Bandlik agentligi, yapon tili maktabini tashkil qilish tartibi (umumiy qoidalar)
Bandlik agentligi, yapon tili maktabini tashkil qilish tartibi (umumiy qoidalar)
1. Kirish
Ushbu maqolada O’zbekistonda chet el kompaniyasi filiali, bandlik agentligi, yapon tili maktablarini tashkil qilish tartibining umumiy qoidalari haqida tanishtiramiz. Hozir siz guvohi bo’layotgan maqola JETRO tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar asosida havola qilinmoqda.
2. Chet el kompaniyasi filialini tashkil qilish tartibi
Hozirgi kunda, O’zbekistonda mavjud kompaniyalarning 60%ni Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ), 1% dan kamrog’ini esa Aksiyadorlik jamiyatlar (AJ) sifatida tashkil etilgan. Yapon tili maktabi va bandlik agentliklarini MChJ shaklida tashkil qilish odatiy hol hisoblanadi.
MChJni tashkil qilish vaqtida, ustav kapitalining eng kam miqdori belgilanmagan va chet eldan kirgan kapital ulushi 15% dan oshmasligi kerak. JETROning “O’zbekistonda kompaniya filialini (vakolatxonani) tashkil qilish bo’yicha qo’llanma (2020-yil fevral)” ma’lumotlariga asosan, chet eldan kirgan kapital ulushi 15 %dan yuqori bo’lgan MChJlarga “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi O’RQ-598-sonli Qonun bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona deb qaraladi, shuningdek, ushbu qonunda belgilangan xorijiy investorlar uchun taqdim etilgan kafolatlardan foydalanishi imkoniyati ham mavjud.
Chet el kapitaliga ega MChJ (FE LLC) yoki qo’shma korxona shaklidagi MChJ (JV LLC) larni minimal ustav kapitali 400 mln so’m bo’lib unda chet el kapitalining ulushi 100% qilib tashkil qilish mumkin va ularga soliq imtiyozlari ham qo’llaniladi.
※1 so’m = 0,01 yen ※2024-yil oktabr holatiga ko’ra
Tashkil qilish tartibi va kerakli hujjatlar haqida batafsil “O’zbekistonda kompaniya filial (vakolatxona)ni tashkil qilish bo’yicha qo’llanma (2020-yil fevral)” “Chet el kompaniyasini tashkil qilish tartib qoidalari va kerakli hujjatlar” tanishib chiqing.
FE LLC | JV LLC | LLC | |
Investorlar soni | 1-50 nafargacha | 2-50 nafargacha | 1- 50 nafargacha |
Investor | Chet el fuqarosi va chet el yuridik shaxsi | Chet el fuqarosi, chet el yuridik shaxsi, O’zbekiston fuqarosi va O’zbekistondagi yuridik shaxs | Chet el fuqarosi, chet el yuridik shaxsi, O’zbekiston fuqarosi va O’zbekistondagi yuridik shaxs |
Minimal investitsiya miqdori | 400 mln so’m | 400 mln so’m | Belgilanmagan |
Chet el investitsiyasining ulushi | 100% | 15 % dan yuqori | 15 % gacha |
Javobgarlik doirasi | Egaligidagi ulushlar doirasida | Egaligidagi ulushlar doirasida | Egaligidagi ulushlar doirasida |
Ustav kapitalini to’lash muddati | Yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 1 yil ichida | Yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 1 yil ichida | Yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 1 yil ichida |
Litsenziya va boshqa talablarning zarurati | Muayyan sohalarda zarur (masalan, ishchilarni xorijga jo’natish) | O’ng tomonda ko’rsatilganidek | O’ng tomonda ko’rsatilgandek |
※JETRO “O’zbekistonda kompaniya filial (vakolatxona)ni tashkil qilish bo’yicha qo’llanma (2020-yil fevral)” ma’lumotlari asosida tuzildi.
3. Bandlik agentligini tashkil qilish
2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan O’RQ-501-sonli Qonunga asosan xususiy bandlik agentliklarini tashkil qilish imkoniyati yaratildi. Tashkiliy huquqiy shakli va ustav kapitali tarkibi cheklanmaganligi sababli, Yaponiya korxonalari tomonidan 100% o’z mablag’lari hisobidan tashkil qilishlari mumkin.
2024-yil noyabr holatidagi tartib
O’zbeksitonliklarni chet elga ishga jo’natish uchun Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan litsenziya olishlari kerak, litsenziyani olish jarayoni Adliya vazirligining Davlat xizmatlari markazida amalga oshirilishi lozim. Avval ariza topshirish uchun hujjatlar quyidagilardan iborat edi. (Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi saytidan ariza berish mumkin. Ariza berish bo’yicha ko’rsatma ham bor), 17-oktabr migratsiya siyosatiga oid yangi prezident farmoni chiqarilganligi munosabati bilan, kelgusida ariza talablari va zarur hujjatlar o‘zgarishi mumkin deb hisoblanadi.
Nizom nusxasi
Direktorni lavozimga tayinlash haqidagi buyruq nusxasi
Direktorning oliy ma’lumoti to’g’risidagi diplom nusxasi
Ikkinchi xodimning ishga olingani to’g’risidagi buyruq nusxasi
Ofisning kadastr hujjatlari yoki ijara shartnomasi nusxasi
Da’vogar tomonidan Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi jamg‘arma hisobiga to‘lov kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravari miqdorida zaxira mablag‘lari kiritilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi
※2024-yil oktabr holatiga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 375,000 so’m (29 AQSh dollari)
Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoridagi yig‘im arizachi tomonidan to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi
6.da ko’rsatilgan fondga depozit mablag‘lari O‘zbekiston fuqarolari xorijda mehnat faoliyati davomida mehnat shikastlanishi yoki boshqa zararlar yuz berganda, ushbu zararlarni qoplash yoki ularni vataniga qaytarish xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Shuningdek, 2018-yil 16-oktabrdagi O’RQ-501-sonli Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, mehnat va migratsiyaga oid qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish, faqatgina ushbu qonunda belgilangan faoliyat bilan shug’ullanish, litsenziyalovchi organ belgilagan tartibda uch yilda kamida bir marta yuridik shaxs xodimlari malaka sertifikatini olishi nazarda tutilgan.
4. Yapon tili maktabi
Yapon tili maktablarini har qanday yuridik shaklda tashkil etish mumkin. Qonunchilikka ko‘ra, bandlik agentliklariga yapon tili ta’limini amalga oshirishga ruxsat berilmaganligi sababli, hozirgi kunda bandlik agentliklarining sarmoyadorlari yapon tili ta’limi bilan shug‘ullanadigan alohida yuridik shaxs (mas’uliyati cheklangan jamiyat) tashkil etmoqdalar.
Yapon tili maktabini tashkil etishda, tegishli idoraga quyidagi talablarga mos kelish haqida xabar berish zarur (Adliya vazirligi veb-saytiga murojaat qiling. Ushbu saytning “Ta’lim” bo‘limidan “Maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma ” bo‘limida ma’lumot berilgan).
Bildirishnoma yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda, bildirishnoma to‘lovi amalga oshirilmaganda yoki quyidagi talablarning bajarilishi tasdiqlanmaganda, qabul qilinmaydi.
Darsdan tashqari davlat tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi va rejalari asosida tuzilgan ta'lim dasturi va o‘quv rejalarini tayyorlash.
Ta’lim faoliyati olib boriladigan obyektga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa mulk huquqini ifoda etish (ushbu talab masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlariga tatbiq etilmaydi).
Har bir o‘qituvchini ta’lim materiallari bilan ta’minlash.
Ta’limni nazorat qilish axborot tizimiga quyidagi ma'lumotlarni aniq va ishonchli shaklda kiritish kafolatini ta’minlash.
Ta'lim muassasasiga oid ma'lumotlar
O‘quvchilarga oid ma'lumotlar
O‘qituvchilar, rahbarlar va trenerlarga oid ma'lumotlar
Ta'lim dasturlariga oid ma'lumotlarShartnoma asosida talabalar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish.
Talabalar sonining minimal va maksimal chegaralarini belgilash.
To‘garaklar uchun maksimal 40 kishi.O’qituvchilarning ma’lumot darajasi
Oliy ma’lumotli – 70 %
O’rta maxsus ta’lim – 20%
O’rta ta’lim – 10 %
Ta’lim muassasasining hududi:
Devor yoki panjara bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak
Tungi yoritish tizimiga ega bo‘lishi kerak
Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lishi kerakTa’lim muassasasiga ajratilgan xonalar uchun minimal maydon:
Dars o‘tish uchun sinf xonasi – 15 m²
Ish xonasi – 30 m² (mavjud bo‘lsa)
Studiya yoki individual o‘qitish xonalari uchun umumiy maydon – 20 m² (mavjud bo‘lsa)
Umumiy sinf yoki laboratoriya – 25 m² (mavjud bo‘lsa)Sinf xonasidagi ta’lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan minimal shartlar:
Elektron yoki oddiy qora doska — 1 dona
Proyektor — 1 dona
Sinf xonasining yorug‘lik darajasi — 400 lyuks2013-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan tasdiqlangan 0307-13-sonli "Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining jihozlanishi va ta’minoti bo‘yicha sanitariya me’yorlari, qoidalari va sanitariya normalari"ga muvofiq bo‘lishi lozim.
2009-yil 4-iyunda O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan 0266-09-sonli "Nogironlar va aholining bolalar va katta yoshdagi kamharakat guruhlari foydalanadigan turar joy va jamoat binolarini, yashashga mo‘ljallangan boshqa joylarni loyihalashtirish va qurishning sanitariya qoidalari va normalari"ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Maktabdan tashqari ta'limni tugatganlik to‘g‘risida sertifikat berish.
Chet tillarni o‘rgatishda o‘qituvchi davlat tasdiqlagan sertifikatga yoki xalqaro baholash tizimlari (IELTS, CEFR, TOEFL IBT va boshqalar) bo‘yicha amaldagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak va bu sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
5. Xulosa
Yuqorida keltirilgan jarayonlar haqida batafsilroq ma'lumot olishni istasangiz, ushbu maqolada havola qilingan JETRO hisobotini ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Ushbu JETRO hisobotini O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi korxonalarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi advokat, Uryu & Itoga yuridik firmasi Toshkent ofisi rahbari Yarashev Nodirbek tayyorlagan. Nodirbek haqidagi maqolani portalda o’qishingiz mumkin: O'zbekistonga kirib kelayotgan kompaniyalarni qo'llab-quvvatlovchi advokat
Izoh qoldiring
Mavzuga oid