Kasbiy malaka amliyoti (stajor)da muammolarga duch kelganda murojaat qilinadigan joylar
Kasbiy malaka amliyoti (stajor)da muammolarga duch kelganda murojaat qilinadigan joylar
1. Kirish
Ko‘plab odamlar kasbiy malaka amliyotida o‘z maqsadlariga erishadilar, lekin kasbiy malaka amaliyoti bilan bog‘liq turli muammolar ham qayd etilgan. Masalan, maosh yoki ortiqcha ish haqi to‘lanmasligi, ish vaqti juda uzun bo‘lishi, ish haqi saqlanadigan ta’tilni ololmaslik, ishni o‘zgartirish istagi, ish joyida bezorilik kabi muammolar paydo bo‘lganda kimga murojaat qilish kerakligini quyida bayon qilamiz.
2. Murojaat qilish joylari
Yuboruvchi tashkilot(bandlik agentligi) va nazorat tashkilotlari (uyushma):
Qabul qiluvchi kompaniya bilan muammo yuzaga kelsa, avvalo yuboruvchi tashkilot yoki nazorat tashkilotiga (uyushma) murojaat qilish kerak.
Davlat muassasalarining murojaat markazlari:
Xorijlik kasbiy malaka amaliyotchilari tashkiloti (OTIT)
Kasbiy malaka amaliyotchilari OTITga ham turli masalalar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. Ammo, hozircha o‘zbek tilida murojaat qabul qilinmaydi, shuning uchun yaponiyalik yoki yapon tilini yaxshi biladigan o‘zbekistonlik biror kishi bilan birga borish kerak.
Mehnat standartlarini nazorat qilish inspektsiyasi (Rо̄kishо) va FRESC
Mehnat standartlarini nazorat qilish inspektsiyasi yoki FRESC kabi davlat organlariga ham murojaat qilish mumkin, ammo afsuski, hozircha bu yerda ham o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatilmaydi.
O‘zbekiston davlat organlari:
Yaponiyada O‘zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi, Nagoyada O’zbekistonning faxriy konsulligi va Tokioda ochilishi rejalashtirilgan migratsiya bo‘limi mavjud bo‘lib, bu muassasalarga ham murojaat qilish mumkin.
Boshqa joylar:
UYAJ Umumiy O‘zbekiston Yoshlar Uyushmasi
Yaponiyadagi O‘zbekiston Yoshlar Uyushmasi ham kasbiy malaka amaliyotchilariga ham maslahat beradi. Veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ularga murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, Japan Career Portalning murojaat markazlari yoki Telegram akkaunti orqali ham maslahat olish mumkin.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid