Yaponiyada talabalik davridagi yashash xarajatlari va daromadlar qanday bo'ladi?
Yaponiyada talabalik davridagi yashash xarajatlari va daromadlar qanday bo'ladi?
Yaponiyadagi hayot tarzi xarajatlari va qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan daromad miqdori qancha? Xorijiy talabalar Yaponiyadaga kundalik xarajatlar hamda o‘qish to‘lovlarini faqatgina soatbay ish daromadi bilan qoplay olishlari mushkul ekanligidan xabardormisiz? Xarajatlar summasi va soatbay ish haqi daromadi haqida quyidagi ma’lumotlar orqali tanishib oling.
Chet ellik talabalarning kundalik xarajatlari
Xorijiy talabaning bir oylik xarajatlari va umumiy summasi yashash joyiga qarab farq qiladi. Tokio va Osaka kabi shahar hududlarida yashash xarajatlari yuqori bo'ladi.
[Mintaqaga qarab] Yaponiyada o’qiydiganlarning bir oylik o‘rtacha xarajatlari
Yashash hududi | Asosiy shaharlar | Bir oylik xarajatlar summasi (Yen) |
---|---|---|
Hokkaydo | Sapporo | ¥120,000 |
Touhoku | Senday | ¥127,000 |
Kantou | Yokohama | ¥162,000 |
Tokyo | Tokyo | ¥166,000 |
Chuubu | Nagoya | ¥133,000 |
Kinki | Osaka | ¥149,000 |
Chuugoku | Hirasima | ¥130,000 |
Shikoku | Matsuyama | ¥119,000 |
Kyuushuu | Fukuoka | ¥126,000 |
Butun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha xarajat summasi | ¥148,000 |
Manba:JASSO (Yaponiya talabalarni qo’llab-quvvatlash ko‘rsatish tashkiloti) 2020-yilgi ma’lumotlar bazasi (Reiwa 1-yili (2019-yil)dagi xususiy mablag’ evaziga o’qiyotgan xorijiy talabalarning yashash sharoitlari bo‘yicha so‘rovning haqida umumiy ma'lumot)
[Butun Yaponiya hududi] bo‘yicha o‘rtacha kundalik xarajatlar taqsimoti
Xarajatlar taqsimoti | Pul summasi |
---|---|
O‘qish uchun to‘lov | ¥55,000 |
Yashash joyi ijara puli | ¥38,000 |
Ovqatlanish | ¥29,000 |
Kunlik ehtiyoj xarajatlari | ¥12,000 |
Hobbi / ko‘ngilochar o‘yinlar | ¥10,000 |
Elektr / Gaz | ¥8,000 |
Ma’lumot manbasi: JASSO (Yaponiya Talabalarni Qo'llab-quvvatlash Tashkiloti) 2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra (Reiwa birinchi yili xususiy mablag' evaziga ta'lim olayotgan xorijiy talabalar yashash sharoiti bo'yicha tadqiqot haqida umumiy ma'lumot).
Xorijiy talabalarning daromadlari
Bunday xarajatlarni qoplash uchun ko'pchilik talabalar arubaito(soatbay ish)da ishlaydi. Ammo o'qish va yashash xarajatlarining barchasini faqat yarim kunlik ish bilan qoplashning iloji yo'q. JASSO tadqiqotiga ko'ra, 70% dan ortiq talabalar ota-onalari yoki boshqa qarindoshlaridan pul oladi.
Xorijiy talabalarning soatbay ish bilan qo‘lga kirita oladigan daromadlari summasi
Chet ellik talabalarga har hafta 28 soat (maktab ta’tili vaqtida bir kunda 8 soat)gacha ishlashlariga ruxsat berilgan. Shuning uchun 1 oy davomida 120 soatdan ortiq ishlay olmaydilar.
1 oylik maksimal daromad = soatbay ish haqi ×120 soat
Ko‘pchilik soatbay ish joylarining bir soatlik ish haqi (Qonunda belgilangan eng kam soatbay ish haqi summasi bilan teng miqdorda hisoblaniladi) regionlarga qarab farqlanib 820 yendan 1041 yengacha bo‘ladi.
[Misol] Yaponiyaning Shizuoka prefekturasidagi soatbay ish haqi miqdori
Soatbay ish haqi summasi(Shizuoka Prefekturasidagi eng kam soatbay ish haqi summasi)913 yen×120 soat=109,560 yen(1 oylik maksimal daromad)
※ Haqiqiy holatda, bu summadan soliqlar ushlab qolinadi va muntazam imtihonlar paytida ko'pincha 120 soatga yetmaydi.
Ruxsat etilgan vaqtdan ortiqcha ishlash qat’iyan man etiladi
“28 soatdan ko‘proq ishlasam uydan pul jo‘nattirmasdan hamma xarajatlarimni o‘zim eplay olarman”,- deb o‘ylaydiganlar ham bor, ammo 28 soatdan ortiq ishlagan talabalar:
Rezidentlik statusini yangilash huquqidan mahrum bo‘ladilar;
Ishga kirish uchun rezidentlik statusini o‘zgartirmoqchi bo‘lishsa ham immigratsion byuro bunga ruxsat bermasligi mumkin.
Yuqorida ta’kidlangan holatlarga duch kelib qolish xavfi ham kuzatiladi.
Hozirgi kunda ruxsat etilgan vaqtdan ortiqcha ishlash holatlari immigratsion byuroning Immigratsiya xizmatlari agentligi tomonidan osongina aniqlanadi.
Ish joyingizdan Hello Work tashkilotiga “Bandlik holati haqida bildirishnoma” yuboriladi. Bu kabi bildirishnomalarni immigratsion byuro ham tekshirishga haqli;
※ Bir necha ish joyida ishlasangiz ham har bir ish joyingiz haqida immigratsion byuro xabardor bo‘la oladi.
To‘lanadigan ish haqidan olinadigan daromad solig‘i haqidagi ma’lumotlardan ham ruxsat etilgan vaqtdan ko‘p ishlayotganingiz aniqlanishi mumkin.
Xulosa
“Yapon tili maktabini o‘qish bilan birga ishlayman va keyin osonlikcha universitetga kiraman. Universitetda esa stipendiya olaman” kabi va’dalarga ishonmang. Ko‘plab xorijiy talabalar o‘qish uchun oilaviy yordam yoki qarzga tayanib yashashadi. Shuningdek, stipendiya yoki o‘qish to‘lovi chegirmasini olish uchun yaxshi baholarga ega bo‘lishingiz kerak. Pul ishlashni bitirgandan keyin rejalashtiring va o‘qish vaqtida asosan o‘qishga e’tibor qarating.
[Ma'lumot uchun] Ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz bu yerga!
JASSO 「Yaponiyada o’qish asosiy qo’llanma 」(bir necha tillarda)| JASSO
Yaponiyada o’qish bo’yicha sayt | JASSO
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/study/s/study-abroad/study-cost)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid