Yaponiyada o‘qishni bitirib, Yaponiyada ishga joylashmoqchi bo‘lganlar, o‘quv sohasini tanlashda e’tiborli bo‘ling!
Yaponiyada o‘qishni bitirib, Yaponiyada ishga joylashmoqchi bo‘lganlar, o‘quv sohasini tanlashda e’tiborli bo‘ling!
Yaponiyada ta’lim olib shu yerda qolib ishlashni maqsad qilganlar quyidagi tavsiyalar bilan tanishing.
Yaponiyada o‘qish davrida soha tanlashda e’tiborli bo‘lish kerak bo‘lgan qanday holatlar bor?
Yaponiyadagi universitet yoki kasb-hunar maktabi bitiruvchilari ishlash uchun rezidentlik statusini almashtirishda eng ko‘p olinadigan status turi bu “Muhandis, gumanitar bilim va xalqaro ishlar”statusidir. Lekin, universitet yoki o'rta maxsus maktabda tanlagan mutaxassislikka qarab, bu rezidentlik statusini osongina o'zgartirish mumkin bo'lgan holatlar ham, bo'lmagan holatlar ham mavjud. O'qish uchun mutaxassislik tanlashda, tanlagan mutaxassislik va kelajakda ishlash mumkin bo'lgan kasblar o'rtasidagi bog'liqlikni yaxshilab o'rganib chiqing va shundan so'ng qaror qabul qiling.
“Gijinkoku” (“Muhandis, gumanitar bilim va xalqaro ishlar”) rezidentlik statusi bilan ishlash mumkin bo'lgan kasb turlari
“Muhandis, gumanitar bilim va xalqaro ishlar” (Qisqartirilgan nomi “Gijinkoku”) rezidentlik statusi odatda sizga ixtisosligingiz talab qiladigan ishlar bilan shug‘ullanish yoki kasb mahorati bilan bog‘liq ishlarni bajarishga imkon beradi, oddiy vazifalardan iborat ishlarda ishlashga imkon bermaydi. “Muhandis” va “Gumanitar bilim” vizasi statusiga kiruvchi kasblar universitet yoki kasb-hunar maktabida olingan ko'nikma va bilimlardan foydalangan holda ishlaydigan ish o‘rinlaridir. “Xalqaro ishlar” viza turiga ega shaxslar esa chet elliklarning madaniyatini va his-tuyg’ularni tushunadigan ishlar tushuniladi.
Agar "muhandis" yoki "gumanitar fanlar" sohasida ishlamoqchi bo'lsangiz, universitet yoki maxsus maktabda o'rgangan mutaxassisligingizga mos keladigan ishni tanlashingiz kerak.
Universitetni tugatgan vaziyatda
Ishlash uchun “Gijinkoku” rezidentlik stastusini qo‘lga kiritmoqchi bo’lgan vaqtda, ishga talabgor universitet bitiruvchisi bo‘lsa egallangan mutaxassisligi bo‘yicha kengroq doirada ish o‘rni tanlanadi, ammo maxsus kasb-hunar maktab bitiruvchisi bo‘lsa mutaxassisligi bo‘yicha torroq doirada ish o‘rni tanlanadi. Masalan, adabiyot fakulteti, yuridik fakultet, iqtisod fakulteti va boshqa shu kabi sohalarni o‘rgangan bo‘lsangiz, bu sohalarni qayerda o‘zlashtirgan bo‘lishingizdan qat‘iy nazar, Yaponiyadami yoki o‘z vataningizdami, ish o‘rinlari jabhalari bir xil bo‘lib, unchalik farqlanmaydi.
Maxsus kasb-hunar maktabini bitirgan vaziyatda
Maxsus kasb-hunar maktabi bitiruvchilari tanlagan soha va ish o‘rni o‘rtasidagi bog‘liqlik jiddiy e’tiborga olinadi. Shu sababli, kelajakdagi tanlaydigan kasbingizni hisobga olgan holda, kasb-hunar maktabidagi mutaxassisliklarni diqqat bilan ko‘rib chiqishingiz kerak. O‘qishga qabul hujjatlarini berishdan oldin tanlagan kasbingiz va o‘qimoqchi bo‘lgan mutaxassisligingiz haqida kasb-hunar maktabi xodimlari bilan ham maslahatlashing. Bundan tashqari, agar atrofingizda siz xohlagan ishga kirishga muvaffaq bo‘lgan, tajribaga ega chet ellik talabalar bo‘lishsa, ular bilan maslahatlashib olsangiz ham yaxshi bo‘lardi.
Xulosa
Afsuski, ko'plab xorijiy talabalar ishga qabul qilish taklifini olsalar ham, "mutaxassislik va kasb bir-biriga mos kelmaydi" degan sabab bilan "muhandislik, gumanitar fanlar va xalqaro ishlar" rezidentlik statusini ololmay, o'sha ishni tark etishga majbur bo'lishadi. Shuning uchun o'qish uchun mutaxassislikni tanlashda, tanlagan mutaxassislik va ishlash mumkin bo'lgan kasblar o'rtasidagi bog'liqlikni yaxshilab o'rganib chiqing va shundan so'ng qaror qabul qiling.
Ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz bu yerni tekshiring!
Chet ellik talablar uchun ish bo’yicha qo’llanma | JASSO
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/study/s/study-abroad/study-subject-and-job)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid