JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Mini-marketning (Konbini) o'ziga rom etuvchi jihatlari

Mini-marketning (Konbini) o'ziga rom etuvchi jihatlari

Yaponiyaning qulayliklarini his qiling! 

「いらっしゃいませ!」(Irasshaimase!) degan ovoz eshitiladigan Yaponiyaning konbinilari juda zo'r. Konbini – bu qulaylik do'koni (convenience store) bo'lib, 24 soat ishlaydi va oziq-ovqatlardan tortib kundalik ehtiyoj mollari, bankomat va pochta xizmatlarigacha keng xizmatlarni taklif etadi. Dunyo bo'ylab konbinilarning qulayligi va xilma-xilligi ma'lum.

Konbini turlari

Yaponiya ichida ko'plab konbini tarmoqlari mavjud, masalan, Seven Eleven, Lawson, Family Mart, MiniStop va Lawson 100 va boshqalar. Yaponiya bo'ylab deyarli hamma joyda uchratish mumkin.

Konbini xizmatlari 

Mahsulot savdosi

Konbinilarda oziq-ovqatlardan tortib kundalik ehtiyoj mollari keng turdagi mahsulotlar bor. Yaponiyaning konbinilarida olish mumkin bo'lgan bentolar (tayyor ovqat) va onigirilari mazali va qulay taomlar sifatida mashhur, shuningdek shirinliklar va ichimliklar ham turli-tuman. Kundalik ehtiyoj mollari sifatida kosmetika, dorilar, kantselyariya mollari kabi mahsulotlar ham mavjud bo'lib, shoshilinch ishlar uchun kerak bo'lgan narsalarni osongina topish mumkin. 

Yetkazib berish xizmatlari 

Ayrim konbinilar onlayn buyurtma va yetkazib berish xizmatlarini taklif etadi. Bu orqali, mahsulotlarni do'konga kelmasdan uy yoki mehmonxonaga yetkazib berish mumkin. Yoki mamlakat ichida tovarlarni yuborishingiz va sizga yuborilgan tovarlarni konbinidan olishingiz mumkin, chunki ko'pgina konbinilar kecha-yu kunduz ishlaydi, shuning uchun pochta bo'limining ish jadvaliga moslashishga hojat yo'q. Shuningdek, yukingizni to'g'ridan-to'g'ri aeroportga yuborishingiz mumkin va Yaponiyadan uchish kunida og'ir yukni aeroportga olib borish haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi.

Bankomat xizmatlari

Yaponiyaning konbinilari xorijliklar uchun ham qulay xizmatlar taklif etadi. Ko'p konbinilarda ko'p tilli bankomatlar o'rnatilgan bo'lib, xorijliklar ham osonlikcha naqd pulni olishi mumkin. Shuningdek, ayrim konbinilarda xalqaro pul o'tkazmalari va aloqa xizmatlari ham taklif etiladi.

To'lov xizmatlari 

Ba'zi konbinilarda mobil telefon to'lovlari, kommunal xizmatlar (elektr, gaz, suv va boshqalar) uchun to'lovlar, buyurtmalar (avtobus chiptalari, Amazon buyurtmalari) kabi turli to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Bu to'lovlarni amalga oshirish uchun siz hisob-kitob qog'ozidagi shtrix-kodni mashinaga o'qitishingiz yoki kassirga to'lov qilmoqchi bo'lgan xizmat ko'rsatuvchi tashkilot nomi va hisob raqamini aytishingiz kifoya.

Elektron pul mablag'larini to'ldirish 

Konbinilarda Suica va manaca (transport kartalar, ular orqali do'konlarda ham to'lovni amalga oshirishingiz mumkin) kabi elektron pul kartalarini to'ldirish mumkin. Kassaga qancha pul qo'shmoqchi ekanligingizni aytasiz va naqd pul yoki kredit karta bilan to'laysiz. Shu bilan kartangizga pul qo'shiladi. 

Konbinilarda ko'p ishlatiladigan iboralar 

Kirishda birinchi eshitiladigan so'z 「いらっしゃいませ!」(Irasshaimase!) dir. "Irasshaimase!" degani, "xush kelibsiz" ma'nosini bildiruvchi so'zdir. Sotib olmoqchi bo'lgan mahsulotni tanlab, kassaga borganingizda,「袋は要りますか。」(fukuro wa irimasuka?)、「レジ袋はご利用ですか。」(rejibukuro wa goriyou desuka?) deb so'ralishi ehtimoli katta.  Ma’nosi "paket kerakmi? ". Savol berish usullari turlicha bo'lishi mumkin, shuning uchun xato qilmaslik uchun paket kerak bo'lganda 「要ります。」 (irimas) – "Kerak", yoki kerak bo'lmaganda 「要りません。」(irimasen) – "Kerak emas" deb javob berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Agar sizdan biror narsani isitib olish kerak bo'lsa, sizga 「温めますか。」"Atattemasuka?" deb so'raladi. Javob berganingizda 「はい。」(hai) – "ha", yoki 「いいえ。」(iie) – "yo'q" deyishingiz mumkin. Bentolar (tayyor ovqat), stakan narsalarni sotib olganingizda, sizdan 「お箸をお付けしますか。」(ohashi wo otsukeshimasuka?) – "ovqat yeyish tayoqchalarini ham kerakmi" va ichimliklar uchun 「ストローをお付けしますか。」(sutoro: wo otsukeshimasuka?) –  "suv ichish uchun trubochka kerakmi" deb so'raladi. Konbinilar juda qulay do'konlar bo'lgani uchun, nafaqat yaponlar, balki chet elliklar (sayyohlar va Yaponiyada yashovchi chet elliklar) ham ularni tez-tez ishlatadi. O'zbekistonda hali Yaponiyadagidek konbinilar yo'q, shuning uchun Yaponiyaga borganingizda, albatta konbinidan foydalanib ko'ring va uning qulayliklarini his qiling.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz