Arubaito (soatbay ish) hamda Immigratsion qonun qoidalar
Arubaito (soatbay ish) hamda Immigratsion qonun qoidalar
Hurmatli talabalar, Yaponiyada arubaito qilayotganingizda, haftasiga 28 soatdan ortiq ishlash mumkin emas. Bu juda muhim qoidadir. Buning ustiga, boshqa muhim narsalar ham bor. Arubaito qilish bilan bog'liq qonun va qoidalarni yaxshi bilib olish kerak.
Rezidentlik statusidan tashqari ishlash uchun ruxsat
Chet ellik talabalar rezidentlik statusi kartalaridagi “Ishlash cheklovi bor-yo’qligi bormi?” deb so‘ralgan punktida “Ishlashga ruxsat yo‘q” deb yozilgan. Umumiy qoida bo‘yicha chet ellik talabalar ishlash huquqiga ega emas.
Ammo “Rezidentlik statusidan tashqari ishlash uchun ruxsat”i olinsa, arubaito (soatbay ish) qilish mumkin. Bu ruxsatni olgach rezidentlik kartangizning orqa tomoniga "Ruxsat: Asosan ish haftasiga 28 soatgacha, (ko‘ngilochar biznes ishlari bundan mustasno)" deb yoziladi. Biroq, pachinko zallarida yoki tungi ko‘ngilochar joylarda ishlash qat’iyan man etiladi.
※Agar shaxsiy shartnoma asosida tarjimonlik, tarjima, repetitorlik, yetkazib berish xizmatlari kabi ishlarni bajarayotgan bo'lsangiz, "28 soat"lik cheklovni aniqlash qiyin bo'lishi mumkin, shuning uchun oldindan Migratsiya idorasi (Kirib kelish va mamlakatda qolishni nazorat qilish boshqarmasi) bilan maslahat qiling.
Haftasiga 28 soatni hisoblash usuli
Xorijiy talabalar haftasiga 28 soatdan oshmagan holda soatbay ish qilishi mumkin, lekin "28 soatni hisoblash"da e'tibor berish kerak bo'lgan ayrim jihatlar mavjud.
Misol uchun quyidagi jadvalga qarang. 1-haftada jami 28 soat, 2-haftada jami 25 soat ishlagan bo'lsangiz, bu ikkala holatda ham 28 soatdan oshmagan bo'ladi. Biroq, yashil rangda belgilangan 7 kun ichida jami 33 soat ishlagan bo'lsangiz, bu qabul qilinmaydi. "Haftasiga 28 soat" deganda, har qanday kundan boshlab hisoblaganda 7 kun ichida jami 28 soatdan oshmasligi kerakligini anglatadi. Bu qoidaga diqqat qiling.
Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba | |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1- hafta | 2s | 2s | 0s | 4s | 4s | 8s | 8s |
2- hafta | 4s | 5s | 0s | 4s | 2s | 2s | 8s |
※s=soat
Uzoq muddatli ta'til holatida
Maktab tomonidan rasmiy ravishda belgilangan uzoq muddatli ta'til davrida, kuniga 8 soat va haftasiga 40 soatgacha yarim kunlik ish qilishingiz mumkin. Bu yozgi ta'til kabi davrlarni o'z ichiga oladi.
Ammo, masalan, yangi koronavirus pandemiyasi tufayli maktablar vaqtincha yopilgan bo'lsa, bu rasmiy uzoq muddatli ta'til hisoblanmaydi. Bu holatda haftasiga 28 soat cheklovi amal qiladi.
Yaponiyada ishga joyashish uchun tayyorgarlik
Agar xorijiy talabalar Yaponiyada ishlashni xohlasalar, quyidagilarga e'tibor berishlari kerak. Ishlash uchun rezidentlik statusini (vizani) o'zgartirishda soliq bilan bog'liq hujjatlar talab etiladi. Soliq bilan bog'liq hujjatlar quyidagilardan iborat:
Yil davomida olgan daromad va to'langan daromad solig'ini ko'rsatuvchi hujjat
Soatbay ishlayotgan ish joyingizdan yiliga bir marta beriladigan Yil davomida olgan daromad va to'langan daromad solig'ini ko'rsatuvchi hujjat varaqasini saqlab qo'ying.
Yakuniy soliq ma’lumotlari deklaratsiyasi
Bir vaqtning o‘zida bir necha soatbay ish o‘rinlarida ishlasangiz, yanvardan dekabrgacha daromadingiz haqida keyingi yilning fevralidan aprel oylari orasida mahalliy soliq idorasiga yakuniy soliq ma’lumotlari deklareatsiyasini topshiring. Shunda sizga soliq deklaratsiyasining nusxasi taqdim etiladi, shu deklaratsiya nusxasini o‘zingizda saqlang. Agar siz yakuniy soliq ma’lumotlari deklaratsiyasi qanday qilib olish mumkinligini bilmasangiz, barcha soatbay ishlaringiz bo'yicha yillik ish haqi ma'lumotnomalarini soliq idorasiga olib boring va yordam bo'limidan maslahat oling.
※ Agar barcha ishlaringiz bo'yicha bir yillik daromadingiz (soliqlar olinmasdan oldingi summa) jami 1,030,000 yendan oshmasa, soliq deklaratsiyasini topshirish shart emas.
Belgilangan soatdan ortiq ishlamang
Xorijiy talabalarning haftasiga 28 soatdan ko‘p ishlashi “ortiqcha ishlash” deb yuritiladi. Immigratsion byuro bu haqida xabar topsa, quyidagi holatlar kuzatilish ehtimoli bor.
Yaponiyadagi o‘qish vizasini yangilash huquqidan mahrum qilinadi→o‘qishni tugata olmaydi;
Ishlash uchun rezidentlik maqomini o'zgartirishga urinsangiz ham, ruxsat berilmaydi → ishga joylashish imkoniyati yo'q bo'ladi.
Chet elliklar Yaponiyada ishlaganda, ish joyingizdan “ish bilan ta'minlash holati haqida ma'lumotnoma” “Hello Work”ga topshiriladi va bu ma'lumot Migratsiya idorasi tomonidan ham ko'rib chiqiladi. Migratsiya idorasi sizning ish faoliyatingiz haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladi.
Arubaito (soatbay ish) ish joyingizdan ko'proq ishlashingizni so'rasalar ham, qoidalarga rioya qilib ishlashingiz kerak.
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/study/s/study-abroad/part-time-and-immigration-law)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid