Maxsus malaka tizimi haqida umumiy ma'lumot
Maxsus malaka tizimi haqida umumiy ma'lumot
1. Kirish
Maxsus malaka - bu mehnatchilar yetishmayotgan sanoat sohalarida "Ma'lum darajada bilim yoki tajribani talab qiladigan ko’nikma (maxsus malaka 1-daraja) va malakali ko'nikmalar(maxsus malaka 2-daraja)ga ega bo'lgan chet elliklar ishlashi mumkin bo'lgan rezidentlik statusidir.
2023-yil iyun oyida 44 nafar o‘zbek maxsus malaka 1-daraja rezidentlik statusida ishlamoqda. 2019-yildan boshlangan tizim bo‘lgani uchun, hozirda o‘zbeklar soni ko‘p emas, lekin kasbiy malaka amaliyotidan maxsus malakaga o‘tish mumkinligi va O‘zbekistonda qurilish, qishloq xo‘jaligi va qariyalarni parvarishlash bo‘yicha Maxsus malaka imtihonlari o‘tkazilishi tufayli, kelajakda maxsus malaka rezidentlik statusi ega bo‘lgan o‘zbeklar soni ko‘payishi kutilmoqda. Maxsus malaka haqida umumiy ma'lumotni Yaponiyaning Tashqi ishlar vazirligi o‘zbek tilida tushuntirib beraganligi uchun qo’shimcha ma’lumot sifatida kirib ko’ring.
2. Maxsus malaka bilan ishlash mumkin bo‘lgan sanoat sohalari
Ishlab chiqarish sanoati, qariyalarga g'amxo'rlik ko'rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, mehmonxona, umumiy ovqatlanish (restoran), binolarni tozalash kabi 16 sohada maxsus malaka 1-daraja qabul qilinadi, ammo hozirda O‘zbekistonda maxsus malaka imtihonini topshirish mumkin bo‘lgan sohalar qariyalarga g'amxo'rlik ko'rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi kabi 3 turdagi sohalaridir (kelajakda boshqa sohalarda ham imtihon topshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin).
3. Maxsus malakalarning xususiyatlari
Maxsus malaka 1-daraja: Eng uzoq muddati 5 yil davomida ishlash mumkin. Yaponiyada turmush tarzi va yapon tili ta'limi bo‘yicha kompaniyadan turli yordamlar olish mumkin. O‘z turmush o‘rtog‘i va farzandlarini Yaponiyaga olib kelish mumkin emas.
Maxsus malaka 2-daraja: Cheksiz muddatda ishlash mumkin. Shuningdek, o‘z turmush o‘rtog‘i va farzandlarini Yaponiyaga olib kelish mumkin.
4. Maxsus malaka rezidentlik maqomini olish usullari
Imtihon orqali:
Yapon tili ko‘nikmalari va ma'lum darajada kasbiy malakani imtihon orqali isbotlash usuli.
・Yapon tili ko‘nikmalari: Yapon tilini bilish imtihoni N4 darajasidan yuqori yoki JFT-Basic imtihonini muvaffaqiyatli topshirish
・Kasbiy malaka darajasi: Sanoat sohalari bo‘yicha (masalan, qishloq xo‘jaligi) yozma imtihonni muvaffaqiyatli topshirish
Yapon tili imtihoni va kasbiy malaka imtihonidan o'tib, yapon kompaniyasi bilan shartnoma tuzsangiz, O‘zbekistonda yashayotgan odam ham maxsus malaka 1-daraja rezidentlik statusini olishi mumkin. Yaponiyada o'qigan yoki ishlagan odamlar ham kasbiy malaka imtihonni topshirib, maxsus malaka olishga intilmoqda. Hozirda O‘zbekistonda qariyalarga g'amxo'lik ko'rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarida kasbiy malaka imtihonlarini topshirish mumkin.
Kasbiy malaka amaliyot orqali:
2 yil 10 oydan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli kasbiy malaka amaliyotidan o'tagan odam, agar kasbiy amaliyot bilan bir xil sohada maxsus malaka 1-daraja rezidentlik statusini olishni istasa, imtihonsiz maxsus malaka 1-daraja rezidentlik maqomini olishi mumkin. Muvaffaqiyatli deb hisoblanishi uchun, kasbiy malaka amaliyot 2-darajasi maqsadlariga erishishi, ya'ni kasbiy malaka imtihoni 3-daraja yoki kasbiy malaka amaliyoti baholash imtihonidan (maxsus daraja) o'tgan bo'lishi kerak.
Agar kasbiy malaka amaliyotidan farqli sohada maxsus ko'nikma rezidentlik statusini olish istagi bo'lsa (masalan, "qishloq xo'jaligi"da kasbiy malaka amaliyotini o'tagan, lekin "mehmonxona" maxsus malakasini olishni xohlaydi), o'sha sohaning kasbiy malaka imtihonidan o'tishi kerak, ammo 2 yil 10 oydan ortiq muvaffaqiyatli kasbiy malaka amaliyot o'tagan bo'lsa, yapon tili imtihonini topshirishdan ozod etiladi.
5. Ish joyini topish usullari
Hozirda Yaponiyada bo’lib kasbiy malaka amaliyoti o’tayotganlar, o’qiyotganlar va ishlayotganlar.
Yaponiya hududida ish qidirish faoliyatini olib borib, maxsus malaka rezidentlik statusini olishingiz mumkin. Maxsus malaka rezidentlik maqomini olish uchun ko'plab sohalarda yapon tili ko'nikmalari JLPT N4 darajasiga teng bo'lgan yapon tili imtihonini topshirish talab etiladi.
Hozirda O’zbekistonda bo’lib bundan keyin maxsus malaka rezidentlik statusini olmoqchi bo’lganlar.
Ishga qabul qiluvchi korxona bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish ham mumkin, ammo o‘zingiz mustaqil ravishda qabul qiluvchi korxonani topib, shartnoma tuzish oson emas. Yaponiya ish qidirish saytlari orqali ariza topshirish ish topishning usullaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari uchun ish qidirish saytlarini quyidagi havolada tanishtiramiz. Maxsus malaka imtihonidan o‘tganingizdan keyin qanday qilib ish topish mumkin?
Shuningdek, O‘zbekistonning bandlik agentliklari (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki xususiy bandlik agentliklari) orqali ham ish topish mumkin. Bandlik agentligini tanlash bo‘yicha quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin.【Jo'natuvchi tashkilot(bandlik agentligi)ni tanlash usuli】
6. Xulosa
Yaponiyada ishlashni xohlaydiganlar uchun maxsus malaka tizimi (tokutei ginou) katta imkoniyatdir. Bu imkoniyat sizning karyera rejalaringizga mos keladimi-yo'qmi, diqqat bilan o'rganib chiqing va shundan so'ng ushbu tizimdan foydalangan holda karyerangizni rivojlantiring.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid