O‘zbeklar juda uzoq salomlashishadimi?
O‘zbeklar juda uzoq salomlashishadimi?
Yaponlar, qo‘shnilari bilan uzoq vaqt ko‘rishmaganida, qanday salomlashishadi?
"Sizni ko‘rmaganimga ancha boʻldi-ya! Yaxshi yuribsizmi?"
Bu kabi salomlashuv odatiymi?
Salomlashish jarayoni uzun
O‘zbeklarda salomlashuv uzoq vaqt davom etadi.Salomlashuv qisqa vaqt davom etsa, bu odobsizlik deb hisoblanadi. Masalan, quyidagi salomlashuv bir oy qo‘shnisini ko‘rmagan o‘zbeklar orasida ko‘p uchraydi.
Munisa: Assalomu alaykum, Robiya!
Robiya: Assalomu alaykum, Munisa!
Munisa: Yaxshimisiz?
Tuzukmisiz?
Ishlaringiz yaxshimi?
Robiya: Rahmat, yaxshi! Siz-chi?
Sog‘lig‘ingiz yaxshimi?
Yaxshi yuribsizmi?
Munisa: Ha, rahmat. Hammasi yaxshi.
Uydagilar tuzukmi?
Robiya: Allohga shukur! Rahmat!
Mayli, charchamang. Uydagilarga salom ayting.
Munisa: Xo‘p, rahmat! Siz ham.
Robiya: Rahmat! Sog‘ bo‘ling!
Albatta, o‘zbeklar har doim ham yuqoridagi keltirilgan namunadagidek salomlashishmaydi. Bundan tashqari, uzoq vaqt ko'rishmagan bo‘lsa, so‘raladigan savollar soni ko‘payadi va mazmuni ham o‘zgaradi. Masalan, hozir nima qilayotgani (o‘qish, ish) qayerda va qanday ish bilan shug‘ullanayotgani, maoshi qancha ekanligi, turmushga chiqish holati turkumidagi savollar beriladi. Agar, u turmush qurmagan bo‘lsa, qachon turmush qurishni rejalashtirayotgani haqida ham so‘rashlari mumkin.Balki, turmush qurgan bo‘lsa, bolalari bor yoʻqligi haqida so‘raladi. Shunday qilib, o'zbeklar uchun shaxsiy savollarni berish odatiy hol hisoblanadi.
Salomlashish paytidagi xulq-atvor
O‘zbekistonda o‘ziga xos o‘zbekcha salomlashish odobi mavjud. An’anaviy uslubda o‘ng qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashishdir.
Yaqin do‘st bo'lgan o‘zbek erkaklari salomlashganda qo‘l siqishadi, ayollar esa quchoqlashishadi yoki yonoqdan o‘pib qo‘yishlari mumkin. Lekin, erkak va ayol o‘rtasida salomlashish payti qo‘l siqishish, quchoqlashish yoki o‘pish kabi harakatlar bajarilmaydi.
Shuning uchun, azizlar, agar o‘zbeklar sizning oilangiz yoki ishlaringiz haqida so‘rasalar, hayron bo‘lmang. Bunday savollarni berish orqali o‘zbeklar sizga hurmat ifoda etgan bo‘ladilar. Shaxsiy hayotingizga oid savollar O‘zbekistonda odatiy holat, shuning uchun bu savollar berilganida jahlingiz chiqmasin.
Salomlashish jarayoni uzun
Izoh qoldiring
Mavzuga oid