keyin talaba bo’lish orqali, Yaponiyada ishga kirish mumkin. Ayni vaqtda o'zbekistonliklar orasida bu kabi misollar ko’p emas, lekin vetnamliklar orasida ko’plab misollar mavjud.

3. O'zbekistonda turib ishga qabul qilinish yo'li orqali:

O'zbekistonda oliy ta’lim muassasasini bitirgan shaxslarni bandlik agentliklari yoki tanishlari orqali yapon kompaniyasiga ishga olish mumkin. O'zbekistondagi yapon kompaniyasi filialida ishga qabul qilingan va keyin Yaponiyaga ishini ko’chirib o'tkazgan misollar ham bor.

5. Xulosa

Japan Career Portal-da "Gijinkoku" vizasi bilan faoliyat yuritayotganlar vatandoshlarimizning tajribalaridan namunalar ham bor. Tajribalari bilan tanishib chiqib, kelajakdagi rejalaringiz haqida o’ylab ko'ring.Toyota Tsusho korxonasida faoliyat yuritayotgan senpai!

Izoh qoldiring
Profile picture