Yaponiyada o'qishdan maqsad va ta'lim muassasalarini tanlash usuli
Yaponiyada o'qishdan maqsad va ta'lim muassasalarini tanlash usuli
Bu safar, Yaponiya ta'lim muassasalarining turlari hamda o‘qishga kelishingizdagi maktab tanlash usullari bilan tanishtiramiz.
Ta'lim muassasalarining turlari haqida
Yaponiya o'quv yurtlarining qanaqa farqli jihatlari bor ekan, nimalarni o‘rganamiz kabi savollar har bir talabalarda bo‘ladi deb o‘ylayman. O‘z maqsadlaringizga monand o‘qish joylarini o‘zingiz tanlay olishingiz uchun quyida turli maktablar bilan tanishing.
Ta’lim muassasasi nomi | O‘qitish maqsadi | O‘qishga qabul uchun talablar | Talab etiladigan yapon tili darajasi ※1 | O‘qish muddati |
---|---|---|---|---|
Yapon tili maktabi | Yapon tili o‘rgatiladi | Yuqori sinf maktabini tugatgan | N4-N5 | 1-2yil |
Kasb-hunar maktabi | Ishda kerakli bilim va mahorat o‘rgatiladi | Yuqori sinf maktabini tugatgan | N2-N3 | 2-4yil |
Yuqori kasb-hunar maktabi | Haqiqiy ish texnikasini biladigan mutaxassis bo‘lish uchun bilimlar o‘rgatiladi | O‘rta sinf maktabini tugatgan ※2 | N2 darajasidagi yapon tili | 5 yil yoki 5 yarim yil ※2 |
Qisqa muddatli universitet | Mutaxassislikka oid tadqiqot o‘rganiladi | Yuqori sinf maktabini tugatgan | N2 darajasidagi yapon tili | 2 yil |
Universitet | Mutaxassislikka oid tadqiqot o‘rganiladi | Yuqori sinf maktabini tugatgan | N2darajasidagi yapon tili | 4 yil |
Magistratura | Mutaxassislikka oid tadqiqot o‘rganiladi | Universitetni tugatgan | Yapon tilida ilmiy ish olib boriladigan vaziyatda N1-N2 daraja | Magistratura 2 yil Doktorantura 3 yildan ortiq |
※1. Qabul vaqtida “yapon tili bilish darajasi” o‘rtacha darajada talab qilinadi.
※2. Yuqori kasb-hunar maktab o‘qish muddati Yaponiyada odatda 5 yil (savdo kemasi yo’nalishida 5 yarim yil) qilib belgilangan. Lekin xorijiy talabalar qabuli 3-kursdan qilib belgilangan. Shuni ham qo‘shimcha tarzda ta’kidlashimiz kerakki xorijiy talabgorlar 3-kursda qabul qilinsa (aprel oyining birinchi kuniga qadar) 17 yoshga to‘lgan bo‘lishlari, o‘z mamlakatlarida 11 yillik ta’lim dasturini tugatgan (tugatish arafasida bo’lganlar) bo‘lishlari shart qilib belgilangan.
Ko'pchilik, Yaponiyaga o'qish uchun borganida, dastlab Yapon tili maktabiga qatnaydi. Ammo keyingi o'qish joyi va o'qishni tugatgandan keyingi yo'l haqida yaxshilab o'ylab, kelajak rejasini puxta qilib tuzish kerak.
Yaponiyada o‘qish uchun qancha xarajat ketadi?
O'qish xarajatlari ta'lim muassasasi joylashgan hududga qarab o'zgaradi.
O‘quv to‘lovlaridan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan yoki stipendiyalar to‘lanadigan ta’lim dargohlari ham borligi uchun siz o‘zingiz o'qishni istagan joyni topsangiz, tekshirib qo‘ying.
Qabul uchun to‘lanadigan to‘lov + o‘qish uchun qilinadigan to‘lovlarning o‘rtacha qiymati
Yaponiya ta’lim muassasalarida birinchi yilda to‘lanadigan “qabul uchun to‘lov + o‘qish uchun qilinadigan to‘lov”ning o‘rtacha summasi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan (JASSO (Yaponiya talabalarga xizmat ko‘rsatish tashkiloti) ma’lumotlariga ham qarang). Quyida ko‘rsatilgan summalardan tashqari yana o‘quv qo‘llanmalari uchun to‘lovlar ham talab qilinishi mumkin bo‘lgan o‘quv muassasalari ham mavjud.
Davlat ta’lim muassasalari | Mahalliy hokimyat ta’lim muassasalari | Xususiy ta’lim muassasalari | |
---|---|---|---|
Magistratura | O‘rtacha 820,000 yen atrofida | O‘rtacha 900,000 yen atrofida | O‘rtacha 1,100,000 yen atrofida |
Universitet | O‘rtacha 820,000 yen atrofida | O‘rtacha 930,000 yen atrofida | O‘rtacha 1,100,000 yen atrofida |
Qisqa muddatli Universitet | – | O‘rtacha 610,000 yen atrofida | O‘rtacha 960,000 yen atrofida |
Yuqori kasb-hunar maktab( Davlat ta’lim muassasalari) | O‘rtacha 320,000 yen atrofida ※1 | – | – |
Kasn-hunar maktab | O‘rtacha 890,000 yen atrofida | ||
Yapon tili o‘rgatiladigan ta’lim muassasalari | O‘rtacha 680,000 yen atrofida |
Manba: JASSO (Yaponiya talabalarni qo’llab-quvvatlash tashkiloti) https://www.studyinjapan.go.jp/ja/planning/academic-fees/
※1. 3-kurs talabalari uchun ta'lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan shartlar bajarilgan taqdirda o‘quv to‘lovlari maktab tomonidan to‘lab beriladi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan tashqari yana o‘quv materiallari uchun xarajatlar ham talab qilinishi mumkin.
O‘qish uchun to‘lov hamda ta'lim muassasalarining har biri haqidagi ma’lumotni quyidagi link orqali olishingiz mumkin.
Yapon til maktabi
Yapon tili ta'lim muassasalari bo'yicha yo'l-yo'riq|Yapon tili ta'limini rivojlantirish uyushmasi
Yuqori kasb-hunar maktabi (yuqori kasbga o‘rgatuvchi maktab)
Butun Yaponiyadagi davlat kasb-hunar maktablari | Davlat yuqori kasb-hunar maktablari tashkiloti
Universitet, kasb-hunar maktab
Egallagan mutaxassisligingiz va mehnat bandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik
O‘qishni bitirganingizdan keyin “Muhandis, gumanitar bilim va xalqaro ishlar” deb nomlanadigan rezident kartasini qo‘lga kiritib, ishlay olishingiz uchun siz o‘qigan ta’lim muassasasi, siz o‘rgangan mutaxassislik va ishlamoqchi bo‘lgan sohangiz bir biriga mosligi inobatga olingan holda qaror qabul qilinadi. Sanab o‘tilgan holatlar bir biriga to‘g‘ri kelmagan vaziyatda istiqomat vizasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan vaqtlar kuzatilganligi bois, kelajakda qilmoqchi bo‘lgan kasbingizni teran anglagan holda o‘qimoqchi bo‘lgan fakultet, mutaxassislik, o‘quv bo‘limlarini tanlashingiz tavsiya etiladi.
Ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz bu yerga!
Yaponiyada o’qish bo’yicha ma’lumotlat sayti | JASSO
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/study/s/study-abroad/purpose-of-study-and-school)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid