JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Rezyume yozishning asosiy qoidalari

Rezyume yozishning asosiy qoidalari

Chet ellik talabalar Yaponiyada ish izlayotganlarida rezyume va va boshqa hujjatlarini saralash bosqichidan o‘tmasa, suhbatga chaqirishmaydi. Xo‘sh, rezyumeni qanday yozish kerak? Bir nechta muhim jihatlarini  bilan tanishtirib o'tamiz.

Rezyume va ishga kirish varaqasi (anketa)

Yaponiyada ba’zi kompaniyalar rezyumega qo‘shimcha ravishda anketani topshirishingizni talab qiladi. Bular orasida eng muhimlari “o’zini bilim va ko’nikmalarini ko’rsatish” va “ishga kirish istagi”dir. Agar ushbu ikkita jihat rezyume va ishga kirish varaqangizda ham mavjud bo‘lsa, rezyumega asosiy fikrlarni yozib, kirish varaqangizga tafsilotlarni yozing.

“O‘zini bilim va ko’nikmalarini ko’rsatish”ni yozish usuli

“O'zini bilim va ko'nikmalarini ko'rsatish” juda muhimdir. Bunga ikkitadan ortiq bo‘lgan o‘zingizning kuchli va boshqalarni e’tiborini o’ziga tortadigan jihatlaringizni kiriting. O‘qish, klub faoliyati, ijtimoiy faoliyatlar (ko‘ngilli ishlar), arubaito (soatbay ish) kabi o‘z tajribangiz va epizodlar bilan bog‘lab yozsangiz mazmuni yanada batafsilroq bo‘ladi. 

“O‘zini bilim va ko’nikmalarini ko’rsatish” va “o‘zini tanishtirish” o‘rtasidagi farq

“O‘zini bilim va ko’nikmalarini ko’rsatish” shunchaki “o‘zini tanishtirish”ga aylanib qolmasligiga e’tiborli bo‘ling. O‘zini bilim va ko’nikmalarini ko’rsatish - bu o‘z kuchli tomonlaringizni boshqalarga yetkazishdir. “Qiziqishlar”, “kuchli va zaif tomonlar” va “maktabda o‘rganganlarim” kabi bo‘limlarda ham o‘zingizni reklama qilishga bog‘liq tarzda yozishni anglab yetishingiz kerak.

“Ishga kirish istagi”ni yozish usuli

“Ishga kirish istagi” ham juda muhim hisoblanadi. Suhbat davomida bu haqda albatta savollar beriladi. Bu siz nima uchun o‘sha kompaniyada ishlashni xohlayotganingizni yozishingiz mumkin bo‘lgan bo‘limdir. Bu haqda yozish uchun kompaniya “hozirda nima qilayotgani”, “kelajakda nima qilishni rejalashtirayotgani” va  “qanday odamlarni talab qilayotgani” kabilarni tushunish muhim hisoblanadi.

Buning uchun birinchi navbatda kompaniya haqida ma’lumot to‘plang. Rasmiy veb-saytdagi “ish tafsilotlari”, “korporativ tushunchalar”, “boshqaruv rejasi” va hokazolarni diqqat bilan o‘qing. Shuningdek, iloji bo‘lsa, amaliyot va kompaniya haqida ma’lumot darslarida ishtirok eting.

Kompaniya haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lgach, ushbu kompaniyada qanday ish qilishni xohlayotganingizni va kompaniyaga qanday hissa qo‘shishingiz mumkinligi haqida yozing. Yozish jarayonida tajriba va epizodlar bilan bog‘lab batafsil yozish muhim hisoblanadi. 

Kuchli tomon va zaif tomon

  • Ushbu kuchli tomonlaringizni ish joyida qanday qo'llashingiz mumkinligini, ish bilan bog'lab yozishga harakat qiling

  • Agar bu qiyin bo‘lsa, kimnidir qo‘llab-quvvatlash uchun kuchli tomonlaringizdan foydalanganingiz haqida yozing.

  • O‘zingizning zaif tomonlaringizni yozayotganda, ularni yaxshilash uchun qanday harakat qilganingiz haqida ham yozing.

Maktabdan boshqa joylarda egallangan  tajribalar

Ko‘p odamlar ushbu bo‘limda arubaito(soatbay ish) tajribasi haqida yozadilar. Qo‘shimcha ish kabilarni tanishtirish bilan yakunlamasdan,  ushbu tajribadan nimalarni o‘rganganingiz va nima egallaganingiz haqida yozing.

Yaratish bosqichlari

Qachon yozgan ma’qul?

So‘nggi kursga o‘tishdan oldingi mart oyidan boshlab kompaniya taqdimotlari jiddiy avj oladi, shuning uchun fevral oxirigacha tayyorlab qo‘ying.

Yaponlar tomonidan beriladigan izoh

O‘zingiz yozganingizdan so‘ng, universitet yoki kasb-hunar kollejlarining kasb markazi bilan maslahatlashib, yaponiyaliklarga tekshirtiring. Universitetdagi rahbar ustozingiz bilan ham maslahatlashing. 

 

Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali  (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/work-in-japan/basics-of-japanese-resume)      

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz