JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyada taksi, yuk mashinasi yoki avtobus haydovchisi sifatida ishlash mumkinmi!?

Yaponiyada taksi, yuk mashinasi yoki avtobus haydovchisi sifatida ishlash mumkinmi!?

O‘zbekistonda avtomobil transporti sohasida Maxsus malaka bo‘yicha imtihonlar boshlandi

1. Kirish

2025-yil mart oyidan boshlab, O‘zbekistonda avtomobil transporti sohasi bo‘yicha Maxsus malaka (Tokutei Ginou) imtihonlarini topshirish imkoniyati yaratildi.Mazkur soha bo‘yicha Yaponiyaga qabul qilinishi rejalashtirilgan umumiy ishchi soni — 24 500 nafarni tashkil etadi (taksi, avtobus va yuk mashinasi haydovchilari).Ushbu maqolada Maxsus malaka tizimi doirasida avtomobil transporti sohasi qanday tashkil etilganligi haqida batafsil maʼlumot beriladi.

2. Tizimning umumiy tavsifi

Avtobus

Taksi

Yuk mashinasi

・Asosiy mehnat faoliyati

・Haydovchilik faoliyati(Yo‘lovchini xavfsiz tashish)

・Mijozlarga xizmat ko‘rsatish

・Haydovchilik faoliyati

・Mijozlarga xizmat ko‘rsatish

・Haydovchilik faoliyati

・Yuk ortish-tushirish xizmati

・Yapon tili bo‘yicha bilim darajasi

JLPT N3

JLPT N3

JLPT N4

yoki

JFT-Basic imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish

※Texnik stajirovka
2-darajasini muvaffaqiyatli tugatgan shaxslar imtihondan ozod qilinadi

・Malaka darajasi

Maxsus malaka baholash imtihoni  
(Avtobus)

Maxsus malaka baholash imtihoni
(Taksi)

Maxsus malaka baholash imtihoni
(Yuk mashinasi)

・Yaponiyaga kirib kelgandan so‘ng

・Yaponiyaning ikkinchi toifadagi haydovchilik guvohnomasi

・Yangi haydovchilar uchun o‘quv kursini yakunlash

※Ikkinchi toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun kamida 1 yillik haydovchilik tajribasi zarur

・Yaponiyaning ikkinchi toifadagi haydovchilik guvohnomasi

・Yangi haydovchilar uchun o‘quv kursini yakunlash

・Yaponiyaning ikkinchi toifadagi haydovchilik guvohnomasi

・Yangi haydovchilar uchun o‘quv kursini yakunlash

・Maxsus malaka 2-darajaga o‘tish

Mavjud emas

Mavjud emas

Mavjud emas

3. Haydovchilik faoliyati boshlanguniga qadar bo‘lgan jarayon

Yaponiyada haydovchi sifatida ishlash uchun quyidagi bosqichlardan o‘tish lozim:
 

4. Yaponiyaning haydovchilik guvohnomasini olish

・Chet elda yashovchilar uchun
Maxsus malaka bo‘yicha baholash imtihoni va yapon tili imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng Yaponiyaga kirib kelingach, maxsus faoliyat vizasi (yuk mashinasi haydovchilari uchun maksimal 6 oy, avtobus va taksi haydovchilari uchun maksimal 12 oy) ichida chet elda olingan guvohnomani almashtirish orqali Yaponiyaning avtomobil haydovchilik guvohnomasini olishlari shart. Tashqi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun, avvalo, chet elda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish va ushbu mamlakatda (Yaponiya) kamida 3 oy yashagan bo‘lish talab etiladi.
・Agar shaxs Yaponiyada yashayotgan bo’lsa, Maxsus malaka va yapon tili imtihonlaridan o‘tib, yashash vizasini maxsus malaka vizasiga almashtirishdan avval, Yaponiyaning haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritish zarur.

・E’tibor berish kerak bo'lgan jihatlar

Agar Maxsus faoliyat vizasi davrida Yaponiya haydovchilik guvohnomasi olinmasa, u holda Maxsus malaka vizasi berilmaydi.
Shuningdek, Maxsus faoliyat vizasi muddatini uzaytirish imkoniyati yo‘q.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan maxsus malaka toifasidagi chet ellik sifatida haydovchilik faoliyati bilan shug 'ullanish mumkin emas.

・Tegishli ma’lumotlar
Jo'natuvchi tashkilotlar (Bandlik agentliklari) ro'yxati
Mehnat migratsiyasining bosqichlari va bandlik agentliklarining majburiyatlari
Maxsus malaka imtihoniga qanday ariza topshiriladi?
Maxsus malaka tizimi haqida umumiy ma'lumot

Izoh qoldiring
Profile picture