JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyaning rezident statusi turlari

Yaponiyaning rezident statusi turlari

Yaponiyada yashash uchun “rezident statusi”lari muhimligini bilarmidingiz. Ishlash uchun rezident statuslarining har xil turlari mavjud. Ularning har biri haqida quyida ma’lumotlar berib tanishtirib oʻtamiz.

Rezident statusi nima?

Rezident statusi – bu xorij fuqarolari Yaponiyada yashash uchun kerak bo’ladigan status hisoblanadi.

※Rezident statusi orqali Yaponiya davlatida yashab, turli xil faoliyatini olib borish huquqiga ega boʻlishadi. Viza bilan ko'pincha bir xil deb qaraladi, lekin viza Yaponiyaga kirish uchun tavsiyanoma kabi qabul qilinadi, rezidentlik statusi esa Yaponiyaga kirgandan keyin u yerda yashash va faoliyat yuritish statusini beradi. Aniqroq qilib aytganda, ular farqli narsalardir.

Har bir rezident statusi uchun Yaponiyada amalga oshirilishi mumkin bo'lgan faoliyat qonun bilan belgilanadi. Ikki xil malakani bir vaqtning o'zida olish mumkin emas va bir kishi faqat bitta rezident statusiga ega bo'lishi mumkin.

2021-yilning avgust holatiga koʻra, Yaponiyada resident statuslar soni 29 xil koʻrinishda belgilangan. Quyidagi havolada batafsil ma’lumot mavjud:

Rezidentlik statusi ro'yxati - Migratsiyani nazorat qilish agentligi

Shu oʻrinda esa Yaponiyada yashab ishlash huquqini beradigan rezident statusi haqida ma’lumot berib oʻtamiz.

Yaponiyada o’qish haqida ma'lumot olish uchun bu yerni bosing!

Asosiy rezident statuslari

Yaponiyada ishlash uchun asosiy rezident statuslarining quyidagi uch turi mavjud.

Har biri statusga oid batafsil maqolalar mavjud, shuning uchun quyidagilardan ma'lumot olish uchun foydalaning.

“Gijinkoku” (Muhandis / Gumanitar bilimlar / Xalqaro ishlar) vizani qo‘lga kiritish usullari

Maxsus malaka (tokutei ginou) rezidentlik statusi nima? Bu statusning shartlari va  qo‘lga kiritish usullari 

Kasbiy malaka amaliyoti (ginou jisshu) tuzilishi haqida. Oddiy tilda oson tushuntirish

Rezident statusining shartlari

Yuqoridagi ko’rib chiqqan resident statuslardan tashqari, boshqa rezident status haqida ham qisqacha ma'lumot beramiz. Har bir rezident statusiga ko'ra ishlash mumkin bo'lgan kasblar va shartlar boshqacha bo'lishi mumkin.

Rezident statuslari kabi

Faoliyat turi koʻrinishlari

Ishlash huquqi

Oilaviy istiqomat qilish huquqi

Boshqa ishga oʻta olish huquqi

Gijutsu / Jinbunchishiki / Kokusai gyoumu

(Muhandis, Gumanitar bilim, Xalqaro ish)

Texnik mutaxassis yoki ofis xodimi sifatida korxonada ishlash uchun zarur bo’ladi.

Tokutei ginou (Maxsus malaka)

“Qariyalarni parvarishlash” yoki “qurilish sanoati” kabi maxsus 12 turdagi ishlarni bajarish imkoni bor.

※1

Ginou jisshuu

(Stajyor)

Chet elliklar Yaponiya korxonalarida ishlash orqali texnikani o'rganadi.

2

Kaigo

(Qariyalarni parvarishlash)

Parvarishlash muassasasida ishlash. 
Qariyalarni parvarishlash bo'yicha rezidentlik statusiga ega bo'lish.

Ginou

(Skilled labor Malakali mehnatchi)

Chet el taomlari oshpazi, kabi yuqori malaka talab qiladigan ishlarni bajaruvchi shaxslar uchun rezidentlik statusi.

Oshpazlik san’ati kabi, Kasbi va mahorati Yaponiyada muhim oʻringa ega, oʻz kasbining mohir ustalari uchun

Menejment va biznes boshqaruvi

Yaponiyada oʻz biznes faoliyatiga ega xorij fuqarolari uchun.

Talaba

Yaponiya ta’lim muassasasi talabalari uchun.

※3

※4

Oilaviy istiqomat qilish statusi

alaba hamda Muhandis, Gumanitar bilim, Xalqaro ish resident statusi egalari, ular qaramog‘idagi oila a’zolari, 20 yoshgacha boʻlgan farzandlari  uchun.

 

※3

 

※4

Qisqa muddatli istiqomat statusi

Yaqin qarindoshlarinikiga tashrif buyuradiganlar, biznes, meditsina, turistik maqsadlar bilan tashrif buyuradiganlar uchun.

※1. Maxsus malaka (tokutei ginou) 1-darajada oila a'zolarini Yaponiyaga olib kelish mumkin emas, lekin maxsus malaka 2-darajada mumkin.

※2. Ishchilarni qabul qiluvchi kompaniya qonunlarga rioya qilmasa, OTIT (Xorijiy texnik stajyorlar tayyorlash tashkiloti)dan yordam olib, rezidentlik statusi oʻzgarmagan holda boshqa tashkilotga ishga oʻtishi mumkin.

※ 3. Rezidentlik statusidan tashqari boshqa faoliyatga ham ruxsatnoma olinganda qoʻshimcha soatbay ish faoliyati amalga oshirilish mumkin.

※ 4. Yaponiyada talaba yoki oilaviy rezident statusidagi odamlar soatbay ish joylarini oʻz xohishlariga binoan oʻzgartirishga haqlilar.

Ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!

Yaponiyada ishlamoqchi bo’lgan sen uchun | JICA-NET kutubxonasi

Yaponiyada ishlayotgan sen uchun | JICA-NET kutubxonasi

Karyerani rejalashtirish | JICA-NET kutubxonasi

Nufuzli xorijiy universitetlarni bitirganlar biznes boshlash yoki ish qidirish istagida bo'lsalar (J-Find)Kirish-chiqish va yashashni boshqarish agentligi

Yashash joyi va tegishli tashkilotlar haqida ma'lumot berish tartibiKirish-chiqish va yashashni boshqarish agentligi

 

Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/work-in-japan/visa

Izoh qoldiring
Profile picture