Yaponiyada ishlash uchun qaysi turdagi viza(rezidentlik statusi)ni olish kerak?
Yaponiyada ishlash uchun qaysi turdagi viza(rezidentlik statusi)ni olish kerak?
1. Yaponiyada qancha oʻzbekistonliklar bor?
2023-yilning iyun oyi oxiriga kelib, Yaponiyada yashayotgan oʻzbekistonliklar soni 5899 kishini tashkil etdi. Viza(rezidentlik statusi)lar boʻyicha quyidagi jadvaldan koʻrish mumkin. Ko‘plab Yaponiyada yashayotgan o‘zbeklar talaba ekanligini bilib olish mumkin.
2021.12 | 2022.12 | 2023.6 | |
Yuqori malakali mutaxasis | 26 | 33 | 40 |
Muhandis / gumanitar bilimlar / xalqaro ishlar (MGX) | 605 | 749 | 889 |
Maxsus malaka | 4 | 16 | 44 |
Kasbiy malaka amaliyoti | 58 | 230 | 252 |
Talaba | 1264 | 2553 | 2785 |
Boshqalar | 1713 | 1932 | 1879 |
Jami | 3670 | 5513 | 5889 |
2. Ishlamoqchi boʻlsangiz, ishchi vizasini oling!
Talabalar orasida yapon tilini oʻrganishni, Yaponiya universitetlari va kasb-hunar maktablariga o'qishga kirishni istaganlar koʻp. Biroq, ba'zilar pul ishlash maqsadida "talaba" vizasi bilan kelishadi va qimmat oʻqish toʻlovlarini toʻlash hamda pul yigʻish yoki uyga joʻnatish uchun oʻqishdan koʻra koʻproq arubaito(soatbay ish)da ishlaydilar. Bu "noqonuniy ish" holatiga tushishi mumkin va koʻplab oʻzbekistonliklar qimmat oʻqish toʻlovlarini toʻlash uchun qiynaladi (qashshoqlik tufayli jinoyat qilgan oʻzbekistonliklar ham bor!). Bizning loyihamiz pul ishlash maqsadida talaba sifatida kelishni tavsiya etmaydi. Yaponiyada ishlashni istagan oʻzbekistonliklarga "Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar(MGX)", "Maxsus malaka", "Kasbiy malaka amaliyoti" kabi ish uchun moʻljallangan vizalarni olish va ishlashni tavsiya etamiz. Ushbu vizalarning farqlari quyidagicha:
Kasbiy malaka amaliyoti | Maxsus malaka | Muhandis / Gumanitar bilimlar/ Xalqaro ishlar (MGX) | |
Oʻziga xos xususiyatlari | Maqsad inson resurslarini rivojlantirish orqali koʻnikmalar, texnologiyalar va bilimlarni rivojlanayotgan mintaqalarga yetkazishdir. | Ishchi kuchi yetishmaydigan sanoat sohalarida ishlar | Muhandislik va tarjimonlik kabi yuqori darajadagi tajriba va bilim talab qiladigan ishlar |
Ta’lim ma’lumoti | Oʻrta va yuqori maktab bitiruvchilariga ham mumkin | Oʻrta va yuqori maktab bitiruvchilariga ham mumkin | Oliy ta’lim va kasb-hunar maktabi bitiruvchilari |
Sanoat tarmoqlari va kasb turlari | Dehqonchilik, qurilish, qariyalarni parvarishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, toʻqimachilik va kiyim kechak ishlab chiqarish, binolarni tozalash kabi sohalar | Dehqonchilik, qurilish, qariyalarni parvarishlar, mehmonxona, restoran xizmatlari, binolarni tozalash kabi sohalar. | IT mutaxasisi, chet tili oʻqituvchisi, tarjimon(ogʻzaki va yozma), offis xizmatchisi(savdo-sotiq, boshqaruv, marketing) kabi sohalar |
Ishning tafsilotlari | Odatda qora ishlar ya’ni jismoniy harakat talab qilinadigan ishlar (past malaka talab qiladigan) | Odatda qora ishlar ya’ni jismoniy harakat talab qilinadigan ishlar (oʻrta va yuqori malaka talab qiladigan) | Offis bilan bogʻliq ishlar, ya’ni aqliy mehnat talab qilinadigan ishlar |
Ish haqining darajasi | Past | Oʻrta | Oʻrta ~yuqori |
Turmush oʻrtoqlar va farzandlarni olib kelish | Qoida boʻyicha mumkin emas | Maxsus malaka 1-darajali ishchilarga mumkin emas Maxsus malaka 2-darajali ishchilarga mumkin. | Mumkin |
3. "Muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar (MGX)" vizasi
"Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar" vizasi IT mutaxassislari, tarjimonlar, savdo va marketing boʻyicha ofis xodimlari uchun yuqori malaka va bilim talab qiladigan ishlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu viza bilan ishlaydiganlar asosan Yaponiya universitetlari yoki kasb-hunar maktablarini tugatganlar bo‘ladi. Oʻzbekiston universitetini tugatgan shaxslar ham bu vizani olishlari mumkin, lekin bunday holatlar kam. Ushbu vizada ishlash uchun koʻpincha yuqori yapon tili bilimlari va yapon jamiyati haqida yaxshi tushuncha kerak boʻladi. Oʻzbekiston universitetida tahsil olayotganda Yaponiyada amaliyot oʻtash va keyinroq ushbu "Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar" vizasi olish imkoniyati ham mavjud.
Shunday qilib, Yaponiya universitetlari yoki kasb-hunar maktablarini tugatganlarga tavsiya etiladi. Oʻzbekiston universitetini tugatganlar ham ushbu vizani olish imkoniyatiga ega, lekin Yaponiya universitetiga oʻqishga kirish, yapon kompaniyasida amaliyot oʻtash yoki maxsus malaka vizasini olishni koʻrib chiqish tavsiya etiladi.
※2019-yildan boshlab, Yaponiya universitetlari (ba'zi kasb-hunar maktablarini ham qo'shgan holda) bitiruvchilari "Maxsus faoliyat (Yaponiya ichidagi universitetlari bitiruvchilari)" deb nomlangan vizasi (rezidentlik statusi) bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ushbu viza bilan, universitetda olingan bilimlarni talab qiladigan ishlar bajarilishi mumkin bo'lgan holda, (MGX vizasi bilan mumkin bo'lmagan) oddiy ishlarni ham bajarish imkoniyati mavjud. Bu esa, chet ellik talabalarning ish topish imkoniyatlarini oshirdi.
4. "Maxsus malaka" vizasi
"Maxsus malaka" vizasi qariyalarni parvarishlash, qurilish, qishloq xoʻjaligi, mehmonxona, restoran kabi ishchi kuchi yetishmovchiligi boʻlgan sohalarda ishlash uchun zarur boʻlgan bilim va tajribaga ega shaxslarga beriladi. Bu viza uchun yapon tilidan N4 darajasi yetadigan bilim boʻlishi kerak.
Kasbiy malaka va kundalik turmush bo‘yicha suhbatlasha oladigan darajada yapon tilini bilish zarur hisoblanganligi uchun, “Maxsus malakani” olish allaqachon yapon tilini oʻrganishni boshlagan va univesitet yoki kollejda maxsus bilimlarni egallaganlar tavsiya etiladi.
5. "Kasbiy malaka amaliyoti" vizasi
“Kasbiy malaka amaliyoti” - kadrlar resurslarini rivojlantirishni maqsad qilgan vizadir. Kasbiy malaka amaliyoti 2-darajasi (3 yil davom etadi) tamomlagan ishtirokchilar maxsus sinovlarsiz "maxsus malaka"ga o'tish imkoniyatiga ega bo'ladilar. “Kasbiy malaka amaliyoti”da yapon tilini bilish yoki maxsus ko'nikmalarga ega bo'lish shart emas. Ushbu vizani olish uchun 6 oy kerak boʻladi va bu vaqt davomida Ishga joʻnatuvchi tashkilot tomonidan yapon tilini oʻrganish bilan birga malaka oshirish kurslarini oʻtkazish hollari koʻp.
Bu turdagi kasbiy malaka amaliyoti, yapon tilini bilish yoki maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab qilinmaydi, shuning uchun yapon tilini bilmaydigan yoki ma'lum darajada malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun ham moʻljallangan. Lekin, e'tibor berish kerak bo'lgan narsa shundaki, kasbiy malaka amaliyoti vizasi "kadrlar resurslarini rivojlantirish" uchun moʻljallangan tizim. Kasbiy malaka amaliyoti ishtirokchilari ham ishchilar hisoblanadi va ularga maosh toʻlanadi, lekin yetarli malakaga ega boʻlmaganlari sababli, ishga qabul qiluvchi kompaniya tomonidan kerakli ko‘rsatmalar oʻrgatilishi kerak, bu esa boshqa vizalar bilan solishtirganda kamroq maosh olinishiga sabab boʻladi.
【Qishloq xo‘jaligi sohasida Kasbiy Malaka Amaliyoti(stajor)dan Maxsus Malaka 1-darajasiga ega bo‘lish va 2-darajaga sari yo’l】
【Yaponiyada mashinalarga xizmat ko'rsatish sohasida mexanik bo'lib ishlash | Yaponiya tajribasi 4-son】
Izoh qoldiring
Mavzuga oid