Qanday qilib kasbiy malaka amaliyot (stajor) va maxsus malaka bilan karyerani rivojlantirish mumkin?
Qanday qilib kasbiy malaka amaliyot (stajor) va maxsus malaka bilan karyerani rivojlantirish mumkin?
Eslatma: ·Stajordan Maxsus malaka vizasiga o’tganigizda 8 yil ishlashingiz mumkin. · Kasbiy darajangiz oshishi bilan ish haqingiz ham oshadi. |
1. Kasbiy malaka amaliyot va maxsus malaka bilan Yaponiyada necha yil ishlash mumkin?
Kasbiy malaka amaliyotida 1-daraja, 2-daraja va 3-daraja mavjud. Quyidagi jadvalga ko'ra, 1-darajada 1 yil, 2-daraja va 3-darajada esa har biri 2 yil ishlash mumkin, jami bo'lib 5 yil ishlash mumkin. Yuqori darajaga o'tish uchun malaka imtihonidan o'tish kerak.
Maxsus malakada esa 1-daraja va 2-daraja bor. 1-darajada 5 yil, 2-darajada esa cheksiz ishlash mumkin. Maxsus malaka 1-darajasini olish uchun: 1) maxsus malaka imtihonidan o'tish va Yaponiya tilidan N4 darajani olish, 2) kasbiy malaka amaliyoti 2-daraja yoki 3-darajadan o'tish orqali olish mumkin.
Shunday qilib, agar kasbiy malaka amaliyot 2-darajadan maxsus malaka 1-darajasiga o'tilsa, Yaponiyada eng ko'p 8 yil, agar kasbiy malaka amaliyot 3-darajadan maxsus malaka 1-darajasiga o'tilsa, 10 yil ishlash mumkin. Agar maxsus malaka 2-darajasi olingan bo'lsa, cheksiz ishlash mumkin va er (yoki xotin)ini hamda bolalarni Yaponiyaga olib kelish mumkin.
2. Kasbiy malaka amaliyoti va maxsus malaka bilan qancha pul ishlash mumkin?
Quyidagi jadvalda 2021-yilgi kasbiy malaka amaliyoti 1, 2, 3-daraja va maxsus malaka 1-daraja (barcha sohalar bo'yicha) uchun o'rtacha oylik ish haqi ko'rsatilgan. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, kasbiy malaka amaliyotchisining darajasi ko'tarilganda maosh ham ko'tariladi. Maxsus malaka 1-darajasida esa yana ko'proq maosh olinadi. Shuning uchun malaka va Yaponiya tilini rivojlantirish muhimdir (*kasbiy malaka amaliyotchisi 2 va 3-darajaga o'tish uchun malaka imtihonidan o'tish kerak). Maxsus malaka 2-darajasini olganlar kamligi uchun hali o'rtacha maosh haqida ma'lumotlar yo'q, lekin maxsus malaka 1-darajaga qaraganda yuqori malaka talab qilingani uchun maosh ham yuqori bo'lishi kutilmoqda. Ushbu maosh summalari soliqqa tortilmagan holatda. Bundan keyin soliqlar va ijtimoiy sug'urta badallari ushlab qolinadi, shuning uchun qo'lga tegadigan miqdor bundan kamroq bo'ladi.
Quyidagi jadval 2020-2022-yillarda kasbiy malaka amaliyotchilarning o'rtacha oylik ish haqi(bonuslarsiz)ni ko'rsatadi. Bu jadvaldan ko'rinib turibdiki, har yili kasbiy malaka amaliyotchilarning maoshi oshib bormoqda.
3. Xulosa
Kasbiy malaka amaliyoti 1-darajasidan karyerasini boshlagan shaxslar, keyinchalik kasbiy malaka amaliyot 2-daraja → 3-daraja yoki maxsus malaka 1-daraja → maxsus malaka 2-darajaga o'tish orqali karyerasini rivojlantirishi mumkin. Maxsus malaka 1-darajasidan karyerasini boshlagan shaxslar ham maxsus malaka 2-darajasiga o'tishi mumkin. Malaka va yapon tilini oshirish orqali maosh ko'payadi va uzoqroq ishlash mumkin bo'ladi.
Maxsus malaka va kasbiy malaka amaliyoti haqida ko'proq bilmoqchi bo'lganlar quyidagi link orqali tekshirib ko'ring.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid