JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yapon xalqining uzoq umr ko'rish sirlarini tushunish mumkin bo’lgan Yaponiyaning qariyalarni parvarishlash muassasalari

Yapon xalqining uzoq umr ko'rish sirlarini tushunish mumkin bo’lgan Yaponiyaning qariyalarni parvarishlash muassasalari

Muloqot ko’nikmasi va chidamlilik: Yaponiya ish uslubining menga ko’rsatgan ta’siri

Oybek Dehqonov

(1999-yil, Farg'ona viloyatida tu’g’ilgan)
2018-yil – Sanoat va xizmat ko’rsatish kollejini tamomlagan (Farg'ona)
2019-yil – Xususiy bandlik agentligida yapon tilini o'rgangan (Farg'ona)
2020-yil – Yaponiyaga borish → 1 oylik o’quv kursi → kasbiy malaka amaliyoti (Hokkaido, Sapporo shahri)
2023-yil – Maxsus malaka imtihonidan o'tish → yangi qariyalarni parvarishlash muassasasiga ishga o'tish (Tokio)

Yaponiyada ishlashga bo’lgan turtki

Maktabni tugatib hech qayerdan ishlamayotgan vaqtimda, tasodifan radioda Yaponiyada ishlash haqida eshitdim. Radio orqali eshitgan Farg'onadagi bandlik agentligi bilan bog'landim va Yaponiyada ishlashmoqchi ekanligimni bildirdim. Suhbatda menga Yaponiyada ishlash maqsadim, Word va Excelda ishlash ko'nikmalari, yoqtirgan yapon taomlari haqida savollar berildi. Imtihondan o'tgach, bandlik agentlgiga ishga jo’natish xarajatlar umimiy 15 million so'm to'ladim.

Yaponiyaga ketish va ishning tafsilotlari

Koronavirus pandemiyasi tufayli, Yaponiyaga kelish jarayonlariga taxminan bir yil vaqt sarflandi va nihoyat 2020-yil dekabr oyida yetib keldim. Men stajor bo’lib Yaponiyaning shimolida joylashgan Hokkaido hududida ishlaydigan bo’ldim, yetib kelganimdan keyin bir oy davomida o'quv kursiga qatnashdim. Shundan so'ng, ish joyiga tayinlandim va tajribali hamkasblarim yordamida ishni asta-sekin o'rgana boshladim.

Har kungi ish, oldingi smenadagi xodim tomonidan yozilgan “keyingi smenaga topshiriqlar”ni tekshirish bilan boshlanadi. Hokkaidodagi ish joyimda bu topshiriqlar og'zaki tarzda yetkazilardi, lekin Tokioda barcha ma'lumotlar kompyuter orqali nazorat qilinadi. Topshiriqlarda quyidagi ma'lumotlar kiritilgan bo’ladi: 

  • Qanday dori ichayotgani

  • Ovqatlanish miqdori (agar qolgan bo'lsa, bu miqdor haqida xabar qilinadi)

  • Qancha miqdorda suv ichganligi (kuniga necha marta suv ichgani)

  • Tushgacha va tushdan keyin choy vaqtida nima yegani

  • Shifokor tavsiyalariga amal qilinyaptimi (agar amal qilinmasa, qayta tushuntiriladi)

  • Uchrashuv yoki shifokor qabuliga yozilganlik  

Har bir odamning holati shu tarzda batafsil kuzatib boriladi. Hozircha bu bo’yicha tajribam yo'q, lekin agar bemor yiqilib tushsa yoki boshqa biror hodisa yuz bersa, “hodisa haqida hisobot” yozishim kerak bo'ladi.

Qariyalarni parvarishlash muassasasida ishlash orqali yaponlarning uzoq umr ko'rish sirlari haqida biroz tushuncha oldim. Ish joyida ba'zida g’iybat qilishadi, qariyalarni parvarishlash ishi asosan stressga chidamli va sabrli odamlarga mos keladi deb o'ylayman. Yapon tilini yaxshi biladigan odamlar yoshi kattalar bilan tezda til topishib, ishni oson va samarali bajarishlari mumkin.

Daromad va xarajatlar

Daromad: 220,000 yen (Maxsus malaka)

Qo’lga tegadigan maosh

220,000 yen

Soliq va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari chiqarilgandan keyingi summa

Xarajatlar: 40,000 yen

Oziq-ovqat uchun: 25,000 yen

Kundalik hayotda sarflanadigam va dam olish uchun xarajatlar: 15,000 yen

40,000 yen

Qoladigan summa: 180,000 yen

Har oyda taxminan 1,000 dollarni ota-onamga yuboraman, qolganini o'zim yig’ib qo’yaman.

Maxsus malakaga o'tganimdan beri har olti oyda bir marta 210,000 yen bonus ham olaman.

Stajor vizasida bo'lganimda faqat 15,000 yen bonus olardim.

Karyerada yuqorilash maqsadida Hokkaidodan Tokioga

Men Hokkaidoda uch yil davomida ishladim. Avvaldan Tokioda ishlashni xohlaganim uchun, Stajor 3-darajasini tugatib, Maxsus malakaga o'tish vaqti kelganda, ish joyimni Tokio shahriga ko’chirtirdim. Uch yil davomida intizom bilan ishlasangiz va yapon tilini yaxshi o'rganib olsangiz, maxsus malakaga ko'tarilish mumkin.

Hokkaido yashash uchun juda qulay, tabiati juda ham chiroyli bo’lib, xuddi kitoblardagidek chiroylidir. Odamlari ham juda mehribon edi. Tokio esa butun dunyodan turli odamlar yig'iladigan katta shahar bo'lib, bu yerda o'zbekistonliklar ham ko'p yashaydi. So'nggi paytlarda men turli tadbirlarda qatnashib, ko’proq tanishlar orttirishga harakat qilyapman, lekin Tokioda yashaydiganlar insoniy munosabatlarda nisbatan sovuqroq tuyuldi.

Yaponiya kompaniyasida o'rganganlarim

Yaponiyada ishlash davomida men uchta asosiy narsani o'rgandim:

  • Hourensou (hisobot, xabar, maslahat) - Jamoa ichida ma'lumotlar almashishning ahamiyati.

  • Tartib-intizom – Belgilangan ishlarni, belgilangan vaqt ichida bajarish.

  • Ishdan qochmaslik - Hech kim ko'rmasa ham, o'z mas'uliyatini chin dildan bajarish.

Bular Yaponiyada ishlash davomida o'rganganlarimning bir qismi bo’lib, kelajakda bu ko'nikmalarimni yanada rivojlantirmoqchiman.

Kelajakdagi rejalari va Yaponiyaga kelishni istagan o'zbekistonliklarga so’zlarim

Ayni vaqtdagi kasbimni davom ettirish davomida, keyingi qadamlardan biri sifatida qariyalarni parvarishlash bo'yicha yuqori malakali ishchi bo'lishdir. Yuqori malakali ishchi bo'lganimda, Yaponiyda istiqomat qilish muddatining cheklovi bekor qilinadi va oilaviy yashashga ruxsat etiladi, bu esa kelajakda karyeramni yanada rivojlantirish imkonini beradi. Biroq, bunday vizani olish uchun, 3 yillik ish tajribasi, boshlang'ich o’rganuvchilar uchun kurslari va amaliy o’rganuvchilar uchun kurslarini o’qish talab qilinadi. Men stajor viza bilan 3 yillik amaliy tajribani o’zlashtirdim, lekin bu sohada karyerani davom ettirishni yoki o’zimni yangi sohada sinab ko’rish haqida bir qarorga kelganim yo’q. 

Qariyalarni parvarishlash sohasida faoliyat yuritishni xohlagan o'zbekistonliklarga, birinchi navbatda, yapon tilini qunt bilan o'rganishlarini maslahat beraman. Qariyalarni parvarishlash ishi turli odamlar, ayniqsa keksalar bilan ishlashni talab qiladi, shuning uchun ular bilan muloqot qilish ko’nikmalari egallash juda zarur. Bu yerda olingan ko'nikmalar va tajribalar nafaqat Yaponiyaning mehmondo'stlik madaniyatiga mos keladi, balki O'zbekistonga qaytganingizdan keyin ham foyda keltirishiga ishonchim komil. Albatta, kelajakdagi karyera rejalaringizga mos ravishda yo'lingizni tanlang va harakat qilishdan to’xtamang.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz