Toyota Tsusho korxonasida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz!
Toyota Tsusho korxonasida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz!
Katta kompaniyalarga ishga kirish va karyerani rivonlantirish uchun reja bilan ishlash muhim!
Eldor Samanov
2012-2017-yillar: Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr
2017-2018-yillar: “SamAuto” MChJda yuridik bo'lim xodimi
2018-2020-yillar: Hitotsubashi universitetida mustaqil tadqiqotchi
2020-2022-yillar: Hitotsubashi universitetida magistratura
2022-yildan hozirgi vaqtgacha: Toyota Tsusho korporatsiyasida xalqaro savdo mutaxassisi
(yillik o'rtacha daromadi 9 million yen)
Yaponiyaga o'qishga borish
Men dzyudo sporti bilan shug'ullanishni boshlaganim sababli Yaponiyaga qiziqishni ortdi. 2012-yil Toshkent davlat yuridik universitetiga o’qishga kirganimda, Nagoya universitetining “Yapon huquqini tadqiq qilish markazi”da yapon tili va yapon huquqini o'rganib, ikkinchi kursda Nikkensei(Yapon tili va madaniyatini o’rganish dasturi) orqali bir yil muddatga Yaponiyaga o'qishga bordim. Universitetni tugatganimdan keyin ma'lum muddat SamAuto korxonasining yuridik bo'limda ishladim va keyin yana Yaponiyada o'qishga qaror qildim. MEXT stipendiyasi yordamida Hitotsubashi universiteti magistraturasida tahsil oldim.
Yaponiyada ish qidirish
Men magistratura birinchi kursining kuzida ish qidirishga tayyorlana boshladim. Kelajakda o'z biznesimni boshlash niyatim bor edi, shuning uchun turli bizneslar bilan shug'ullanish imkoniyati ko'p bo'lgan va yangi biznes investitsiyalari bilan shug'ullanuvchi savdo kompaniyalari orasidan 15 ta korxonaga ariza berdim. Oxirgi vaqtlar ko'plab kompaniyalar chet ellik talabalar uchun alohida kvotalar ajratmoqda. Toyota Tsusho korporatsiyasining chet ellik yangi bitiruvchi talabalar uchun mo'ljallangan vakansiyaga ariza topshirdim, 10 kun ichida ishga qabul qilindim.
Yaponiyadagi ish qidirish jarayonining o'ziga xosligi
Yaponiyaning ish qidirish jarayoni O'zbekistondan butunlay farq qiladi, shuning uchun ehtiyot bo'lish kerak. Yaponiyada ko'plab kompaniyalar bir xil jadvalda ishga qabul qilish jarayonini o'tkazadilar. Ishga qabul qilish jarayoni boshlanishidan oldin kompaniyalarni o'rganish, OBOG (old boy, old girl - o’sha kompaniyada ishlab turgan, siz bilan bir universitetni tugatgan yoshi katta o’g’il yoki qiz) bilan uchrashib maslahat olish, ishga kirish arizasini topshirish, SPI (bilim, qobiliyat va shaxsiy xususiyatlarni aniqlash) testi va suhbatlarga tayyorgarlik ko'rish zarur.
Ish qidirishda nimalarga e'tibor berish kerak
Ish qidirishda axborot yig'ish bo'yicha qiyinchiliklarga duch keldim. Kompaniyalar va ish qidirish jarayoni haqida haddan ortiq ko'p axborot mavjud bo'lgani uchun to'g'ri axborotni tanlash qiyin kechdi. Yaponiyalik do'stlarim va O'zbekistondan kelgan yuqori kurs talabalardan (senpailar) maslahatlar oldim va OBOG tashriflari orqali asta-sekin axborot yig'dim.
Shuningdek, ish qidirish paytida N1 sertifikatiga ega edim, lekin shunga qaramay yapon tili bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch keldim. SPI testi ham yapon tilida bo'lgani uchun yapon tilini bo'yicha ko'nikmalarni doimiy ravishda oshirib borish zarur edi.
Toyota Tsusho korporatsiyasida ishlash
Toyota Tsusho korporatsiyasiga kirganimdan keyin Mobility boshqarmasi logistik yechimlar bo'limiga tayinlandim va forklift (yuk ko'targich) eksporti bilan bog'liq barcha ishlarni bajardim. Dastlabki ikki yil Markaziy Amerika, 2024-yil aprelidan boshlab esa Markaziy Osiyo va Koreya bilan bog'liq savdo agentliklarining savdo va marketingni qo'llab-quvvatlash, eksport va savdo amaliyotlari bilan shug'ullandim.
Ishni OJT (On the Job Traning - ish jarayonida o’qitish) orqali asta-sekin o'rgandim. Kompaniya ichida menga OJT bo'yicha mas'ul xodim biriktirilgan bo'lib, u xodimdan har doim maslahat so'rashim mumkin edi.
Ish faoliyati davomida duch kelgan qiyinchiliklarim: Yaponiya va O'zbekiston o’rtasida madaniyat farqlari
Yaponiyaning o'ziga xos qoidalari va odatlariga moslashish juda qiyin bo'ldi. Masalan, ish haqidagi hisobotlarni kompaniyada eng yuqori tushuvchi rahbarga emas, aksincha sizga to'g'ridan-to'g'ri mas'ul xodim sifatida biriktirilgan rahbarga taqdim qilish kerak.
Yaponlar ko'p hollarda to'g'ridan-to'g'ri fikrlarini ifoda qilishdan tiyilishadi, shuning uchun matn orasidan ma'noni tushunish qobiliyati talab qilinadi. Mijozlar "yaxshi" desalar ham, ko'pincha bu yaxshi emasligini anglatadi. Bu O'zbekistondan kelganlar uchun tushunish qiyin, shuning uchun rahbarimdan haqiqiy ma'noni ko'p marta so'rar edim. Yapon muomala madaniyatini ma'lum bir darajada tushunishim uchun 2-3 yil kerak bo'ldi.
Oldindan maslahatlashuvning muhimligi
Yaponiyalik korxonalarda ishlashni istagan o'zbeklar uchun maslahat - yapon madaniyatini yaxshi tushunmayotganingizni erta bosqichda rahbar yoki hamkasblarga aytib qo'yish yaxshiroqdir. Aks holda, rahbar yoki hamkasblar, chet ellik bo'lishiga qaramay, sizni Yapon madaniyatini tushunadi deb hisoblashadi va sizdan oddiy yapondan kutadigan muloqot odatlarini talab qilishadi.
Kompaniyada e’tiborga tushishning asosiy omillari
Mening kompaniyada muvaffaqiyatli ravishda lavozimim oshmoqda. Yaponiyada belgilangan narsalarni to'g'ri bajarish orqali lavozim ko'tarish mumkin, lekin oddiy narsalarni oddiy qilib bajarish juda qiyin. Reja tuzish va uni aniq bajarish Yaponiyadagi kompaniyada yuqori baholanishingiz uchun muhimdir.
Toyota Tsusho'da lavozim oshirish uchun ichki imtihonlardan o'tish kerak edi, shuning uchun moliya, hisob, eksport-import boshqaruvi kabi qalin kitoblarni o'qib, puxta tayyorlandim.
So'z yakunida
Yaponiya biznes va insoniy munosabatlarni juda ehtiyotkorlik bilan rivojlantiradigan mamlakatdir. Shuningdek, bu jamiyatda ish tajriba katta ahamiyatga ega. O'zbekistondagi kabi qisqa muddatda natija ko'rsatish va lavozim oshirish qiyin, shuning uchun ishga uzoq muddatli nuqtai nazardan yondashish zarur.
Shuningdek, Yaponiyaga moslashish uchun yapon tilining ahamiyatini ham ta'kidlashni istayman. Yapon jamiyatiga qo'shilish uchun, birinchi navbatda, yapon tili kerak bo'ladi, shuning uchun yapon tilini o'rganishni doim davom ettirish kerak.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid