Yaponiyadagi talabalar uchun ish qidirish jadvali
Yaponiyadagi talabalar uchun ish qidirish jadvali
Xorijiy talabalarning Yaponiyadagi ish topish jarayonlari bilan tanishmisiz? Yaponiyada ish topish jarayoni “shuukatsu” deb yuritilib, ish topish jarayoni degan ma’noni anglatadi. Ish topish jarayoni ko‘pincha aprel oyida boshlanadi deb e’lon qiladigan maktablar ham bor, lekin ko‘pchilik talabalar bu jarayonni oldinroq boshlashadi. Quyida ish topish jarayoni haqida ma’lumot beramiz.
Ish topish jarayoni
Umumiy ish topish jarayoni haqida
◆ Mart oyidan may oyiga qadar kompaniyalarning tanishtiruv tadbirlar
Yaponiyada ma’lum bir kompaniya yoki bir necha kompaniya va korxonalarning birgalikdagi tanishtiruv tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Talabalar bu kabi tadbirlarda qatnashib o‘zlari ishlashni xohlagan kompaniyalarga ishga kirish arizalari hamda o‘z rezyumelarini beradilar. O‘z navbatida kompaniyalar ham olgan ma’lumotlar asosida suhbat(intervyu)ga chaqirish mumkin bo‘lgan ish talabgorlarini tanlaydilar.
◆ Iyun oyidan sentyabr oyiga qadar suhbat (intervyu) va ishga qabul qilinganlik bildirishnomasini berish jarayoni
Hujjatlaringiz muvaffaqiyatli qabuldan o‘tsa, kompaniya sizni intervyuga chaqiradi. Intervyular soni kompaniyalarga qarab har xil bo‘lib 2 martadan 3 martagacha bo‘lib o‘tishi mumkin. Sentyabr oyigacha ishga qabul qilinganlik bildirishnomasi kompaniya tomonidan taqdim etilib, shundan so‘ng oktyabr oyida ishga qabul qilinganlik tadbirlari o‘tkaziladigan jarayonlar ham mavjud.
※ Yuqorida keltirilgan muddat ichida ishga qabul qilinganlik bildirishnomasi sizga berilmasa darhol niyatingizdan qaytmang, chunki yanvar oyida ham ishga qabul qilinganlik bildirishnomasini olgan va aprel oyidan ish boshlagan senpaylarimiz ham bor.
◆ Dekabr oyida ishga qabul: kompaniyaga qabul qilinganlik hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni
Bunda rezidentlik statusini o‘zgartirish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Oldindan ko‘rilgan puxta tayyorgarlik juda muhim
O‘zingiz qiziqqan kompaniyaga ishga faollik bilan ariza berishingizni maslahat beramiz. Bundan oldin esa yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishni ham unutmang. Endi esa qanday tayyorgarliklar ko‘rish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Yapon tili darajangizni oshirishingiz shart
Yaponiyaga kelishingiz bilan har kuni til bilish darajangizni oshirish ustida ishlang. JLPT va BJT (Biznes yapon tilini bilish testi) kabi sertifikatlar ballari yuqoriligi ishga kirib olishingizga asosiy turtki bo‘ladi. Shu bilan birga intervyu davomidagi yapon tilida suhbatlashish darajangiz ham alohida baholanadi.
Sohani va kompaniyalarni tadqiq qilish
O'z qiziqishlaringiz va kuchli tomonlaringizni tahlil qilgan holda, ish topish saytlari, kompaniyalarning rasmiy saytlarini ko'rib chiqish va tajribali kishilar bilan suhbatlashish orqali soha va kompaniyalarni o'rganasiz. Shunda qaysi soha yoki kompaniyada ishlashni xohlayotganingizni asta-sekin anglab borasiz.
Stajirovkalarda qatnashish haqida
Universitet talabalari uchun stajirovka jarayoni uchinchi kurs yoz oylaridan boshlanadi. O‘zingiz o‘qiydigan universitetdagi “karyera markazi” bo‘limiga murojaat qilsangiz sizni stajirovka o‘tash mumkin bo‘lgan ish joylariga yo‘naltirishadi. Haqiqiy ish jarayoni tajribasiga ega bo‘lganingizda siz ishlab ko‘rgan soha sizga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, bu ish jarayonidagi sizning kuchli tomonlaringiz va qiynalishingiz mumkin bo‘lgan tomonlaringiz kabi holatlarni anglashingiz mumkin.
Ish qidirish hamda ariza berish jarayoni haqida
Ish yarmarkasiga misollar
Qaysi kompaniyada ishlamoqchi ekanligingizni aniqlagandan so‘ng, ish e'lonlarini qidirish kerak. Ish e'lonlarini taqdim etadigan asosiy saytlardan ba'zilarini quyida tanishtirib o'tamiz
Maynabi
Rikunabi
Bundan tashqari turli kompaniyalar ish yarmarkalari vaqtida korxona stendlarini ham olib chiqadilar. Siz bunday kompaniyalar yarmarkasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya xodimlari bilan muloqotga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Shu tariqa korxonalarni izlab, o‘zingizga ma’qul kelgan kompaniya ish yarmarkalarida ishtirok etib rezyumelaringiz va ishga kirish arizalaringizni topshirishingiz mumkin bo‘ladi.
Rezyume va ishga kirish arizalar yozish
Maynabi kabi internet manbalarida rezyume yozishingiz uchun yordam bo‘limlari mavjud. Ana shu bo‘limlarda rezyume yozish usullari haqida ma’lumotlar bor.
Ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz bu yerni tekshiring!
Karyerani loyihalash|JICA-Net kutubxonasi
Chet ellik talabalarga mo'ljallangan ish qidirish bo'yicha qo'llanma|JASSO
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/study/s/study-abroad/finding-employment-schedule-for-students)
Izoh qoldiring
Temur
Izoh vaqti: 07:06, 12.11.2024
aaa
Mavzuga oid