JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyada ta'lim olish uchun stipendiyalar (To'lov kontrakti asosida o’qiydigan talabalar uchun)

Yaponiyada ta'lim olish uchun stipendiyalar (To'lov kontrakti asosida o’qiydigan talabalar uchun)

1. Kirish

Yaponiyaga grand asosida tahsil olmoqchi bo’lganlar uchun stipendiya (Yaponiyada ta'lim olish uchun grantlar (Davlat grantlari))lardangina iborat bo’lmasdan, kontrakt asosida o’qishga bormoqchi bo’lgan talabalar uchun ham mavjud. Ushbu maqolada Yaponiya Talabalarga Yordam Berish Jamiyati (JASSO) haqida, shuningdek, xususiy kompaniyalar tomonidan beriladigan stipendiyalar haqida ham tanishtirib o’tamiz. Bunday stipendiyalar to’liq qoplanadigan grandlardan farqli hisoblanib, Yaponiyada o’qishni boshlagan paytda ariza topshiradigan stipendiyalar ko’p. Shuningdek, 1) borayotgan universitet(maktab)ingiz orqali emas, to’g’ridan to’g’ri ariza topshira oladigan stipendiyalar, 2) universitet (maktab) orqali, o’quv muassasi ichida nomzodlar orasidan saralangan talabalarni tavsiyanoma asosida stipendiya beruvchi tashkilotga taqdim qilish, 3) universitet orqali, hech qanday tavsiyanomasiz arizada ko’rsatilgan hujjatlarni yig’ib stipendiya beruvchi tashkilotga topshirish orqali ham stipendiyaga ega bo’lishingiz mumkin. Yuqoridagi 3 xil usul bilan birgalikda, universitet yoki maktabning boshqaruv tizimizdan, elektron pochta hamda maxsus e’lonlar orqali ham stipendiyalar ko’rsatilib boriladi. Bunday ma’lumotlarni aniq tekshirib borishingiz kerak. Lekin, 1) haqida har bir xususiy kompaniyaning rasmiy web saytlarini tekshirgan holda oldindan kerakli hujjatlarni tayyorlab qo’ygan holda ariza topshirishingizni tavsiya qilamiz.

Bundan tashqari STUDY IN JAPAN sayti (faqat ingliz va yapon tillarida)da ham stipendiyalarni mustaqil izlab topishingiz mumkin.

2. O’zbekistonliklar ariza topshira oladigan stipendiyalar (mustaqil topshirsa bo’ladi)

O’zbekistonliklar ariza topshira oladigan bir qancha stipendiyalarni tanishtirib o’tamiz. Stipendiyaga oid talablar (yosh, universitetiga ko’ra mansublik, o’quv muassasiga topshiriladigan hujjatlar, sohalar va boshqalar) hamda ariza topshirishda qo’yilgan har  bir talabni tekshirib chiqing.

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Mutaxassislik maktabi (1, 2 va undan yuqori kurslar)

Qisqa muddatli universitet (1, 2 va undan yuqori kurslar)

Bakalavriat bosqichi (1, 2 va undan yuqori kurslar)

Ariza topshirish sohasi

Rasmiy saytni tekshiring

Ariza topshirayotganda nomzodning yashash manzili

Yaponiya

Stipendiya miqdori

30,000 yen/oyiga

Stipendiya davomiyligi

Bir yil

Ariza topshirish muddati

(2023-yilgi holatga ko'ra) mayning 8-15 kunlari

Universitetga mansubligi bo'yicha

Cheklanmagan

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Bakalavriat, magistratura, doktorantura

Ariza topshirayotganda nomzodning yashash manzili

Yaponiyadan tashqarida

Stipendiya miqdori

Bakalavr bosqichida: 100,000 yen/oyiga

Magistratura bosqichiga: 140,000 yen/oyiga

Ariza topshirish muddati

(2024-yilgi holatga ko'ra) oktyabrning 1-31- kunlari

Universitetga mansubligi bo'yicha

Belgilangan universitetlargagina (100dan oshiq). Batafsil ma’lumotlarni rasmiy web saytdan oling

Ariza topshirish usuli

Tashkilotga to’g’ridan to’g’ri ariza topshirish

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Bakalavriat, magistratura

Ariza topshirish muddati

Bahorgi qabul (stipendiya kuzda berish boshlanadi): fevral-may oylari(oktyabrdan stipendiya berishni boshlash)

Kuzgi qabul (bahorda stipendiya berish boshlanadi): avgustdan-noyabrgacha (stipendiya apreldan boshlanadi)

Stipendiya miqdori

50,000-80,000 yen/oylik

Stipendiya davomiyligi

Bir yil

Ariza topshirish usuli

1. Boshqich Web saytda hujjatlarni topshirish va test

2. Bosqich topshirilgan hujjatlarni tekshirish va xarakter imtihoni

3. Bosqich suhbat

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Kollej, mutaxssislik maktabi, qisqa muddatli universitet, bakalavriat, magistratura

Sohaga oid talablar

Rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlanishi uchun maxsus hisoblangan texnologik sohalar (qurilish muhandisligi, elektr energiyasi, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, atrof-muhit, yaratuvchan iqtisodiyot va boshqalarga ustuvorlik beriladi)

Ariza topshirish muddati

Odatda dekabr – yanvar oylari

Stipendiya miqdori

80,000-100,000 yen/oyiga

Stipendiya davomiyligi

Bir yil

Ariza topshirish usuli

1. Web sayt orqali ariza berish

2. Tavsiyanoma

3. O’qiydigan universitetdan ma’lumotnoma, baholar to’g’risidagi ma’lumotnoma

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Magistratura, doktorantura

Ariza topshirish muddati

Bahorgi qabul: aprel-may oylari

Kuzgi qabul: sentabr-oktabr

Ariza topshirish vaqtida  nomzod joylashgan mazil

Yaponiyadan tashqarida bo’lsa ham bo’ladi

Stipendiya miqdori

Stipendiya berish muddatiga qarab farqlanadi

1. 210,000 yen/oyiga ( o’quv muddati: 1-2yil)

2. 190,000 yen/oyiga ( o’quv muddati: 3 yil)

3. 160,000 yen/oyiga (o’quv muddati: 4-5 yil)

Stipendiya davomiyligi

1 yil

Ariza topshirish usuli

1. Tadqiqot rejasi

2. Tavsiyanoma

3. Baholar haqida ma’lumotnoma

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Magistratura (29 yoshdan kichik bo’lgan nomzodlar afzalroq tanlanadi)

Ariza topshirish muddati

Avvalgi yildagi namunaga ko’ra oktabr oyidan

Ariza topshirish vaqtida  nomzod joylashgan mazil

Yaponiyada

Stipendiya miqdori

180,000 yen/oyiga

Stipendiya davomiyligi

2 yil

Topshiriladigan hujjatlar

1. Ariza

2. Tavsiyanoma

3. Baholar haqida ma’lumotnoma

4. Insho

5. Tadqiqot mavzusi

3.  Yaponiya talabalarga yordam berish tashkiloti (JASSO)ning stipendiyasi

Yaponiya talabalarga yordam berish tashkiloti (JASSO) stipendiyasi mustaqil topshiriladigan ariza hisoblanamasdan, universitet, maktab orqali ariza topshiriladi.

  • Xalqaro talabalarni qabul qilishni rag'batlantirish dasturi

Tashkilot nomi

Yaponiya Talabalarga Yordam Berish Tashkiloti (JASSO)

O'quv muassasiga qo'yilgan talablar

Magistr, tadqiqotchi (magistratura bosqichida)

Bakalavriat talabalari, qisqa muddatli universitet talabalari, kollej talabalari, kasb-hunar maktabi talabalari

Universitetlar, qisqa muddatli universitetlar va kollejlardagi xalqaro talabalar

Yapon tili maktabi talabalari

Ariza topshirish muddati

Mart oyining oxirgi o’n kunligidan may oyning boshigacha (o’quv muassasiga qarab farqlanadi)

Stipendiya miqdori

48,000 yen/oyiga

Yapon tili maktabi talabalari 30,000 yen/oyiga

Stipendiya berish shartlari

O’quv  muassasasi tavsiyasinoma

Talaba yashash maqomiga ega bo'lishi kerak

Stipendiya olishda talab qilinadigan baholash standartlariga javob berishi kerak

Ariza topshirish usuli

O’quv muassasasiga muraojaat qiling

4. Xulosa

Yaponiyada ta’lim olmoqchi bo’lgan talabalar uchun turli xildagi stipendiyalar mavjud. Ushbu maqolada mustaqil topshirsa bo’ladigan ko’p bo’lmagan stipendiyalar tanishtirilgan bo’lsada, o’quv muassasasi orqali ariza topshira oladigan stipendiyalar ham ko’pchilikni tashkil etadi. O’quv muassasasi orqali topshiriladigan stipendiyalarda talab qilinadigan hujjatlar farqlanganli uchun o’zingiz bormoqchi bo’lgan o’quv muassasasida qanday stipendiyalar mavjudligini muassasaning Web sayti orqali tekshirib, universitet(maktab)lardagi chet ellik talabalar bilan ishlash bo’limiga murojaat qilish yo’li bilan stipendiyalarni izlang.

Stipendiya olish uchun baho, darslarga qatnashish foizi (magistraturadan yuqori bo’lgan hollarda), tadqiqot rejasiga juda muhimdir. Bundan tashqari, sizni qabul qiluvchi ustozning tavsiyanomasini talab qilish holatlari ko’p uchraydi. Shuning uchun tirishqoqlik bilan ta’lim olib, yaxshi baho olish stipendiya olish uchun zarurdir.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz