Ko‘p so‘raladigan savollar
Ko‘p so‘raladigan savollar
Stajyor bu o'z nomi bilan aytib turganidek Yaponiyada tajriba oshirish, malaka o'rganish maqsadida Yaponiyaga ishga boradiganlar uchun mo'ljallangan. O'rtacha oylik maosh ish turi yoki sanoat turiga qarab, qo'shimcha ish bor yo'qligiga qarab farq qiladi. Yaponiyaning bandlik vazirligi xabar berishicha Stajyor vizasi bilan ishlayotgan chet elliklarning o'rtacha oylik miqdori, soliq va boshqa ijtimoiy to'lovlarni olib tashlashdan oldin 182,700 yena deb xabar bermoqda. Japan Career Portal jamoasi Yaponiyada ushbu viza turi bilan mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan suhbatda ularning oyliklari o'rtacha 180,000-200,000 yena atrofida ekanligi haqida ma'lumot olgan. Ko'plab vatandoshlarimiz oyiga 900-1,000 AQSH dollari atrofida pul jo'natishlari haqida aytib o'tishgan. Batafsil bilishni xohlasangiz Japan Career Portalda-ning Yaponiya Tajribasi bo'limidan ma'lumot olishingiz mumkin.
Turistik viza rasmiy nomi "Qisqa muddatga bo’lib turish " ruxsatnomasi deb ataladi. Bu viza odatda 90 kun, 30 kun yoki 15 kun muddat bilan beriladi. Turistlar, qarindoshlar va doʻstlarnikigi tashrif buyuruvchilar yoki ish bilan bogʻliq uchrashuvlar uchun safar qiladigan biznesmenlar uchun moʻljallangan, lekin ishlash faoliyati taqiqlanadi. Agar siz "Qisqa muddatga bo’lib turish” ruxsatnomasi bilan Yaponiyaga kirgandan keyin ishlab, uning uchun haq olsangiz, bu noqonuniy ish hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin. Batafsil quyidagi ma'lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin: Turistik viza bilan ishlash mumkinmi?, Ishlash uchun qaysi rezidentlik maqomini olish kerak?
Yapon tilini bilish shart. Yapon tilini bilish, siz tanlagan viza turiga qarab farq qiladi. Yuqori malakali ishchilar (IT, akademik-tadqiqotchilar) dan yapon tili talab qilinmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Lekin Yaponiya aholisining 99%i yapon millatidan tashkil topgan va ularning ona tilisi yapon tili hisoblanadi. Shuning uchun ishdan tashqari, kundalik hayotda ham sizdan yapon tilini bilish talab etiladi. Yapon tilida qanchalik ravon gapirsangiz martabangiz va oylik maoshingizni ko'tarilishi ham shunchalik tez bo'ladi.
"Tokutei Ginou" (Maxsus Malakali Ishchi) vizasi 1-daraja va 2-darajaga bo'linadi.
Faqatgina 2-daraja egalari oila a'zolarini (turmush o'rtog'i va farzandlari) Yaponiyaga olib ketish mumkin.
Yana batafsil quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin. Maxsus malaka
Siz Yaponiyaga stajyor vizasida Migratsiya agentligi yoki xususiy bandlik agentliklari orqali ishga ketishingiz mumkin. Batafsil quyidagi maqolada stajyor vizasi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Xususiy bandlik agentliklari haqida quyidagi maqolani o'qishni tavsiya etamiz.
Tokuteiginou (maxsus malaka) vizasi Yaponiyada ma'lum bir soha bo'yicha ishlash tizimi bo'lib, bunda barcha shart-sharoitlar Yaponiya fuqarolari bilan tenglashtirilgan. Quyidagi videoda batafsil tanishib olishingiz mumkin. Video
Hozirda qurilish, parvarish (qariyalarni parvarishlash), qishloq xo‘jaligi, bino tozalash va avtomobil transporti sanoati sohalarida imtihon topshirish mumkin. "Prometric"ning rasmiy sayti orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Batafsil quyidagi havola orqali tanishib chiqing. Qanday ariza topshiriladi? Tokutei Ginou imtixoniga ro'yxatdan o'tish qo'llanma video.
Yo'q, GROW jo'natuvchi tashkilot emas. Yapon tili markazi ham emas. GROW, Yaponiyaning O'zbekistonga ko'rsatayotgan texnik hamkorlik loyihasi bo'lib, Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Yaponiyada ishlamoqchi bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini qo'llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasi yoki xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan Yaponiyada avtomobil haydash mumkin emas.
Avtomobil haydash uchun quyidagi ikki yo‘ldan biri tanlanadi:
1. Yaponiyada haydovchilik guvohnomasini olish
Yaponiyaning avto maktabiga qatnab, nazariy (test) va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish orqali haydovchilik guvohnomasini olish mumkin.
Eslatma: 2025-yil aprel oyidagi holatga ko‘ra, nazariy imtihonni o‘zbek tilida topshirish mumkin emas. Biroq, ingliz yoki rus tilida topshirish imkoniyati mavjud.
2. Haydovchilik guvohnomasini Yaponiyanikiga almashtirish
Bu yo‘l bilan guvohnoma olish uchun siz O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olganingizdan so‘ng kamida 3 oy davomida O‘zbekistonda yashagan bo‘lishingiz shart.
Guvohnomani Yaponiyanikiga almashtirish uchun nazariy (test) va amaliy (haydash) imtihonlardan o‘tish kerak bo‘ladi.
Bu imtihonlar yashayotgan hududingizdagi haydovchilik imtihon markazida topshiriladi.
Eslatma: 2025-yil aprel holatiga ko‘ra, nazariy imtihonni o‘zbek tilida topshirish imkoni yo‘q. Biroq ingliz, rus yoki turk tillarida topshirish mumkin.