Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi turlari va sug‘urta pulini to‘lash usullari
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi turlari va sug‘urta pulini to‘lash usullari
Yaponiyaning ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi (rasmiy nomi: ishchilarga ishdagi baxtsiz hodisalarni kompensatsiya qilish sug‘urtasi) bu ishchilar ish yoki ish joyiga borishi sababli jarohatlangan yoki kasal bo‘lib qolganlarida tibbiy xarajatlar (kasalxona xarajatlar)ni sug‘urta orqali to‘lash imkonini beruvchi tizimdir. Ishchilarni ish bilan ta’minlaydigan korxonalar (kompaniyalar va boshqalar) ishdagi baxtsiz xodisalar sug‘urtasi kirish majburiyati mavjud. Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi turlari, kimlar uchun mo‘ljallangan (Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasidan pul oladiganlar) va to‘lov usullari kabi ishchilar bilishi kerak bo‘lgan ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi haqida asosiy bilimlar bilan tanishtiramiz.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi nima?
Yaponiyada ishlayotgan chet elliklar ham ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasidan foydalanishlari va sug‘urtadan tibbiy xarajatlarni olishlari mumkin.
Ish yoki ishga qatnash sababli yuzaga keladigan jarohatlar va kasalliklar “Ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar” deb ataladi. Shuningdek, ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar natijasida yuzaga kelgan jarohatlar va kasalliklarni davolash uchun xodimlarning kompensatsiya sug‘urtasidan haq to‘lanishi “Kompensatsiya”(xarajatlarni qoplash) deyiladi. Ishchining kompensatsiya sug‘urtasi turli xil kompensatsiyalarni, shu jumladan xodimni jarohatlar yoki kasalliklar uchun davolanish va kasalxonaga yotqizish xarajatlari, jarohatlar yoki kasallik tufayli ishda bo‘lmaganligi va ish haqining kamayishida to‘lanadigan kompensatsiya va nogironlik holatlari uchun to‘lanadigan kompensatsiya kabilardan iborat.
Biroq, “to‘lov” degani pul to‘lanishini anglatadi. Sug‘urta orqali to‘langan pul “Sug‘urta to‘lovi” deb ataladi. Shuningdek, o‘sha paytda to‘lanadigan pul “to‘lov puli” deb ataladi. To’lov puli tarkibida bir martalik to‘lov va zarur bo‘lgunga qadar har yili to‘lanadigan turlari mavjud. Har yili to‘lanadigan imtiyoz puli “pensiya” deb ataladi. Pensiyani to’lash ba’zan “Pensiya to’lovi” deb ataladi.
◆ Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi va sog’liqni saqlash sug‘urta o‘rtasidagi farq
Davlat tibbiy sug‘urtasi (sog’liqni saqlash sug’urtasi va milliy sog’liqni saqlash sug‘urtasi) ham jarohat yoki kasallik tufayli tibbiy xarajatlarni qoplaydi. Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi va tibbiy sug‘urta o‘rtasidagi farqlar quyidagicha.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi | Ish yoki ishga qatnash sababli kelib chiqqan jarohatlar va kasalliklarda tibbiy xarajatlar uchun to‘lanadigan kompensatsiya |
Sog’liqni saqlash sug’urtasi va milliy sog’liqni saqlash sug‘urtasi | Ish yoki ishga qatnash bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlar va kasalliklarda tibbiy xarajatlar uchun to‘lanadigan kompensatsiya |
※Tibbiy sug‘urtadan mehnat jarayonidagi baxtsiz hodisalar natijasida kelib chiqqan kasalliklar yoki jarohatlarni davolash uchun foydalanilmaydi.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi mo‘ljallangan shaxslar: Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasidan kimlar foydalanishi mumkin?
Ishchilarning kompensatsiya sug‘urtasi qonun bilan o‘rnatilgan tizim bo‘lib, bir nafar ishchini yollagan korxonalar (kompaniyalar) ham ishdagi baxtsiz xodisalar sug’urtasi kirishi shart. Barcha sug‘urtalar ish beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Asosan, mehnat shartnomasiga ega bo‘lgan va ish beruvchidan ko‘rsatmalar va buyruqlar (Boshliq va xodim munosabatlariga asoslangan ko‘rsatmalar va buyruqlar) oladigan shaxslar (ishchilar) Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi bilan qoplanadi. Yarim kunlik ishchilar, arubaito (soatbay ishchilar) shartnomaviy xodimlar, bandlik agentlik tomonidan yollangan ishchi va kunlik ishchilar kabi barcha xodimlar Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi bilan qoplanadi. Bandlik agentligi xodimi bo’lsangiz, sizni ishga jo’natuvchi(sizni boshqa kompaniyaga yuborayotgan kompaniya) ishdagi baxtsiz xodisalar sug’urtasiga qo’shiladi.
Agar siz pudrat shartnomasi(qurilish yoki xizmat ko’rsatish) asosida ishlayotgan bo'lsangiz ham, agar mehnat qonunchiligi bo'yicha "ishchi" deb hisoblanadigan bo'lsangiz, ishdagi baxtsiz hodisalari sug'urtasidan foydalanishingiz mumkin.
Umuman olganda, kompaniya vakillari, rahbarlar va o‘z biznesini yuritadigan odamlar “Ishchi” hisoblanmaydi va shuning uchun ularga Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi qoplanmaydi. Lekin, ariza berish orqali ishdagi baxtsiz hodisalar sug’rtasi kira olishi mumkin. Bu Maxsus ro‘yxatga kiritish tizimi deb ataladi.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi to‘lov turlari va to‘lov miqdorlari
◆ Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to’lov turlari
Quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, ishdagi baxtsiz hodisalar sug‘urtasi to’lovining yettita tur mavjud. Bularga qo‘shimcha ravishda ikkilamchi tibbiy ko‘riklar kabi to’lovlar ham mavjud.
Tibbiy davolanish (kompensatsiya) va shunga o’xshash yordam puli. | Ish yoki ishga qatnash natijasida kelib chiqqan jarohatlar yoki kasalliklarni davolash uchun to‘lov |
Ta’til (kompensatsiya) va shunga o’xshash yordam puli | Ish yoki ishga qatnash natijasida jarohat yoki kasallik tufayli ishlay olmaganda yoki ish haqi ololmagan holatlarda to‘lov beriladi. Ta’tilning 4-kunidan boshlab pul olish mumkin. Umumiy qoidaga ko‘ra, olinadigan miqdor asosiy kunlik nafaqa miqdorining 60% ni tashkil qiladi, bu o‘rtacha kunlik ish haqidir. Ish beruvchi (kompaniya va boshqalar) ta’tilning dastlabki uch kuni uchun kompensatsiya beradi. |
Shikastlanish va kasallik uchun (kompensatsiya) va shunga o’xshash nafaqa puli | Ish yoki ishga borish yo'lida sodir bo'lgan jarohat yoki kasallik 1 yil va 6 oy o'tgach ham tuzalmay, (belgilari o'zgarmay), ma'lum darajada nogironlik yuzaga kelganda, ② holatdan o'zgarib to'lanadigan pensiya. |
Nogironlik (kompensatsiya) va shunga o’xshash yordam puli. | Ish yoki ishga borish yo'lida sodir bo'lgan jarohat yoki kasallikning belgilarini o'zgarmay qolishi va ma'lum darajada jismoniy nogironlik yuzaga kelganda beriladigan to'lovlar (pensiya ham kiritilgan). |
Marhumning oilasi (kompensatsiya) va shunga o’xshash yordam puli. | Ishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan taqdirda, marhumning oila a’zolarining ma’lum bir qismiga to‘lanadigan pensiya yoki bir martalik to‘lov |
Dafn marosimi xarajatlari va boshqalar (dafn pullari) | Agar biror kishi ishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etsa, dafn marosimi xarajatlarining bir qismi dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga to‘lanadi. |
Qariyalarni parvarishi (kompensatsiya) va shunga o’xshash yordam puli | Nogironlik (kompensatsiya) pensiyasi yoki jarohat (kompensatsiya) pensiyasini oluvchilar orasida, ayniqsa, og'ir nogironligi bo'lgan va hozirda parvarish olayotganlar uchun to'lov. |
◆ To‘liq miqdor kompensatsiya qilinmaydi.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to‘lovlari miqdori davolanish kunlarining soni va ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi ba’zi xarajatlarni (kasalxonaga yotqizish paytida sotib olingan pijama kabi kasalxonaning turli xarajatlari) qoplamaydi. Bundan tashqari, ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi “ma’naviy zarar” uchun to‘lovni ham o‘z ichiga olmaydi. Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasida to‘lanmaydigan kompensatsiyasi qismi va ma’naviy zarar haqida kompaniya bilan muzokara qilishingiz va ba’zi hollarda kompensatsiya talab qilish uchun sudga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Biroq, faqat kompaniya tomonidan xavfsizlikni ta'minlash majburiyati buzilganda, kompaniya to'lov majburiyatiga ega bo'ladi. To‘lanishi talab qilingan sumaning barcha miqdori to’lab beriladi degani emas
Ishdagi baxtsiz hodisalar va ishga qatnash jarayonidagi baxtsiz hodisalar: “Ish bilan bog‘liq jarohatlar va kasalliklar” hamda “Ishga qatnash sababli kelib chiqqan jarohatlar va kasalliklar”
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to'lovlari uchun qamrab olingan mehnat jarohatlari ikki turga bo'linadi: ish jarayonida sodir bo'lgan “ish vaqtidagi baxtsiz hodisalar” va ishga borish yoki kelish vaqtida sodir bo'lgan “ishga qatnash paytidagi baxtsiz hodisalar”.
◆ Ish vaqtidagi baxtsiz hodisalar
Ish vaqtidagi baxtsiz hodisa deb tan olinishi uchun, mehnat vazifalarini bajarish va mehnat vazifasi bilan bog’liqligi kabi ikkala shartlani o’zida aks ettirgan bo’lishi kerak.
Mehnat vazifasini bajarish | Ishchi mehnat shartnomasiga ko‘ra kompaniyaning boshqaruvi ostida ish faoliyatida bo‘lishi. |
Mehnat vazifasi bilan bog‘liqligi | Kompaniya yoki boshqa tashkilotning nazorati ostida bo'lganingiz sababli xavfning haqiqatga aylangan deb hisoblanishi |
【Ish vaqtidagi jarohatlarga misollar】
Ish jarayonidagi jarohatlar;
Ishdan vaqtincha cheklanish (hojatxona va h.k.) paytidagi jarohatlar;
Ishga tayyorgarlik ko‘rish yoki tozalash paytidagi jarohatlar;
Xizmat safari(komandirovka) paytidagi jarohatlar.
Yuqoridagi misollarga qo‘shimcha ravishda, ruhiy kasalliklar, miya va yurak kasalliklari ham ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar deb hisoblanishi mumkin. Ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa bo‘lishi mumkin deb hisoblasangiz, Mehnat standartlari bo‘yicha inspektsiya idorasi (Mehnat standartlari idorasi) bilan maslahatlashing.
◆ Ishga qatnash paytidagi baxtsiz hodisalar.
Ishga qatnashda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar - bu ishga qatnashda tufayli yuzaga keladigan jarohatlar, kasalliklar va boshqalar. Ishga qatnashda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar ish bilan bog'liq baxtsiz hodisa deb tan olinishi uchun quyidagi ① dan ④ gacha bo‘lgan shartlar bajarilishi kerak.
① Harakat mazmuni
Yashash joyi va ish joyingiz oralig‘idagi borish va qaytish
Bir ish joyidan boshqa ish joyiga harakatlanish
Ayni vaqtdagi yolg’iz yashayotgan joyingiz (ish uchun oilangizdan uzoqda yashaydigan joy) va uy rezidentsiyasi (oilangiz yashaydigan joy) o‘rtasidagi borish va qaytish
Odatdagi harakat yo'nalishidan chetga chiqqanda yoki harakatni bir marta to'xtatib, keyin yana harakatlansangiz “ishga qatnash”ga kirmaydi. Misol uchun, agar ishdan uyga qaytishdan oldin uzoq vaqt davomida spirtli ichimliklar iste’mol qilsangiz, spirtli ichimliklarni iste’mol qilganingizdan keyingi harakatlar “ishga qatnash” hisoblanmaydi. Biroq, odatiy hayotda zarur bo'lgan narsalarni sotib olish yoki shifoxonaga borish kabi kundalik hayot uchun zarur bo'lgan harakatlar odatdagi yo'nalishdan chetga chiqqanda yoki harakatni bir marta to'xtatib keyinroq davom ettirganda ham, bunday harakatlar "ishga borish" (通勤)ga kiradi.
② “Bandlik” (ish bajarish) bilan bogʻliq holatlar
“Yashash joyi va ish joyi oʻrtasidagi borish va qaytish” yoki “Ish joyidan boshqa ish joyiga harakatlanish” holatlarida, jarohat olgan yoki kasal boʻlgan kuni ishlash rejasida boʻlishingiz yoki amalda ish bajarayotgan boʻlishingiz kerak.
“Ish uchun oilasidan uzoqda yashash joyi va oilangiz yashaydigan joyga qaytish oʻrtasidagi harakat” holatida, harakat ish kunidan oldingi kun, ish kunida va ish kunidan keyingi kundagi harakat boʻlishi kerak.
③ Mantiqiy yo‘nalish va usul bo‘yicha harakatlanish
Odatda ishchilar tomonidan foydalanish uchun tasdiqlangan yoʻnalish va usullar nazarda tutiladi. Agar aylanma yo'l yoki yo’lda biror joyga to’xtab o’tish (do’stlarni uyiga), asosli sabab bo'lmagan taqdirda, bu “ishga qatnash” deb hisoblanmaydi.
④ Harakatlanish ish hisoblanmasligi
Ish uchun harakatlanish “ishdagi baxtsiz hodisa” hisoblanadi. Kompaniya faqat o‘z xodimlari uchun avtobus tashkillashtirib, ishga avtobusda ketayotganda baxtsiz hodisa yuz berishi kabi holatlar.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to‘lovlari uchun ariza berish usuli
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to‘lovlarini olish uchun mehnat standartlari idorasiga murojaat qilish (talab qilishi) kerak. Odatda, kompaniya ishchining o‘zi yoki uning oilasi nomidan ariza (talabnoma) tayyorlab Mehnat standartlari idorasiga taqdim etadi. Agar kompaniya ariza berish jarayonlarini bajarmasa, ishchining o‘zi yoki uning oilasi buni amalga oshirishi mumkin.
Agar ish jarayonida yoki ishga qatnashda jarohat olgan bo‘lsangiz va ish sababli kasal bo‘ldim deb hisoblasangiz, birinchi navbatda, bu haqida kompaniyaga xabar bering va Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to‘lovlarini olish haqida maslahatlashing.
Davolanish (kompensatsiya) bo‘yicha to’lovlardan tashqari ishchilar uchun kompensatsiya sug‘urtasi to‘lovlarini olish uchun ariza berishda, Mehnat standartlari idorasiga arizani topshirishingiz kerak. Ariza shakli Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligining veb-saytida umumlashtirilgan. Tushunarsiz holatlar bo‘yicha Mehnat standartlari idorasiga murojaat qiling. Endi ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasiga ariza berishni umumiy tartibi bilan tanishtiramiz .
Kompaniyaga ishdagi bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar bering va maslahatlashing.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi to‘lovlari uchun arizani to‘ldiring va uni kerakli hujjatlar bilan birga kompaniyangiz yaqinidagi Mehnat standartlari bo'limiga topshiring.
Ishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish: Mehnat standartlari idorasi ishdagi baxtsiz hodisalarni tekshiradi.
To'lovni tasdiqlash va sug'urta to'lovi: Mehnat jarohati deb tan olinganidan keyin, pul hisobingizga o'tkaziladi.
Agar ishdagi baxtsiz hodisaning natijalari ma’lum bo‘lgunga qadar kasalxonaga borgan bo‘lsangiz, kasalxonaga ushbu holat ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa ekanligini ayting. Agar shifoxona “Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi bo‘yicha belgilangan tibbiy muassasa” bo‘lsa, tibbiy davolanish (kompensatsiya) to‘lovi sifatida hech qanday xarajatlarsiz davolanishingiz mumkin. Agar kasalxonaga borganingizdan so‘ng ishdagi baxtsiz hodisa bo‘yicha arizangiz ma’qullanmasa, to‘lovni tibbiy sug‘urta orqali to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Shu sababli, sog‘liq sug‘urtasi kabi o‘z hisobingizdan to‘lanadigan xarajatlar keyinroq to‘lanishi kerak bo‘ladi.
Agar ishchi “Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi bo‘yicha belgilangan tibbiy muassasa”dan boshqa kasalxonaga borsa, ishchi tibbiy xarajatlarni oldindan to‘laydi va agar holat ishdagi baxtsiz hodisa deb tan olinsa, to‘langan tibbiy xarajatlar qaytariladi.
Ishdagi baxtsiz hodisalar sug’urtasi pulini olish uchun ariza muddati berish to‘lov mazmuniga qarab 2 yoki 5 yil bo‘lgani sababli, ertaroq murojaat qiling. Ariza toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish uchun Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligining yo‘riqnomasini oʻqing.
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/work-in-japan/rosai)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid