Mehnat migratsiyasining bosqichlari va yuborish tashkilotlarining majburiyatlari
Mehnat migratsiyasining bosqichlari va yuborish tashkilotlarining majburiyatlari
Bandlik agentliklari ikkita turga bo‘linadi. Bular, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va xorijga yuborish bilan shug‘ullanuvchi xususiy bandlik agentliklari hisoblanadi. Bu tashkilotlar jo‘natishning barcha bosqichlarida shartnoma tuzilgan ish izlovchilarga nisbatan ma'lum majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi, shuning uchun ularning majburiyatlarini oldindan bilib oling va kerak bo‘lganda majburiyatlarning bajarilishini talab qiling.
1. Bo’sh ish o‘rinlari e’lon qilish bosqichi
Tashqi mehnat migratsiya agentligi
Tashqi mehnat migratsiya agentligi bo’sh ish o‘rinlarini Tashqi mehnat migratsiya agentligining veb-saytida va Telegram kanalida e’lon qiladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi veb-sayti (Ma’lumot manbasi olingan kun: 2024-yil 19-sentabr)
Tashqi mehnat migratsiya agentligida bo’sh ish o‘rinlariga ariza topshirish uchun rezyume tayyorlash zarur. Bo’sh o‘rinlari e’lonida "Ariza" tugmasini bosganingizda, OneID - Yagona identifikatsiya tizimiga o‘tasiz. OneIDga kirganingizdan so‘ng, rezyume avtomatik ravishda yaratiladi, lekin davlat tomonidan boshqarilmaydigan ma’lumotlar (masalan, chet tillaridagi malaka sertifikatlari) o‘zingiz qo‘shishingiz kerak. Rezyume, odatda, pasport ma’lumotlari, turmush o‘rtog‘ining borligi yoki yo‘qligi, telefon raqami, manzil, tajriba (ta’lim, ish tajribasi), xorijdagi tajriba, yuz rasmi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Xususiy bandlik agentliklari
Xususiy ishga joylashtirish tashkilotlari o‘zlarining Telegram kanallari va ariza topshirish platformalarida ish o‘rinlarini e’lon qiladi yoki o‘zlari boshqaradigan yapon tili maktabida o‘qiyotgan talabalar va ularning tanishlari yoki qo‘shnilariga e’lon qilib, mehnat migrantlarini yig‘adi.
Bu bosqichda pul masalalari yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo‘ling. 2024-yil avgust holatiga ko‘ra, xususiy ishga joylashtirish tashkilotlari faqat ma’lumot taqdim etish va maslahat xizmatlari uchun haq olishi mumkin. Ushbu summalar, asosiy hisob-kitob miqdorining 1 baravarini (340,000 so‘m) tashkil qiladi. Xususiy bandlik agentliklari fuqarolardan xizmat haqi olmasligi kerak! Barcha xarajatlarni ish beruvchi tomon qoplashi kerak.
Boshqa tomondan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.04.2024 yildagi PF-59-songa binoan, hozirgacha xususiy bandlik agentliklari talab qila olmagan ishga joylashtirish xizmatlari haqini kelajakda talab qilish imkoniyati mavjud, shuning uchun ehtiyot bo‘ling.
2. Talabgorlarni ketishdan oldin moslashtirish
Bandlik agentliklari xorijdagi ish beruvchilar bilan kelishuvga erishgandan so‘ng, arizachilar bilan shartnoma tuzadi. So‘ngra, Bandlik agentliklari arizachilarni ta’lim, trening va moslashtirish dasturlaridan oldindan o‘tkazishi kerak. Xususan, 1) mehnat shartnomasi bilan tanishtirish (mehnat shartnomasining loyihasi, yashash va mehnat sharoitlarini tushuntirish, shartnoma shartlari bo‘yicha rozilik olish), 2) tibbiy tekshiruv (tuberkulyoz, ruhiy kasalliklar, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, giyohvandlik mavjudligini aniqlash), 3) (zarur bo‘lsa) vizani olishda yordam, 4) qisqa muddatli treninglar (chet tillar, ishlash mamlakatining an’analari va qonunlari, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar va OIV infeksiyalarini oldini olish), 5) arizachining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash tartibini tashkil etish zarur.
3. Ishga yuborishdan so‘ng qiyinchiliklar yuzaga kelganda
Belgilangan joyga kelgach, yuboruvchi tashkilot talabgorlar ishga joylashtirilgunga qadar ularni zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi (patent, kirish yo‘riqnomasi, yashash, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va hokazo.).
Shuningdek, arizachining kelishidan so‘ng, qabul qiluvchi tomon va’da qilingan ijtimoiy qulayliklar, yashash sharoitlari, maosh to‘lash shartlari yoki boshqa shartlarni ta’minlamasa, bandlik agentliklari arizachini boshqa xorijiy ish beruvchiga ishga joylashtirish uchun shoshilinch choralar ko‘radi. Agar shoshilinch choralar ko‘ra olmasa, bandlik agentliklari arizachini o’z vataniga qaytarish majburiyatini oladi.
Agar ish beruvchi mehnat shartlarini (maosh to‘lovi, inson qadr-qimmatiga mos yashash va mehnat sharoitlari) bajarmayotganini sezsangiz, Tashqi mehnat migratsiya agentligiga murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, Yaponiyadagi O'zbekiston elchixonasi yoki Tokioda ochilishi rejalashtirilayotgan Migratsiya boshqarmasi ofisiga ham murojaat qilish mumkin (ushbu ofisning ochilishi haqidagi yangiliklarni kuzatib boring)..
Izoh qoldiring
Mavzuga oid