Yaponiyada yashayotgan chet elliklar va o'zbekistonliklar
Yaponiyada yashayotgan chet elliklar va o'zbekistonliklar
1. Qancha chet elliklar Yaponiyada yashaydi?
Yaponiyada 2023-yil iyun oyi oxirida 3,223,858 chet ellik yashaydi. 2013-yilda Yaponiyada taxminan 2,060,000 chet ellik yashagan, shuning uchun so'nggi 10 yil ichida chet elliklar soni taxminan 1 millionga oshgan.
2. Nega chet elliklar soni ko'paymoqda?
Yaponiyada yoshlarning soni kamaymoqda va aholining qariyalashishi tez rivojlanmoqda, shuning uchun yosh ishchi kuchi yetishmayapti. Bu muammoni hal qilish uchun, Yaponiyaga chet ellik ishchilarni jalb qilish, maxsus malakali ishchilar tizimini yaratish (2024-yildan boshlab 5 yil davomida 820,000 ishchini qabul qilish rejalashtirilgan) va chet ellik talabalarni qabul qilish kengaytirildi.
3. Qaysi mamlakatlarning fuqarolari ko'p?
2023-yil iyun holatiga ko'ra, Yaponiyada yashovchi taxminan 3,220,000 chet ellikning millati quyidagicha: Xitoy, Vetnam, Janubiy Koreya, Filippin kabi Yaponiyaga yaqin bo'lgan mamlakatlar fuqarolari ko'p.
Odamlar soni | |
1. Xitoy | 788,495 |
2. Vetnam | 520,154 |
3. Janubiy Korea | 411,748 |
4. Flippin | 309,943 |
5. Braziliya | 210,563 |
6. Nepal | 156,333 |
7. Indoneziya | 122,028 |
8. Myanma | 69,613 |
9. Amerika | 62,425 |
10. Taivan | 60,220 |
Manba: Immigratsiya Boshqarmasi “Chet ellik yashovchilar statistikasi" (2023-yil iyun)
2023-yil iyun holatiga ko'ra, Yaponiyada 5,889 o'zbekistonlik yashaydi va bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng ko'pdir (Qozog'iston - 670, Qirg'iziston - 786, Tojikiston - 311, Turkmaniston - 63).
4. Qaysi turdagi yashash ruxsatnomasi bo'lgan chet elliklar ko'p?
Doimiy yashovchilarni hisobga olmaganda, maxsus malakali ishchilar va “ish texnikasi, gumanitar bilimlar, xalqaro ish” kabi ishlash uchun yashash ruxsatnomasini olganlarning soni ko’p.
Yashash ruxsatnomasi | Odamlar soni |
1. Doimiy yashovchilar | 880,178 |
2. Malakali ishchilar | 358,159 |
3. Muhandis / gumanitar bilimlar / xalqaro ish | 346,116 |
4. Talabalar | 305,916 |
5. Oila a’zolari bilan yaxshash | 244,890 |
6. Uzoq muddatli rezident (※Yapon millatiga mansub) | 211,561 |
7. Maxsus malaka | 173,101 |
Manba: Immigratsiya Boshqarmasi “Chet ellik yashovchilar statistikasi" (2023-yil iyun)
Aytgancha, Yaponiyada yashayotgan o'zbekistonliklarning asosiy yashash ruxsatnomalari quyidagi jadvalda keltirilgan
Yaponiyada yashayotgan o'zbekistonliklar orasida eng ko'p son talabalarnikidir, bu Yaponiyada yashayotgan o'zbekistonliklarning taxminan yarmiga to'g'ri keladi. Ammo, “muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ish”, “kasbiy malaka amaliyoti” kabi ishlash uchun kelinganlarning soni ham ko'paymoqda. Quyidagi jadvalda Yaponiyada yashayotgan o'zbekistonliklarning qayerda yashayotganlari keltirilgan.
Yaponiyada yashayotgan O'zbekistonliklarning taxminan yarmi Tokioda yashaydi, ammo boshqa chekkaroq hududlarda ham ishlayotgan va yashayotganlar bir qancha. Tokio maoshlarining yuqoriligi bilan birga, yashash xarajatlari ham yuqori. Shu sababli, ishlash maqsadida kelgan odamlar uchun yashash xarajatlari arzon bo'lgan hududlar afzal bo'lishi mumkin.
5. Xulosa
Ba'zi o'zbekistonliklar yetarli ma'lumotga ega bo'lmagan holda "talaba" yoki "kasbiy malaka amaliyoti" sifatida Yaponiyaga kelib, hayot sharoitlari og'ir bo'lgani uchun noqonuniy ishlashga majbur bo'lishadi. "Talaba" sifatida kelganda hayot xarajatlari qancha bo'ladi, arubaito(soatbay ish)da qancha pul topish mumkin? 【Yapon tilini maktabiga o'qishga kelib, pul ishlash mumkinmi? Arubaito (soatbay ish)da ish haftasiga 28 soatgacha!】 "kasbiy malaka amaliyoti" sifatida Yaponiyaga kelish uchun qancha pul kerakligi, kelgandan keyin nima ish qilishlari kerakligi va qancha pul topish mumkinligi haqida aniq ma'lumotlarni to'plab, qaysi turdagi yashash huquqi bilan Yaponiyaga kelishni yaxshilab o'ylab ko'rish kerak.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid