JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyaga o'qishga borishdan oldin nima qilish kerak?

Yaponiyaga o'qishga borishdan oldin nima qilish kerak?

“Turli xil chet elda o‘qish rejalari haqida bilmoqchiman”, “Chet elda o‘qishdan oldin qanday tayyorgarlik ko‘rishim kerakligini bilmayman”. Bunday kishilar uchun sizdan oldingi tajribali talabalar Yaponiyada o‘qishga qanday tayyorgarlik ko‘rish va chet elda o‘qish dasturini tuzish bo‘yicha maslahat beradi.

Chet elda o‘qiganingizdan keyin nima qilishni xohlaysiz?

Janob Mỹ Ngọc

Men Yaponiyada 5 yil o‘qidim va o‘z vatanimda 3 ta yapon kompaniyasida 8 yilga yaqin ishladim. Shundan so‘ng men mustaqil og’zaki-yozma tarjimon va boshlovchi bo‘lib ishladim va hozir yana Yaponiyada yashayman. Bundan buyon chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan barchangiz kelajagingiz bilan bog‘liq bo‘lgan chet elda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasizlar deb umid qilaman.

Chet elda o‘qishni tugatganingizdan so‘ng qanday ish va hayot bilan shug‘ullanmoqchi ekanligingiz haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Shunda orzularingiz va maqsadlaringiz sizga ayon bo‘la boshlaydi.

Xorijda o'qish uchun ta'lim rejasini tuzamiz

Orzu va maqsadlaringizni aniqlaganingizdan so'ng, ularni amalga oshirish uchun chet elda o'qish rejasini tuzing.

1. O‘z mamlakatingizda o‘rta ta’lim maktabini bitirgan bo‘lsangiz

Yaponiyaga borganingizdan keyin bo‘ladigan jarayonlarning eng ko‘p uchraydiganlari quyidagi holatlardir.

·Yapon tili maktabi (1.5yildan 2 yilga qadar )→ Kasb-hunar maktabi(2 yil) → Universitet (4 yil)→ Yaponiyada ish bilan bandlik;

·Yapon tili maktabi (1.5yildan 2 yilga qadar )→kasb-hunar maktabi(2 yil)→Yaponiyada ish bilan bandlik.

Hozirgi vaqtda yapon tili maktabidan kasb hunar maktabda o‘qimasdan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri universitetga boradigan jarayonlar ham kuzatilmoqda. Bunday natijaga erishish uchun xorijga o‘qishga borishdan oldin yapon tili bilimlarini jiddiy o‘zlashtirish muhim jihat hisoblanadi.

O‘z vataningizdagi yapon tili ta’lim muassasalarida 1-2 yil davomida mukammal o‘rganib JLPT (Yapon tili bilim darajasi imtihoni) sertifikatining N3 darajasiga ega bo‘lgan holda Yaponiyaga borsangiz, maxsus kasbga yo‘naltirilgan maktablarda o‘qimay turib ham universitetga kirishingiz imkoniyati ancha yuqori bo‘ladi.

Bundan tashqari Yaponiyada ayrim 4 yillik ta’lim tizimiga ega universitetlar mavjudki, ushbu universitetlarda xorijiy talabalar o‘rta ta’lim maktabini bitirgach qabul qilinadi hamda birinchi yil  yapon tilini o‘rganib olish uchun sarflanadi.

O'rta ta’lim maktabini tamomlagandan keyin, to'g'ridan-to'g'ri universitetda o'qishKOKORO

Men Yaponiyadagi 5 yillik o‘qishim davrida yapon tili maktabi, kasb-hunar maktabi, universitetga ham o‘qishga kirdim. Oilaviy sharoitim bois universitetni tashlab vatanimga qaytishimga to‘g‘ri kelgan. Hozir bularni o‘ylasam, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yapon tili maktabidan universitetga o‘tib olganimda ancha yaxshi bo‘lardi deb o‘ylayman.

2. Vatanida universitetni yoki qisqa muddati universitetni tugatgan xorijiklarning kelajakdagi rejalari

Universitetni yoki qisqa muddatli universitetni bitirgan bo'lsangiz, Yaponiyaga kelganingizdan keyin quyidagi yo'llarni tanlashingiz mumkin:

·Yapon tili maktabi → Kasb-hunar maktabi → Ishga joylashish;

·Yapon tili maktabi → Ishga joylashish;

·Yapon tili maktabi → Magistratura  → Ishga joylashish.

Yaponiyaga o‘qishga kelishdan oldin tayyorgarlik ishlarini puxta bajarish

Yaponiyadagi ta’limni boshlashdan oldin siz JLPT N4 darajasida bo‘lsangiz Yaponiyadagi o‘qishingiz davomida ancha darslarga yaxshi tushunasiz. Agar sizda Yaponiyaga kelishdan oldin N3 daraja mavjud bo‘lsa, o‘qishga kelganingizdan keyin darhol yapon tilidan foydalangan holda ishlasa bo‘ladigan soatbay ishga chiqib olishingiz oson bo‘ladi, yapon do‘stlar orttirib olishingiz hamda muloqot darajangiz ham oshib boradi. 

“Men Yaponiyaga o‘qishga kelishimdan oldin “Minna no Nihongo” kitobining 50 ta darsini o‘rganib, yapon iyerogliflaridan 500 dan ortiq yodlab olgandim. Shu sababli taxminan yarim yil ichida qo‘shimcha soatbay ish joyimdagi Yaponiyalik xodimlar bilan qiynalmasdan muloqotga kirisha olardim”.

Yaponiyadagi o‘qish xarajatlari bilan tanishamiz

“Yaponiyada soatbay ish daromadi Yaponiyadagi hayotingiz va o‘qish xarajatlaringizni qoplashi mumkin” degan fikr bildiruvchilar ham bor. Lekin bu qanchalik haqiqatga yaqinligi aniqmas.

Mening kursdoshlarim ichida Yaponiyadagi o‘qish to‘lovlarini to‘lash uchun vatanida katta miqdorda qarz olib, shu qarzlarni to‘lash maqsadida Yaponiyadagi zavodlarda kechasi bilan ishlab, dars o‘zlashtirishi tushib ketib, o‘zi orzu qilgan mutaxassislikni ham egallay olmasdan faqat Yapon tili maktabinigina tugatib mamlakatiga qaytishga majbur bo‘lgan do‘stlarim ham bor edi.

Buning ustiga Yaponiyada xorijiy talabalar soatbay ishda 28 soatdan ko‘p ishlashga haqlari yo‘q, bu qonunan chegaralangan. Qo‘shimcha soatbay ishda chegaralangan vaqtdan ko‘p ishlagan xorijiy davlat talabalariga immigratsion byuro tomonidan qattiqqo‘llik bilan tekshiriladi va chora ko‘riladi.

Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!

Yapon tili o'rganish materiallari|Xalqaro Madaniy Hamkorlik Jamg'armasi

 

Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/study/s/study-abroad/todo-before-studying-abroad)

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz