Kasbiy malaka amaliyoti (stajor) nima?
Kasbiy malaka amaliyoti (stajor) nima?
Eslatma
|
1. Kasbiy malaka amaliyoti(stajyor) tizimining maqsadi
Kasbiy malaka amaliyoti, rivojlanayotgan mintaqalarga texnologiyalarni o'tkazish orqali xalqaro yordam ko'rsatish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda Yaponiyada taxminan 350 ming chet ellik kasbiy malaka amaliyotchi bo’lib ishlayapti va texnologiyalarni o'rganmoqda.
Kasbiy malaka amaliyotni tugatib vatanga qaytgan malaka amaliyotchilar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, kasbiy malaka amaliyot davrida o'rgangan narsalari "vatanimga qaytgandan keyin foydali bo'lgan" deb javob berganlar 92%ni tashkil etdi. Foydali deb topilgan konkret narsalar orasida "o'rgangan kasbiy malaka" 78.9% bilan eng ko'p qayd etilgan, "ish joyidagi tartib-qoidalar" 66.6% va "Yaponiyadagi hayotiy tajribasi" 65.4% ni tashkil etdi (JITCO 2022-yilgi "Vatanga qaytgan kasbiy malaka amaliyotchilarni kuzatish bo’yicha so’rovnoma" (Umumiy ma’lumot)).
Boshqa tomondan, ba'zi jo'natuvchi agentliklar, nazorat qiluvchi tashkilotlari va qabul qiluvchi kompaniyalar kasbiy malaka amaliyotchilarni arzon ishchi kuchi deb hisoblab, inson huquqlarini buzish (zo'ravonlik, tahdid, pasportni olib qo’yish, ish haqini to'lamaslik va boshqalar) kabi yomon niyatli harakatlar bilan shug'ullanayotgan holatlar ko'p qayd etilgan.
【Kasbiy malaka amliyoti (stajirovka)da muammolarga duch kelganda murojaat qilinadigan joylar】
2. Yaponiyaga kirganigizdan keyin kasbiy malaka amaliyoti (stajyor)ni tashkil etilishi
Kasbiy malaka amaliyoti 1-darajasi, Yaponiyaga kirganingizdan keyingi birinchi yilda kasbiy malakani "o'rganish" faoliyatidir.
Kasbiy malaka amaliyoti 2-darajasi, Yaponiyaga kirganigizni ikkinchi va uchinchi yillarda kasbiy malakani "takomillashtirish(malakani oshirish)" faoliyatidir.
Kasbiy malaka amaliyoti 3-darajasi, Yaponiyaga kirganingizdan keyingi to'rtinchi va beshinchi yillarda kasbiy malakani "mukammallashtirish" faoliyatidir.
Keyingi darajaga o'tish uchun kasbiy malaka imtihonlari va kasbiy malaka amaliyoti baholash sinovlaridan o'tish kerak. Shuningdek, kasbiy malaka amaliyoti 2-daraja va 3-darajadan "Maxsus malaka 1-daraja"ga o'tish mumkin. Ko'pchilik, 1-daraja va 2-darajani jami 3 yil davomida tamomlaganidan keyin "Maxsus malaka 1-daraja"ga o'tadi.
3. Kasbiy malaka amaliyoti kasblari
Kasbiy malaka amaliyot doirasida ishlash mumkin bo'lgan kasblar qatoriga qishloq xo'jaligi, baliqchilik, qurilish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, to'qimachilik, mashinasozlik, metall sanoati va boshqalar (payvandlash, avtomobil ta'mirlash, bino tozalash, qariyalarni parvarishlash va mehmonxona xizmatlari kiradi) 2023-yil dekabr holatiga ko'ra, 305 nafar o'zbekistonlik kasbiy malaka amaliyotchilar mavjud bo'lib, ko'pchiligi qurilish, qishloq xo'jaligi, qariyalarni parvarish, oziq-ovqat ishlab chiqarish va to'qimachilik sohalarida ishlamoqda.
Ko'pchilik kasblarda 1-darajadan 2-darajaga o'tish mumkin, ammo faqat 1-darajalilar qabul qilinadigan kasb turlari ham mavjud. Faqat 1-darajadagilargina qiladigan ish ekanligini bilmasdan kasbiy malaka amaliyotchisi bo’lsangiz, Yaponiyaga kelganigizdan keyin qiyinchilikka duch kelishingiz mumkin. Shuning uchun, 2-darajaga o'tish mumkinmi yoki yo'qligini jo'natuvchi tashkilot (bandlik agentlik)lardan oldindan aniqlash muhimdir.
4. Kasbiy malaka amaliyoti ish faoliyati tafsilotlari va Yaponiyada ishlash tartibi
Kasbiy malaka amaliyotchilarning asosiy ish mazmuni kasb va qabul qiluvchi kompaniyaga qarab farq qiladi, shuning uchun jo'natuvchi tashkilot va nazoratchi tashkilotlari bilan ish mazmunini yaxshilab aniqlash kerak. O'zbekistonliklar orasida, ish faoliyati tafsilotlarini yaxshi bilmasdan kasbiy malaka amaliyotchi bo'lib, keyinchalik qiyinchiliklarga duch kelganlar ham mavjud. Masalan, "hamshiralik" ishi deb o'ylab Yaponiyaga borgan, lekin aslida "qariyalarni parvarish" ishi bo'lgani uchun yoqtirmay O'zbekistonga qaytib ketgan holatlar bor. Shuningdek, Yaponiyaning biznes odoblari va vaqtni aniq belgilash qoidalariga moslashish qiyin bo'lgan holatlar ham uchraydi. Yapon tilini va kasbiy malakani o'rganish uchun sarflagan vaqt va mablag'ni behuda sarflashdan qochish uchun, O'zbekistonda bo'lgan davrda ish mazmuni va Yaponiyada ishlash tartibi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish muhimdir. O'zbekistonlik kasbiy malaka amaliyotchilarning intervyu maqolalari ham bu borada yordam beradi.
【Qishloq xo‘jaligi sohasida Kasbiy Malaka Amaliyoti(stajor)dan Maxsus Malaka 1-darajasiga ega bo‘lish va 2-darajaga sari yo’l】
【Yaponiyada mashinalarga xizmat ko'rsatish sohasida mexanik bo'lib ishlash | Yaponiya tajribasi 4-son】
Izoh qoldiring
Mavzuga oid