Tsukuba universiteti va JICA GROW loyihasi hamkorligida “Yaponiyada o’qish va ishlash” haqida seminar tashkil qilindi
Tsukuba universiteti va JICA GROW loyihasi hamkorligida “Yaponiyada o’qish va ishlash” haqida seminar tashkil qilindi

Joriy yil 16-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining akademik litseyida, Yaponiyaning Tsukuba universiteti vakillari Kajiyama Yuji va Koyama Shogo tomonidan Tsukuba universiteti haqida ma’lumot berish orqali Yaponiyada o’qish imkoniyatlari haqida ma’lumot bergan bo’lsalar, JICA GROW loyihasi xodimlari Jurabek Hasanov, Nodirxon Muhammadaliyev va Sobirov Temur tomonidan “Yaponiyada ishlash imkoniyatlari” haqida tushuntirish orqali Yaponiyaning ishchi viza turlari va tafsilotlari haqida ma’lumotlar bilan o’quvchilarni tanishtirib o’tishdi.
Seminar davomida quyida savollar o’quvchilarda ko’proq qiziqish uyg’otdi:
1. Talaba vizasi bilan borgandan keyin vizani ishchi viza turiga o’zgartirish mumkinmi?
Javob: Yaponiyani talaba viza bilan borib, keyinchalik ishchi vizaga o'tkazish imkoniyati bor, lekin qonunchilikka binoan qoidalar va talablar mavjud. Shuningdek, ko'p hollarda O'zbekistonga qaytgandan keyin, to'g'ridan-to'g'ri ishchi vizasi orqali Yaponiyaga ketishadi.
2. Maxsus malaka vizasida o’rtacha oylik daromadi qancha?
Javob: Bu sizni ishga qabul qilgan kompaniyaga bog'liq. Loyiha doirasida vatandoshlarimiz bilan qilingan intervyular davomida olingan ma'lumotlarga qaraganda o'rtacha hisobda 240, 000-250,000 yen atrofida. https://japancareer.uz/uz/posts/149
Seminar yakunida Yaponiyaning ishchi viza turi bo’lgan Tokutei Ginou( Maxsus malaka) vizasiga o’quvchilarda qiziqish paydo bo’ldi. Yaponiyada ishlash imkoniyatlari haqida yanada batafsil ma'lumotlar olmochi bo'lganlar bevosita telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali bog'lanishlari mumkinligi ta'kidlab o'tildi.

Izoh qoldiring
Mavzuga oid