JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Rezyumeni qanday yozishni o‘rganing ~Misollar bilan tushuntirilgan~

Rezyumeni qanday yozishni o‘rganing ~Misollar bilan tushuntirilgan~

Yaponiyada ish qidirayotganda, rezyume va ishga kirish arizasi “o’zini bilim va ko’nikmalarini ko’rsatish”, “ishga kirish istagi” va “kuchli va zaif tomonlar” kabi bo‘limlar mavjud. Agar ushbu bo‘limlarda kuchli tomonlaringizni ko‘rsata olsangiz, suhbatga borish imkoniyati ortadi. Rezyumeni yozish usuli va misollar bilan tanishtiramiz.

O’zingizni ko’satmoqchi bo‘lgan jihatingiz (xulosa) va tushuntirishlar haqida yozing

Chet ellik talabalarning yozgan rezyumelari ko‘p hollarda jumlalar qisqa va yetarli tushuntirishga ega bo‘lmaydi. Bu holatda, ish beruvchi ular bilan uchrashib ko’rishni xohlamaydi. “Uchrashib ko‘rmoqchiman” deb o‘ylantiradigan jumlalarni yozishni tushunib oling. 

Rezyumeingizning har bir bo‘limiga, avvalo, sherik tomonga eng ko‘p yetkazmoqchi bo‘lgan jihatlaringizni (xulosangizni) yozing, undan keyin bu haqda tafsilot bersangiz, tushunish oson bo‘lgan jumla bo‘ladi. 

Ushbu “Tafsilot” bo‘limiga tajribalaringizni batafsil kiriting. Masalan, “Men qiyinchiliklarni yengib o‘taman va harakat qila olaman” degan “xulosa”ni aytmoqchi bo‘lsangiz, ushbu xulosaga oid “tafsilot” sifatida qiyinchiliklarni yengib o‘tish va harakat qilish bo‘yicha o‘tgan tajribalaringizni yozib qo‘ysangiz yaxshi bo‘ladi. 

Faqat “zaif tomonlar”ni yozish mumkin emas

Har kimning zaif tomoni bor. Biroq, rezyumeingizda faqat “zaif tomonlar”ni yozmang. Kompaniya bilmoqchi bo‘lgan jihat, sizning zaif tomonlaringizni qanday yaxshilaganligingizdir. Kompaniyaga ishga kirganingizdan so‘ng, “siz bajara olmaydigan” ko‘plab holatlar mavjud bo‘ladi. Ular “Siz bajara olamaydigan ishlar”ga qanday yondashuvingizni bilishni xohlashadi. “Zaif tomonlar” bo‘limiga siz qiyinchiliklar va zaif tomonlaringizni qanday yengib o‘tganingiz haqidagi misollarni yozing.

Rezyumega misol

Endi, chet ellik yuqori kurs talabalari o‘z rezyumelarida amalda yozgan jumlalarini ko‘rib, fikrlab ko‘ramiz. 

To‘ldirish bo‘limi: Talabalik davrida o‘qishdan tashqari e’tibor qaratilgan jihatlar.

Matn

Men supermarketda kassir bo‘lib ishlayman. Endi ishga kirgan vaqtlarimda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganman. Keyingi kun ishga borishdan oldin qo‘llanmani o‘qib chiqdim va kassani qanday boshqarishim haqida o‘ylab, miyamda mashq qildim va qayta-qayta o‘qib tezda bajara oladigan bo‘lish uchun  harakat qilardim. Kun oxirida bugungi o‘zimning yaxshi jihatlarim hamda muvaffaqiyatsizliklarim haqida eslab, mulohaza yuritish bilan birga xotirjamlik bilan kamchiliklarimni tuzatish yo‘llari haqida o‘ylardim. Yana o‘sha xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu haqda kundaligimga yozib qo‘yishga qaror qildim. Iljojsiz ishning o‘zi yo‘q. Buning uchun harakat qilish muhimligini tushundim.

Yaxshi tomonga o’zgartiradigan jihatlar

“Xatolarimni takrorlamaslik uchun harakat qilishni o‘rgandim” degan xulosani birinchi yozsangiz, tushunish osonroq bo‘ladi. Yuqoridagi matnni tuzatamiz.

O‘zgartirishga misol

Men arubaito (soatbay ish) orqali xatolarimni yozib jamlardim va bundan keyingi kamchiliklarimni tuzatishim uchun ulardan foydalanish odatini shakllantirdim.   

Men uch yildan beri supermarketda kassir bo‘lib ishlayman. Dastlabki yil tushunmagan narsalarim ko‘p edi. Misol uchun, hisob-kitobni tugatgandan so‘ng, mijoz mahsulotni qisman qaytarishni iltimos qilganida qanday javob berishni bilmaganman. Bunday paytlarda  nazoratchini yordamga chaqirardim, mijozni kutgani uchun uzr so‘rab, keyingi safar muammoni o‘zim hal qilishim uchun o‘sha kunning o‘zida qayd qilib qo‘yardim. Shundan so‘ng ham o‘zimning muvaffaqiyatsizliklarim, muvaffaqiyatlarim va ularni hal qilish yo‘llari haqida qayd etishni davom ettirdim. Keyin, bir necha oy o‘tgach, tushunmagan narsalarim qolmadi. Qaydlarimning mazmuni haqida o‘zimdan keyin kelgan hamkasblarimga ham yetkazdim, ularning bir qismi do‘kon qo‘llanmasida ham o‘z aksini topdi.

Rezyume namunalari va tushuntirishlarKOKORO

 

Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/work-in-japan/writing-a-resume-explained-with-an-example)     

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz