JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yuqori malakali mutaxassislik

Yuqori malakali mutaxassislik

Muhim jihatlar 

  • Yuqori malakali mutaxassislik - Yaponiya iqtisodiy o’sishi va innovatsiyalariga hissa qo’shish qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslar uchun beriladigan rezidentlik statusidir.

  • 3 yoki 1 yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olish uchun ariza berish imkoniyati kabi turli xil imtiyozlar tan olinadi.

1.    Yuqori malakali mutaxasssislik bu

Yuqori malakali mutaxassislik – bu yuqori malakali kadrlar ega bo’la oladigan rezident statusining bir turidir. Yuqori malakali mutaxassislik rezident statusini ikki xil ko’rinishi bor “Yuqori malakali mutaxassislik 1-daraja” va “Yuqori malakali mutaxassislik 2-daraja”. Yuqori malakali mutaxassislik 1-darajasi quyidagi jadval bo’yicha 3 ga bo’linadi. “Yuqori malakali mutaxassislik 2-daraja”siga ega bo’lish uchun 1-darajada 3 yildan ko’proq ish faoliyati olib borishi kerak.

Rezidentlik statusi

Ish faoliyatining tafsilotlari

Mos keladigan kadrlar

Yuqori malakali mutaxassis 1-darajaI

Tadqiqot, tadqiqot rahbarligi shuningdek ta’lim faoliyati

Tadqiqotchi va universitet o’qituvchisi va boshqalar

Yuqori malakali mutaxassis 1-darajaRo

Tabiiy fanlar yoki gumanitar fanlar sohasiga tegishli bilim va ko’nikmalarni talab qiladigan ish bilan shug'ullanish faoliyati

Mashinasozlik muhandisi, marketing faoliyati bilan shug'ullanuvchilar va boshqalar

Yuqori malakali mutaxassis 1-darajaHa

Biznesni moliyaviy boshqarish va nazorat qilish bilan bog’liq ish faoliyati

Korxona direktorlari va boshqalar

2.    Yuqori malakali mutaxassislik bo’lish uchun – Ball tizimi

Yuqori malakali mutaxassisning rezidentlik statusiga ega bo’lish uchun, yuqori malakali mutaxassis "I", "Ro" yoki "Ha" turiga mos ravishda, qonuniy belgilangan "Yuqori malakali kadrlar ball tizimi" bo'yicha 70 balldan yuqori to'plash kerak.

Ball olish uchun kategoriyalar ta’lim ma’lumoti, mehnat faoliyati, yillik daromadlari va boshqalar hisobga olinadi. Batafsil ma’lumot uchun Adliya vazirligining “Ballarni hisoblash jadvali”ga (https://www.moj.go.jp/isa/content/930001657.pdf) qarang.

3.    Yuqori malakali mutaxassislik va qo’shimcha imtiyozlar

Yuqori malakali mutaxassislikda “Muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar” rezidentlik statusida mavjud bo’lmagan turli xil imtiyozlar mavjud.

  1. Rezidentlik tarixiga asoslangan doimiy yashash ruxsatnomasini olish shartlarini yengillashishi

Doimiy yashash ruxsatnomasini olish uchun, odatda, 10 yil davomida uzluksiz Yaponiyada yashash kerak. Biroq, yuqori malakali mutaxassis sifatida 3 yil faoliyat yuritganlar (80 balldan yuqori to'plagan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar uchun 1 yil) doimiy yashash ruxsatnomasini olish huquqiga ega bo'ladilar.

  1. Ota-ona bilan birga yashash yoki chaqirish mumkin:

Maxsus malaka va muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar kabi rezidentlik statusida ota-ona bilan birga yashash yoki chaqirish ruxsat etilmaydi, ammo yuqori malakali mutaxassislik uchun quyidagi barcha shartlar bajarilsa, ruxsat etiladi:

  • Oilaviy yillik daromad 8 million yen yoki undan ko'p

  • Faqat er-xotindan birining ota-onasi

  • Ota-onalar bilan birga yashash

  • 7 yoshgacha bo'lgan bolani kamida 3 oydan ko’p vaqt davomida parvarish qilish

Yuqori malakali kadr yoki uning turmush o'rtog'i homilador bo'lsa, hayotiy zarur yordamni kamida 3 oy davomida ko'rsatish maqsadida ota-onani chaqirish mumkin. Tug'ilgandan keyin bolani parvarish qilishni davom ettirgan hollarda, bola 7 yoshga to'lgunga qadar ota-onaning Yaponiyada yashashiga ruxsat beriladi.

  1. Yashash muddati 5 yilga beriladi:

Yuqori malakali mutaxassislik 1-darajasi uchun, qonunchilik bo’yicha eng uzun yashash muddati, ya’ni 5 yil beriladi. Ushbu muddatni yangilash mumkin. 

  1. Ko'p faoliyatlarni amalga oshirish imkoniyati

Odatda, chet elliklar faqat bitta rezidentlik statusi bilan tasdiqlangan faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Ammo, yuqori malakali mutaxassis sifatida yashayotganlar bir nechta rezidentlik statusi mos keladigan faoliyatni (masalan, tadqiqot ishlari bilan bog'liq biznesni boshqarish) amalga oshirishlari mumkin.

  1. Boshqalar

Bundan tashqari, Yaponiyaga kirish va yashash jarayonlari ustuvor ravishda ko'rib chiqiladi, ma'lum sharoitlarda uy xizmatchisini olib kelish imkoniyati mavjud, shuningdek, turmush o'rtog'ingiz shartlarga javob bermasa ham, "ta'lim" yoki "muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar" bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirish kabi imtiyozlar mavjud.

4.    Xulosa

Yuqori malakali mutaxassislar uchun turli xil imtiyozlar tan olinadi. Yaponiyada uzoq vaqt faoliyat yuritishni istaganlar, yuqori malakali mutaxassis maqomini olish uchun o'zlarining karyera rejasini tuzishlari kerak.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz