JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiya qanday davlat?

Yaponiya qanday davlat?

Yaponiyaga tashrif buyurmagan boʻlsangiz ham, ushbu mamlakat toʻg‘risida sizda tasavvur mavjudmi? Yaponiya davlatida istiqomat qilgan xorij fuqarolaridan ushbu mamlakat haqidagi taassurotlari soʻralganida ular, shahar koʻchalarining tozaligi, poyezdlarning qulayligi, yapon ovqatlarining mazaliligi haqidagi iliq fikrlarini bildirishadi. Yaponiyaga oid qisqacha ma'lumotni taqdim etamiz.

Yaponiyaning geografik joylashuvi 

Yaponiya yer maydoni

378.000 km2

Aholisi (2021-yil ma’lumotlariga koʻra )

taxminan 125,47 million

dunyo boʻyicha 11-oʻrinda

Ma’muriy boʻlinishi

47 ta prefektura

Qoʻshimcha ma’lumotlar

* Seysmik jihatdan vulqon zonalari koʻp boʻlgan hudud sanalib, Yaponiya yer maydonining taxminan 75 foizini tog‘li hududlar va tepaliklar tashkil qiladi. 

* Eng baland tog‘ Fuji tog‘i hisoblanadi.

* Vulqon zonalarining kengligi sababli har bir hududda qaynar buloqlar (onsenlar) mavjud.

Iqlimi va yil fasllari

  • Yaponiyaning yil fasllari 4 ta fasllar almashinuviga asoslanadi. Ular: bahor, yoz, kuz, qish fasllaridir.

  • Hokkaydo prefekturasidan tashqari hududlarda, iyun-iyul oylarida tsuyu (ko’p yomg‘ir mavsumi) boʻladi.

  • Yoz faslidan boshlab kuz fasli tugagunga qadar tayfunlar tez-tez kuzatiladi.

  • Yoz faslida Tinch okeani yaqinidagi hududlar (Tokyo va boshqa hududlar)da yomg‘ir mavsumi koʻproq kuzatiladi.

  • Qish faslida Yapon dengizi yaqinidagi hududlar (Niigata, Nagano va boshqa hududlar)da qor koʻproq yog‘adi.

Yaponiya transport tizimi

Poyezd va avtobuslar

  • Poyezd va avtobuslar qatnovi oʻta qulay.

  • Temir yoʻl qatnovi vaqti juda qat’iy va aniq.

  • Katta shaharlarda ishga borishning asosiy vositasi poyezd hisoblanadi.

  • Markazda joylashgan katta shaharlardagi metro yoʻllari ham rivojlangan.

  • Transport vositalaridagi yoʻlkira haqqi boshqa mamlakatlar bilan solishtirilganda qimmat sanaladi (bir oy davomida oʻrtacha 114,00 yen sarflanadi).

Poyezd va boshqa transport vositalaridan qanday foydalanishni o'rganish uchun quyidagi havoladagi maqolani o'qing.

Jamoat transportidan(poyezd, avtobus, uzoq masofali avtobus) qanday foydalanish haqida ma'lumot

Samolyot

  • Yaponiyada ko’p aeroportlar mavjud.

  • Asosiy yirik havo yoʻllari kompaniyasi JAL (Yaponiya milliy aviakompaniyasi) va ANA (All Nippon Airways).

  • Peach va Jetstar kabi koʻplab LCC (Low-Cost Carrier, ya’ni arzon aviakompaniyalar) ham mavjud.

Yoʻllar

  • Mashina va mototsikllar yoʻlning chap tomonidan harakatlanadi.

  • Hajmi 50 kub santimetrdan kam boʻlgan mototsikllarda ikki kishi birdan minishi qonunan taqiqlanadi.

Yaponiyada kiyinish madaniyati