JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Maxsus malaka imtihoniga qanday ariza topshiriladi?

Maxsus malaka imtihoniga qanday ariza topshiriladi?

1. Kirish

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda turib qishloq xo’jaligi, qurilish va qariyalarni parvarishlash sohalarida maxsus malaka imtihonini topshirish imkoniyati mavjud. Imtihon o’tkazilish joyi Toshkent shahri (Manzil: Kichik Beshyog’och ko’chasi 86, Micros Training Centre).
Ushbu maqolada, imtihon uchun ariza topshirish usullari haqida sodda qilib tushuntirib beramiz. Batafsil ma’lumotlar bilan PROMETRIC saytidan tanishib oling (o’zbek tilida). Yaponiyadan turib imtihon topshirmoqchi bo’lganlar ham PROMETRIC sayti orqali ariza berishlari kerak.

(Rasm PROMETRIC saytidan olingan)

2. Ariza berish usuli

Imtihon uchun ariza PROMETRIC sayti orqali beriladi.

Dastlab ID yaratib olamiz.

https://www.prometric-jp.com/uz/ssw/exam/id/

Shundan so‘ng, har bir imtihon uchun maxsus sahifadan "Kirish" tugmasini bosib, "Imtihonni bron qilish" tugmasini tanlang.
Istalgan imtihon sanasi va hududni tanlaganingizdan so‘ng, "Imtihon joylarini  qidirish" tugmasini bosing. Natijada mavjud imtihon o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Keyin to‘lov jarayoniga o‘tiladi. Mastercard yoki VISA orqali to‘lov amalga oshirish mumkin. Shuningdek, vaucher xarid qilish imkoniyati ham mavjud.
https://www.prometric-jp.com/ssw/exam/id/

Imtihon uchun to’lovlar quyidagicha:

  • JFT-Basic:  36 AQSh dollari

  • Qariyalarni parvarishlash bo'yicha ko'nikmalarni baholash imtihoni va qariyalarni parvarishlash bo’yicha yapon tilini baholash imtihoni: 7 AQSh dollari

  • Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ko‘nikmalar baholash imtihoni: 33 AQSh dollari

  • Qurilish sohasi bo‘yicha maxsus ko‘nikmalar baholash imtihoni: 14 AQSh dollari

3. Imtihon o’tkazilish vaqti

O’zbekistonda imtihon o’tkazilish vaqtini quyidagi havola orqali bilishingiz mumkin.
https://www.prometric-jp.com/ssw/schedule/overseas/

2025-yil yanvar-mart oylari oraligida bo’lib o’tadi:

  • 7-11-yanvar kunlari 

  • 4-8-fevral kunlari

  • 2-6-mart kunlari

4. Boshqalar

● Imtihon natijasi

Qishloq xo’jaligi va qariyalarni parvarishlash imtihonining natijasi, imtihon yakunlanishi bilan kompyuter ekranida namoyon bo’ladi. 
Qurilish sohasi imtihonining natijasi, imtihondan keyin 5 ish kun ichida, imtihon bron qilingan vaqtda foydalanilgan shaxsiy kabinet orqali tekshirishingiz mumkin.  

● Imtihon kun tartibi

Quyidagi havola orqali tanishib chiqing

https://www.prometric-jp.com/uz/ssw/exam/flow/overseas/

● O’quv materiallari

Japan Career Portalda qishloq xo’jaligi, qariyalarni parvarishla va qurilish sohasining rasmiy o’quv materiallari joylashtirilgan.

● Vatandoshlarimizning Yaponiyadagi ish tajribalari.

Yaponiyada ishlayotgan vatandoshlarimizning tajribalaridan ham namunalar keltirilgan. Agar qiziqsangiz, o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz. https://japancareer.uz/uz/japanese-experience

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz