Jo'natish jarayoni haqida umumiy ma'lumotlar
Jo'natish jarayoni haqida umumiy ma'lumotlar

1. O‘zbekiston mehnat migratsiya tizimidagi o‘zgarishlar
Mehnat migratsiyasi tizimining rivojlanishiga oid umumiy ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.
O‘zbekistonda 1995-yildan boshlab chet elda ishlash uchun davlat organlaridan ruxsatnoma olish talab etilgan hamda xususiy sektor tomonidan mehnat migrantlarini yuborishga ruxsat berilmagan. Biroq, 2018-yildan boshlab xususiy bandlik agentliklari orqali mehnat migrantlarini yuborish imkoniyati yaratildi. Shundan keyin esa, yuborish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bir necha bor o‘zgartirilgan va to‘ldirilgan.
Yil | Normativ-huquqiy hujjatning nomi | Umumiy ma’lumot |
1993-yil | “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish to‘g‘risida”gi VMQ 353-sonli Qaror | ①Mehnat vazirligidan ruxsatnoma olgan yuridik shaxslarga migrantlarni yuborishga ruxsat berilgan. ②Ishchining o’zi xorij kompaniyasi bilan to’g’ridan to’g’ri mehnat shartnomasini tuzgan taqdirda, Mehnat vazirligidan chet elda ishlash uchun ruxsatnoma olish talab qilingan. |
1995-yil | “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi mehnat faoliyati to‘g‘risida”gi VMQ 408-sonli Qaror | Yuqoridagi ① bekor qilindi va barcha migrant mehnatchilarni yuborish uchun Mehnat vazirligidan chet elda ishlash uchun ruxsatnoma olish talab qilinadigan bo‘ldi. |
2001-yil | Yuqoridagi, 408-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorining o’zgarishi | ・Migratsiya agentligi tashkil etildi. ・Migratsiya chet elda ishlash uchun ruxsatnoma beruvchi va chet elga ishchi yuborish jarayonini amalga oshiruvchi asosiy organ bo‘ldi. |
2018-yil | Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni (№ PF-3839) | ・Chet elda ishlash uchun ruxsatnoma tizimi bekor qilindi. ・Litsenziyaga ega xususiy yuboruvchi agentliklar orqali migrantlarni yuborish imkoniyati yaratildi. |
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun (№ O’RQ-501) | ||
2024-yil | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.04.2024 yildagi PF-59-son | ・Vazirlar Mahkamasi tarkibida Tashqi mehnat migratsiya agentligi tashkil etildi. ・Xususiy yuboruvchi agentliklar tomonidan migrant mehnatchilardan olinadigan xizmat haqi erkinlashtirish. (loyiha) |
2024-yil | ・Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tuzildi. ・Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasini Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasi etib qayta nomlash. | |
・Xususiy bandlik agentliklariga chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish huquqi beriladi. ・2024-yil dekabrgacha quyidagilarni o‘z ichiga olgan qonun qabul qilinadi: | ||
2025-yil 22-aprel | Mazkur Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq quyidagi nizomlar tasdiqlandi: ・O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi to‘g‘risidagi nizom (Vazirlar Mahkamasi qaroriga 1-ilova ). ・O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda mehnat faoliyatiga jalb etish uchun ularni tashkiliy yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Vazirlar Mahkamasi qaroriga 2-ilova ) va boshqalar. |
2. Migrantlarni chet elga yuborishni nazorat qiluvchi tashkilot
Avval, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi migratsiya sohasini tartibga solish hamda xususiy bandlik agentliklar ustidan nazorat qilish vakolatiga ega edi. Biroq, 2024-yil 17-oktabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, hozirda ushbu vakolatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga berilgan. Shuni ta’kidlash joizki, Migratsiya agentligi ayni vaqtda yuboruvchi tashkilot sifatida ham faoliyat yuritmoqda, biroq Prezidentning PQ-367-sonli farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvarga qadar ushbu funksiyalarni bosqichma-bosqich xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

3. Yuboruvchi tashkilotlar
Mehnat migratsiyasiga jo’natish, Migratsiya agentligi hamda xususiy bandlik agentliklar tomonidan amalga oshiriladi. 2025-yil avgust holatiga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklar soni 37 tani tashkil etadi. Ulardan 6 tasi Yaponiya davlatiga jo’natish bilan ham shug’ullanishadi [Yuboruvchi tashkilotlar ro‘yxati].
Shuningdek, Migratsiya agentligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Maxsus malaka”, “GIJINKOKU” kabi mehnat faoliyatiga oid rezidentlik maqomi bo‘yicha jo’natish /qabul qilish jarayoni, agar fuqaro va qabul qiluvchi korxona bevosita shartnoma tuzmagan bo‘lsa, litsenziyaga ega bo‘lgan yuboruvchi agentliklar orqali amalga oshirilishi lozim. Stajyor vizasi orqali ishga jo’natish tizimida esa yuboruvchi tashkilotning ishtiroki majburiy hisoblanadi.
4. Jo’natishga oid qonun hujjatlarining xususiyatlari haqida
① Yuboruvchi tashkilotlarni tashkil etilishi
Mazkur hujjatga qarang [Bandlik agentligi, yapon tili maktabini tashkil qilish tartibi (umumiy ma’lumot)]. ※Ayni vaqtda yuboruvchi tashkilotlarni tashkil qilish vakolati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Migratsiya agentligiga o‘tkazilgan bo’lisha qaramay, uni amalga oshirish tartib qoidalarida o‘zgarishlar mavjud emas.
② Yirik miqdordagi depozit mablag‘i
2020-yilda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga qadar, xususiy bandlik agentliklar litsenziya olish uchun 50 ming AQSh dollarini «Tashqi mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish jamg‘armasi»ga depozit sifatida kiritishlari lozim edi (Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunning 13-modda). Biroq, O‘zbekistonda ayrim g’araz niyatli xususiy bandlik agentliklar ish qidiruvchilardan katta miqdordagi to‘lovlar (taxminan 2000–3000 AQSh dollari)ni olgan holda ularni ish qabul qiluvchi korxonalarni topa olmagan va buning oqibatida ko‘plab muammolar kelib chiqqan. Ushbu masala OAV va Senatda ko‘rib chiqilib, ijtimoiy muammo darajasiga chiqqani sababli, 2020-yilda mehnat migrantlarini himoya qilish maqsadida tartib kuchaytirildi va bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 8 500 baravari (taxminan 229 ming AQSh dollari) miqdorida depozit kiritish majburiyati belgilandi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, 2024-yil 17-oktabrdagi yangi Prezident farmoniga muvofiq, mazkur depozit miqdorini kamaytirish nazarda tutilib, 2025-yil may oyidan boshlab BHMning 4 000 baravari etib belgilandi.
③ Ish qidiruvchilardan olinadigan jo’natish xizmati to‘lovini erkinlashtirish
2020-yilgacha jo’natish xizmati to‘lovi bo‘yicha hech qanday tartibga solish mavjud emas edi. Yuqorida qayd etilgan holatlar sababli, 2020-yil noyabrdan tartib kuchaytirildi va xususiy yuboruvchi agentliklarga ish izlovchilardan yuborish xizmati to‘lovi olish taqiqlanib (Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun, 13-modda), faqatgina konsalting xizmati uchun 340 000 so‘m (taxminan 4 300 yen, 2024-yil iyun holatiga ko‘ra) miqdorda to‘lov olish huquqi berildi (Ushbu qonunning 14-moddasi).
【Shuningdek, Migratsiya agentligi bilan o‘tkazilgan suhbatlarga ko‘ra, hozirda yuborish to‘lovlarini erkinlashtirish yo‘nalishida yangi Migratsiya bo’yicha jo’natish to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilmoqda.】
※Xususiy bandlik agentliklar bilan o‘tkazilgan suhbatlarga ko‘ra, bir qator agentliklar yapon tili ta’limi xarajatlari, viza arizasi bo‘yicha to‘lovi va boshqa nomlar ostida ish qidiruvchilardan 1000–2000 AQSh dollari atrofida to‘lov olayotgani ma’lum bo‘lgan.
④ Migratsiya agentligining vakolatlari va asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Migratsiya agentligi xorijda ishlashni istagan fuqarolarga tizimli yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Asosiy vakolat va funksiyalari quyidagilardan iborat ( “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi to‘g‘risida”gi Nizom” asosida):
Xorijda bandlik imkoniyatlarini ta’minlashga doir nazorat va ko‘mak
Xorijda ishlash istagi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlari tashkil etilishini nazorat qiladi va sayyor qabullar, uchrashuvlar hamda davra suhbatlarida ishtirok etadi;Dastlabki moslashtirish tadbirlari o‘tkazilishini nazorat
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar reyestrini yuritadi;
Ma’lumotlar bazasi va reyestrlarni boshqarish
Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga oid yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi hamda xorijiy ish beruvchilarga oid ro‘yxatlarni (reyestrlarni) boshqaradi.Xususiy bandlik agentliklarini litsenziyalash va nazorat qilish
Xorijda ishlashga yuborish xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy agentliklarning litsenziya olish arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish, ularning faoliyatini nazorat qilish hamda litsenziyani to‘xtatish yoki qayta tiklash vakolatiga ega.Ish o‘rinlarini taqsimlash
Xorijiy ish beruvchilar yoki yollovchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlarini ro‘yxatdan o‘tgan xususiy agentliklarga taqsimlash ishlarini amalga oshiradi.
⑤ Xususiy bandlik agentliklarning huquq va majburiyatlari
Xususiy bandlik agentliklarning huquqlari va majburiyatlari “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonun (№ O‘RQ-501) hamda ushbu qonun bilan bog’liq “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilab qo‘yilgan.
Ma’lumot olish va shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq, ishga joylashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan axborot olish, ish qidirayotgan shaxslardan, shuningdek ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va axborot olish, shuningdek, barcha xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatilishi shart. Bundan tashqari, tuzilgan shartnomalar “labour-migration” axborot tizimiga real vaqt ro’yhatdan o’tkazilishi majburiy hisoblanadi.
Xavfsizlik va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, turli xil majburiyatlar yuklatiladi. Quyida shulardan bir qismi keltiriladi.
Nomaqbul ish beruvchilardan voz kechish
Ro‘yxatda qayd etilmagan yoki qonunbuzarlik tarixi mavjud bo‘lgan xorijiy ish beruvchilarni nomzodlarni yuborish joyi sifatida tanlash mumkin emas.O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va kursni tamomlaganlik guvohnomasini ta’minlash
Yuboruvchi tashkilot jo‘natish tadbirlaridan oldin talabgor ishga joylashtiriladigan davlat tilini, an’analari va qonunchiligini o‘rgatish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmning, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Agentlik tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli kurslarga talabgorni yo‘naltirish, o‘qishini, kurs yakuni bo‘yicha imtihonlarda ishtirokini hamda sertifikatga ega bo‘lishini ta’minlash majburiyatini oladi.Sug‘urtaga qo‘shilish majburiyati
Subsidiyalardan foydalanib, jo’natilayotgan migrantlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida, ish boshlashdan oldin ularni tegishli sug‘urtaga qo‘shish majburiydir.Shartlar bajarilmaganda muqobil ishga joylashtirish
Xorijiy ish beruvchi zarur shartlarni bajarmagan yoki ishga qabul qilishdan bosh tortgan hollarda, yuboruvchi agentlik tezda boshqa ish o‘rnini ta’minlashi shart.Kelishilgan shartlarda ishlash imkoni bo‘lmaganda vatanga qaytarish va xarajatlarni qoplash
Agar ish izlovchi kelishilgan shartlarda ishlay olmasa, yuboruvchi tashkilot uni vatanga qaytarishni ta’minlashga majbur. Ushbu majburiyat bajarilmaganda, Migratsiya agentligi fond mablag‘laridan foydalanib qaytarishni amalga oshiradi va sarflangan xarajatlarni yuboruvchi tashkilotning garov mablag‘laridan undiriladi.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid