Yong'indan himoya qilish va issiqlik izolyatsiyasi ishchisi sifatida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz
Yong'indan himoya qilish va issiqlik izolyatsiyasi ishchisi sifatida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz
Sinchikovlik bilan tekshirish, bu yapon ish yurutish usulidir!
Ahrorjon Yusufjanov
Tug'ilgan joyi: Namangan
Yoshi: 31
Tashkilot: Kantou (Tokyo atrofi) mintaqasidagi qurilish kompaniyasi
Vazifasi: Yong'indan himoya qilish va issiqlik izolyatsiyasi ishi
Rossiyaga o'qish va ishlash
O’zimizni Namangan elektrotexnika kollejini tamomlagach, Moskva shahriga o'qishga ketdim va universitetda o'qidim. Rossiyada o'qish davrida, Markaziy Osiyodan kelgan odamlar ko'p ishlaydigan qurilish maydonlarida vaqtincha ishlaganman. Shundan so'ng, 2016-yilda universitetni tugatib Moskva shahridagi nemis kompaniyasi CADning marketing bo'limida ishladim. 2018-yilda O'zbekistonga qaytib, Namangan universitetida ishladim, so'ngra maishiy texnika do'konlarida faoliyat yuritganman.
Yaponiyada ishlashga turtki va ishga jo’nash jarayoni
Amakim Yaponiyada o’qiganligi uchun, men ham Yaponiyaga qiziqar edim. Yaponiyada ishlash istagida do'stimning tavsiyasi bilan Tashqi mehnat migratsiya agentligining Telegram kanaliga a'zo bo'ldim. Bir kuni, Yaponiyada ishlash haqidagi e'lonni ko'rib, ariza berdim. Yaponlar bilan birinchi marta suhbatlashishim bo'lganligi va hayajonlanganligim sababli, birinchi suhbatda muvaffaqiyatsizlikka uchradim. Keyinchalik, suhbatga tayyorgarlik ko’rdim va qayta ariza topshirib bu safar suhbatdan muvaffaqiyatli o’tdim. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgach, 3 oy davomida yapon tili va Yaponiyada ishlash haqida ta’lim oldik. O'zbekistondagi jo'natuvchi tashkilot Tashqi mehnat migratsiya agentligi bo'lganligi sababli, to'lovlar arzon bo'ldi va barcha xarajatlar jami 3,3 million so'mni tashkil etdi. Yaponiyaga kelgach, bir oylik o'quv mashg'ulotlaridan o'tdim va keyin asosiy ish joyiga tayinlandim.
Yaponiyadagi ish jarayoni tafsilotlari
Ishga tayinlanganimga bir yil bo’ldi. Hozirda, men bilan birga, 5 nafar o'zbekistonlik hamkasblarim ishlamoqda. Har kuni ertalab soat 8:00 da ishga kelaman va ishni boshlash uchun tayyorgarlik ko’raman. Ish vaqti kech soat 17:00 gacha davom etadi, bundan tashqari tushgacha va tushdan keyin bir martadan tanaffuslar mavjud. Oylik qo'shimcha ish vaqti mavsumga qarab o'zgaradi, lekin o'rtacha 10-20 soat atrofida. Ish vazifam binolarni yong'indan himoya qiladigan yong’inga chiqamli izolyatsiyasini amalga oshirishdir. Bino ustiga chiqish, jismoniy mehnat talab qiladigan ish bilan shug'ullanaman va bu menga juda mos keladi. Kimyoviy modda bo’lgan yong'inga qarshi bo'yoqlardan foydalanishim sababli, xavfsizlik uchun bosh kaskasi, niqob va qo'lqoplardan foydalanamiz.
Harbiy intizom bilan ishlaydigan yapon qurilish korxonalari
Men Yaponiyaga kelishdan oldin Rossiya va Turkiyada ham ishlaganman. Rossiyada, qurilish hududlarida prorab (hudud nazoratchisi) katta qaror qabul qilish huquqiga ega, ammo Yaponiyada qurulishda qanaqadir o'zgarish kerak bo'lsa, hudud nazoratchisi darhol qaror qabul qilmaydi, balki avval yig'ilish tashkillashtiradi. Barcha aloqador shaxslarning fikrlarini tinglab, so'ngra direktorga xabar qilinadi va qaror qabul qilinadi. Bu jarayon orqali, qurilish jarayonida o'zgarishlar minimal darajada bo'lishi uchun, boshidan oxirigacha loyiha hujjatlarga asoslanib quriladi. Bir kishining o’zboshimcha qarori bilan ishni davom ettirishning imkoni bo'lmaganligi sababli, Yaponiyadagi qurilish maydonlarida haqiqiy harbiy intizom hukm suradi. Yaponiyada qurilish maydonlarining xavfsizlikni ta'minlashi Rossiyadan katta farq qiladi, deb o'ylayman.
Daromad va xarajatlar
Daromad: 180,000-190,000 yen | |
◎ Soliqlar, ijtimoiy sug'urta, ijara va kommunal xizmatlar to'lovi olinmagan holda qolgan miqdor | |
Xarajatlar: 50,000 yen | |
◎ Oziq-ovqat | |
◎ Boshqa xarajatlar | |
Qolgan summa: 130,000-140,000 yen | |
Har oyda ota-onamga pul jo’nataman |
Mening mehnat shartnomamda bonus haqida hech narsa yozilmagani uchun, men bonus olmayapman.
2-darajali Stajor vizasiga o’tish
Yaqinda, ish boshlaganimga bir yil to’ldi, 1-darajali malaka imtihonini topshirib 2- darajaga ko‘tarildim. Bu imtihon, yapon tili va kasbiy ko‘nikmalar bo’yicha test topshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu imtihondan o‘tgach, mehnat shartnomasini yana ikki yilga uzaytirish mumkin bo‘ladi. Kasbiy ko‘nikmalarni asosan kompaniyada ishlash davomida o‘rganmoqdaman. Yapon tilini o‘rganish bo‘yicha, dastlab kompaniya tomonidan tavsiya qilingan yapon tili maktabiga borganman. Biroq, yapon tilini yapon tilda o‘rganishga bilim darajam yetatli bo’lmaganligi uchun, hozirda o‘zbekistonlik do‘stimdan yapon tilini o‘rganmoqdaman. Kelajakda maxsus malaka darajasiga ko’tarilish yoki vatanga qaytish haqida hali bir qarorga kelmadim.
Kelajakda Yaponiyaga ishlash uchun kelayotgan o'zbekistonliklarga eslatma
Yaponiyaga kelishdan oldin uchta narsaga e'tibor bering:
Mehnat shartnomasini imzolashdan oldin u bilan to’liq tanishib chiqing.
Yapon tilini puxta o'rganing.
Yapon ish odobini o'rganing.
Yapon tili va biznes odatlari bo‘yicha, men ham hali qiynalayotgan joylarim bor. Tezroq yetuk mutaxassis bo'lish uchun harakat qilmoqdaman.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid