Maxsus malaka (tokutei ginou) rezidentlik statusi nima? Bu statusning shartlari va qo‘lga kiritish usullari
Maxsus malaka (tokutei ginou) rezidentlik statusi nima? Bu statusning shartlari va qo‘lga kiritish usullari
Ta’lim darajasi yoki ish tajribasiga qat’iy nazar Yaponiyada ishlay olish huquqiga ega istiqomat vizasi mavjudligi rostmi? Qanday qilib ushbu rezidentlik statusini qo‘lga kiritsa bo‘ladi? Bu qaysi talabgorlar uchun? Maxsus malaka (bundan buyon matnda - tokuteiginou) rezidentlik statusi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Tokuteiginou rezidentlik statusi bu-?
Tokuteiginou rezidentlik statusi, Yaponiyada hozirgi vaqtda kadr yetishmayotgan 12 ta sohadagi chet elliklar ishlay oladigan istiqomat statusi hisoblanadi. Tokuteiginou rezidentlik statusi Tokuteiginou 1-daraja va bu darajaga qaraganda kasb mahorati yuqoriroq sanaladigan Tokuteiginou 2-daraja deb nomlanadigan ikki xil turlari mavjud.
Tokuteiginou rezidentlik statusining foydali tomonlari
·12ta sohaga tegishli ish joylarida ishlash imkoniyati bo‘lganligi bois mos ish joyini topish osonroq.
·Ta’lim faoliyati ma’lumotiga qaralmaydi.
·Kasbini o‘zgartirish hamda yuqori lavozimlarga o‘tish imkoniyati ham bor.
Tokuteiginou 1-daraja va 2-daraja viza statusi turlaridagi farqlar
Tokuteiginou 1-daraja | Tokuteiginou 2-daraja | |
---|---|---|
Ta’lim faoliyati va ish tajribasi | Yo‘q (faqatgina talabgor yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi shart) | Tokuteiginou 2-daraja uchun maxsus tajribadan o‘tganlik darajasi aniqlanadigan imtihondan o‘tish talab qilinadi. |
Istiqomat viza statusi muddati | 1 yil va 6 oy yoki har 4 oyda yangilanish Ishning umumiy eng ko'p hisobda 5 yilgacha | 3 yil va 1 yil yoki har 6 oyda yangilanish Ishning umumiy eng k’p hisobi belgilanmagan |
Yapon tilini bilish darajasi | N 4 darajasidan yuqori (Kasbiy malaka amaliyotidan 2-darajani tugatganlar N4 dan olishlari shart emas.) | Imtihonlarda til bilish darajasini aniqlash shart emas |
Oilaviy yashash huquqi bormi | × | ○ |
Mos ish sohalari | Qariyalarni parvarishlash, bino tozalash, shaklli materiallar, sanoat mashinalari, elektronika va axborot texnologiyalari bilan bog'liq ishlab chiqarish sanoati, qurilish, kemasozlik va dengiz sanoati, avtomobil ta'mirlash, aviatsiya, mehmonxona xizmatlari, qishloq xo'jaligi, baliqchilik, oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, umumiy ovqatlanish sanoati. | Qurilish, |
2022-yil fevral oyi ma’lumotlariga asoslangan
Tokuteiginou 1-daraja rezidentlik statusidagi xorijiy fuqarolarning qo‘llab-quvvatlash
Tokuteiginou rezidentlik statusidagi chet elliklar uchun quyidagi yordamlar taqdim etiladi.
1. Yaponiyaga kirishdan oldin Yaponiya hayotiga ko‘nikib borish haqida ma’lumotlar beriladi.
2. Yaponiyaga kirib kelgan vaqtda aeroportda kutib olish va mamlakatdan o‘z vataniga chiqib ketayotgan vaqtda aeroportdan kuzatib qo‘yish xizmatlari ko‘rsatiladi.
3. Yaponiyada yashash joyini ijaraga olish jarayonida uchun garant-kafolat beruvchi tomon vazifasini bajarib berish bilan birga uy-joy muammolarini hal qilishda yordam ko‘rsatiladi.
4. Yaponiyada yashash davomida hayot tarzidagi ayrim muammolarga ko’maklashiladi.( Bank kartasini ochish, mobil aloqa uchun telefon kompaniyalari bilan shartnoma tuzish kabi holatlarda)
5. Yaponiya hayotida eng muhin hisoblangan til bilish darajasini oshirishga ko‘maklashiladi.
6. Tokuteiginou viza statusidagi xorijiy fuqaro tomonidan tushgan shikoyat va maslahatlar ko‘rib chiqiladi va muammolar echimini topishda yordam beriladi.
7. Ma’muriy tartib qoidalar haqida ma’lumotlar yetkaziladi va yordam beriladi. (Muammolar birga ko‘rib chiqiladi)
8. Yaponiyalik hamkasblari bilan bo‘ladigan haqiqiy muloqot vaziyatlari yaratib beriladi.
9. Tokuteiginou viza statusidagi xorijiy fuqaro o‘z ish joyidan bo‘shatilsa unga boshqa ish joyi topib berishda yordam ko‘rsatiladi. (Ishdan ketish sababi xorijiy fuqaro aybi bilan emasligi tasdiqlangan vaziyatda)
10. Har uch oyda bir marotabadan kam bo‘lmagan holda ish beruvchi bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi, qonun-qoidalar kesimida ish olib borilganligi nazorat qilinadi va hisobotlar beriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash harakatlari Yaponiyada ish beruvchi kompaniya tomonidan ko‘rsatishga majburligi qonunda belgilangan. ①④⑥⑦ raqamda belgilangan yordam turlari xorijiy fuqarolar tushunadigan tilida berilishi shart.
Ayrim vaziyatlarda chet ellik va kompaniya o‘rtasiga Ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot (登録支援機関) ham kirib kompaniya o‘rniga yordam ko‘rsata oladi.
Tokuteiginou rezidentlik statusini qanday qo‘lga kiritish usullari
Tokuteiginou 1-daraja rezidentlik statusi
Imtihon orqali: quyidagi ikkita imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish lozim;
1.1 JLPT (Yapon tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihon) N4 dan yuqori yoki JFT-Basic
※Qariyalarni parvarishlash xizmat ko‘rsatish sohasida ish olib boradigan malakaga ega xorijiy fuqarolar esa «qariyalarni parvarishi bo‘yicha yapon tili til bilish darajasi imtihoni»dan o‘tgan bo‘lishlari shart.
1.2 Malakani aniqlash imtihoni (技能測定試験), soha bo‘yicha yozma imtihon.
Kasbiy malaka amaliyoti (Ginoujishshuu) orqali: Ginoujishshuu viza statusida 2 yili-u 10 oy muddatdan ortiq namunali xulq bilan o‘tagan xorij fuqarolari.
2.1 Ginoujishshuuni soha bilan bir xil sohadagi ish
JLPT va Malakani aniqlash imtihoni (技能測定試験)ni topshirishi shart emas.
2.2 Ginoujishshuuni soha bilan farq qiladigan sohadagi o‘zlari tanlagan soha malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tsalar yetarli. Ushbu vaziyatda ham, Ginoujishshuuni viza statusida 2 yili-u 10 oy muddatdan ortiq namunali xulq bilan o‘tagan xorij fuqarolaridan JLPT sertifikatlari talab qilinmaydi.
Tokuteiginou 2-darajali viza statusi
Malaka bo'yicha yanada qiyinroq imtihondan muvaffaqiyatli o'tish zarur. (Quyidagi havolalardagi ma'lumotlar foydali bo'lishi mumkin)
Maxsus malaka bo'yicha tajriba haqida. ① "Kasbiy malaka amaliyotidan maxsus malakaga o'tish
Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!
Karyera dizayni kursi: Bino tozalash sanoati haqida|JICA-Net Kutubxonasi
Karyera dizayni kursi: Avtomobil ta'mirlash sohasidagi ish haqida|JICA-Net Kutubxonasi
Karyera dizayni kursi: Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati haqida|JICA-Net Kutubxonasi
Maxsus texnik umumiy qo'llab-quvvatlash sayti|Kirib kelish va yashashni nazorat qilish Agentligi
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/specified-skilled-workers/specified-skills-visa)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid