Maxsus malaka imtihonidan o‘tganingizdan keyin qanday qilib ish topish mumkin?
Maxsus malaka imtihonidan o‘tganingizdan keyin qanday qilib ish topish mumkin?
1. Kirish
Maxsus malakada imtihon topshirish usuli va kasbiy malaka amaliyoti usuli mavjud. Imtihon usuli bo‘yicha O‘zbekistonda maxsus malaka imtihonini (hozirda faqat qishloq xo‘jaligi, qurilish va qariyalarni parvarishlash sohalarida) topshirib muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin, bandlik agentliklarinining ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyadagi kompaniya bilan shartnoma tuzish orqali Yaponiyada ishlash imkoniyati mavjud. Lekin o‘zingiz mustaqil ravishda Yaponiya kompaniyasini topish juda qiyin. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida maxsus malaka imtihonini o‘tkazadigan tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ish qidirish saytlari bilan tanishtiramiz.
2. Maxsus malaka imtihonini o‘tkazadigan tashkilotlarning ishga qidirish saytlari
·Qishloq xo‘jaligi: Qishloq xo‘jaligi kasbiy malakani baholash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tganlar uchun ish qidirish sayti.
Ushbu sayt qishloq xo‘jaligi sohasida 1-darajali maxsus malaka rezidentlik maqomini olish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kasbiy malakani baholash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan chet ellik ishchilar uchun qishloq xo‘jaligi ish beruvchilarining ish takliflari haqida ma'lumot beradi va ish beruvchilar bilan ishga talabgorlashni bog‘lashga ko‘maklashadi.
·Qurilish: Bepul ish qidirish ma'lumotlari※ (o‘zbek va rus tilida ham mavjud). Bu yerda maxsus malakaga ega xorijiy ishchilarni qabul qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalar haqida ma'lumot mavjud. Maxsus malakaga ega xorijiy ishchilar ushbu ro‘yxatda keltirilgan ish o‘rinlariga JAC (Japan Association for Construction Human Resources) orqali ariza topshirishlari mumkin.
※ Eslatma: JAC yapon fuqarolariga ish bilan ta'minlash xizmatlarini taklif qilmaydi.
3. Xulosa
Ushbu maqolada siz o‘zingiz mustaqil ravishda kirishingiz mumkin bo‘lgan Yaponiya ish qidirish saytlarini tanishtirdik. Shuningdek, bandlik agentliklari bilan hamkorlik qiluvchi Yaponiya kompaniyalarining ishga qabul qilish suhbatlariga qatnashish usuli ham mavjud. Bandlik agentliklari ro‘yxatini Japan Career Portal orqali topishingiz mumkin.
Har qanday holatda ham, rezyume topshirish va ishga qabul qilish suhbatidan o‘tish talab qilinadi, ammo ko‘plab o‘zbekistonliklar Yaponiyada rezyume yozish tartibi va suhbatni qanday topshirish kerakligini yaxshi tushunmaydi. Ular yetarli qobiliyatlarga ega bo‘lishlariga qaramay, o’z qobiliyatlarini to‘g‘ri yetkaza olmaganliklari sababli, muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Japan Career Portalda rezyume yozish va suhbat vaqtida nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida ham tushuntirishlar mavjud, shuning uchun ushbu maqolalarni ham o‘qib, yaxshilab tayyorlanish tavsiya etiladi.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid