O'zbekistonliklarning ovqatlanish madaniyati
O'zbekistonliklarning ovqatlanish madaniyati

O‘zbeklar tanish-bilishlari bilan salomlashganida doim “uyga o‘tinglar, choyga” deya mehmonga chaqirishadi. Bu ibora "choy ichish uchun uyga keling" degan ma’noni anglatib, o‘zbeklar o‘zlariga yaqin deb bilgan insonlarini ko‘pincha o‘z uylariga taklif qilishadi. Mezbonlik qilinayotgan xonadonda doim non, taomlar, quritilgan mevalar, shirinliklar kabi ko‘plab noz-ne’matlar bilan to‘ldirilgan dasturxon tayyorlanadi va shu bilan birgalikda choy ham taqdim etiladi. Biror kimning uyiga tashrif buyurganda, mehmonlarning non olib kelishi kabi an’anasi mavjud.Birga taom tanovul qilinib, choy ustida qizg‘in suhbat qurish ham odatiy holdir.
Choy madaniyati
1. Choy quyuvchi odam
Agar uyga qarindoshlar yoki yaqinlar kelsa, uy egasi (ota-ona) yoki eng kichik kishi (qiz yoki o‘g‘il) choy quyadi. Hamkasblar, sinfdoshlar bilan ovqatlanishga borganingizda, odatda guruhdagi yoshroq ayol buni amalga oshiradi.
2. Choy quyishdan avval
Mehmonlarga choy uzatishdan avval, piyolaga uch marta choy quyilib, choyni yana bir bora choynakka qaytariladi. Bu usul orqali choy tezda damlanadi va piyolaga quyilgan choyning ta’mi bir xil saqlanadi.
3.Choy quyish paytida
Choyni piyolaning yarmigacha quyish an’anasi mavjud. Mehmonlar choyni ko‘p so‘rashlari orqali mezbonlarga nisbatan hurmat ifoda etishadi, shu bilan birga uy egasi mehmonlarga xizmat ko‘rsatib, mehmondo‘stlikni namoyon qiladi. Shuningdek, piyola yarmigacha choy quyiladi, shuning uchun piyolani qo‘lda tutgan mehmon kuyib qolishidan xavotir olinmasa ham bo‘ladi.
Nonga aloqador madaniyat
Dasturxonda har doim non bo‘ladi. O‘zbeklar har qanday taomni ham non bilan birga tanovul qilishadi. Palov va lag‘mon kabi guruch yoki xamirli taomlar yeyilganda ham, o‘zbeklar taomlarni non bilan birga iste’mol qilishadi. O‘zbeklarga ularning bolalik chog‘laridan boshlab, nonning ahamiyati va qadri o‘rgatilib tarbiya qilinadilar. Shuning uchun, nonni yuzasi yuqoriga qarab dasturxonga qo‘yilishi kerakligi va uni tashlab yuborish yoki nonga nisbatan hurmatsizlik qilib bo‘lmasligi haqida ko‘nikmalar paydo qilinadi.
Ovqatdan oldin va keyin
Taom avvalo, dasturxon atrofidagi yoshi ulug‘ bo‘lgan insondan boshlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Suhbatga kirgan kattalardan esa, "boshlab bering" (ya'ni "iltimos, ovqatni boshlang") deb so‘ralganidan so‘ng esa birgalikda ovqatlanishni boshlaydilar.
Ovqatdan oldin odatda "Bismillah-ir-Rahman-ir-Rahim" (Eng mehribon Allohning nomi bilan) deyiladi. Shuningdek, "yoqimli ishtaha!" iborasi ham ovqatdan oldin foydalaniladi. Ovqatdan so‘ng, oila boshlig‘i yoki dasturxon atrofidagi eng katta a’zo qo‘llarini ochib, ovqatni tayyorlagan va tanovul qilgan insonlar haqqiga sog‘liq va baxt tilab duo qiladi.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid