JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

“Muhandislik, gumanitar bilim va xalqaro ishlar” (Gijinkoku) degani nima? Shartlari va xususiyatlari haqida

“Muhandislik, gumanitar bilim va xalqaro ishlar” (Gijinkoku) degani nima? Shartlari va xususiyatlari haqida

“Yaponiyada to‘liq vaqtli firma xodimi (shtatdagi xodim) sifatida ishlamoqchiman! Qanday qilib ishlashim mumkin?”. Bunday rejaga ega shaxslar uchun “Muhandis, gumanitar bilim va xalqaro ishlar” (odatda “gijinkoku” deb ataladi) deb nomlangan rezidentlik statusi bilan tanishtiramiz! 

“Gijinkoku” nima?

Bu “doimiy yashovchilar”dan tashqari xorijliklar uchun Yaponiyada to‘la vaqtli ishchi sifatida ishlash uchun eng mashhur rezidentlik statusidir. Universitet, qisqa muddatli universitet yoki Yaponiyaning kasb-hunar maktabini tamomlaganlik sharti bilan,  Yaponiyada yashash muddatini ko‘p marta yangilashingiz mumkin.

“Gijinkoku”da bajarish mumkin bo‘lgan asosiy ish?

  1. Muhandis

  • Chet tilidan foydalanasizmi yoki yo‘qmi, muhim emas.

  • Universitet yoki kasb-hunar maktabida o‘rgangan ilmiy va texnik bilimlarni ishlatadigan ish.

Misol: IT muhandislari (dasturchilar, tizim muhandislari), veb-dizaynerlar, dizayn va tadqiqot ishlanmalari, zavoddagi ishlab chiqarish menejerlari. 

  1. Gumanitar bilimlar

  • Chet tilidan foydalanasizmi yoki yo‘qmi, muhim emas.

  • Universitet yoki kasb-hunar maktabida o‘rganilgan gumanitar bilimlardan foydalanadigan ish.

Misol: buxgalteriya hisobi, yuridik ishlar, savdo, moliya, inson resurslari, umumiy ishlar, loyihalashtirish.

  1.  Xalqaro ishlar

  • Kundalik chet tilidan foydalanadigan ishlar yoki chet elliklarni nuqtai nazarini bilish talab qiladigan ishlar.

Misol: Savdo-sotiq, xorijdagi filiallar va biznes hamkorlar bilan aloqa qilish, xorijiy mijozlar bilan savdo qilish, xorijiy mijozlar ko‘p bo‘lgan do‘konlar (restoranlar va do‘konlar bundan mustasno), chet elliklar uchun marketing, ushbu sohada ishlaydigan texnik stajyorlar va xalqaro talabalarni nazorat qilish, tarjima qilish, sayyohlik agentliklari, chet elliklar mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi ko‘chmas mulk kompaniyalari, og’zaki, yozma tarjimonlik kompaniyalari va boshqalar.

Bajarib bo‘lmaydigan ishlar (ehtiyot bo‘ling)

Bajarilishi mumkin bo‘lmagan ishlarga misollar: Restoran xodimlari (zal, pazandalik), savdo do‘konlari sotuvchilari, qurilish maydonchalari, qo‘riqchilar, zavod ishchilari, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilik sanoati, mehmonxonada tozalash ishlari, to‘shaklarni tayyorlash, soch turmaklash salonlari, uqalash (massaj) va boshqalar.

【Malumot】

    “Gijinkoku - muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar” deganda “Yaponiyaning davlat va xususiy tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida ilm-fan, muhandislik va boshqa tabiiy fanlar yoki huquqshunoslik, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa gumanitar fanlar sohasidagi texnologiya yoki bilimlarni talab qiladigan ishlar yoki xorijiy madaniyatga asoslangan fikrlash yoki nuqtai nazarni talab qiladigan ishlar bilan shug‘ullanish faoliyati” deb ta’riflanadi. (Manba: Adliya vazirligi)

“Gijinkoku” istiqomat vizasiga ega bo‘lish uchun qanday shartlar mavjud?

Ta’lim darajasi (quyidagilardan biri)

  • O‘z mamlakatingizdagi universitet yoki qisqa muddatli univeristetni (kollej) tamomlagan bo‘lish.

  • Yaponiya universiteti, qisqa muddatli universitet (kollej) yoki kasb-hunar maktabini tamomlagan bo‘lish.

Ish tajribasi

  • Ilmiy ma’lumotga ega bo‘lmasangiz ham, 10 yil yoki undan ortiq ish tajribangiz bo‘lsa, ariza topshirishingiz mumkin.

  • “Yozma tarjima”, “og‘zaki tarjima”, “til o‘rgatishi”, “e’lonlar”, “reklama yoki xorijdagi savdo ishlari”, “kiyim dizayni va xona ichini bezatish dizayni”, “mahsulot ishlab chiqish” kabi yo‘nalishlarda 3 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lsangiz, murojaat qilishingiz mumkin. 

“Gijinkoku” vizasining xususiyatlari

Ish uslubi

  •      To‘liq ish kuni (to’liq stavka)

  •      Ishlash muddati 1 yildan ortiq

  •    To‘liq stavkada ishlaydigan (shtatdagi) xodimlar, shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlar,  soatbay ishlaydigan xodimlar va boshqalar

Ish haqi darajasi

  • Kompaniyada bir xil turdagi ishlarda yaponiyaliklar bilan bir xilda yoki undan yuqori.

Oila

  • Oilangizni Yaponiyaga olib kelishingiz mumkin

Ish joyni ko‘chirish

  • Ish joyni ko‘chirish mumkin

Ko‘proq ma’lumot bilmoqchi bo‘lsangiz, bu yerdan tekshiring!

Yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning faoliyatini rag‘batlantirish portali

Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO)

Xorijiy talabalar uchun ish qidirish bo‘yicha qo‘llanma JASSO

Xorijliklar bandligiga xizmat ko‘rsatish markazlari ro‘yxati Sog‘liqni saqlash, Mehnat va farovonlik vazirligi

 

Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/highly-skilled-hr/gijinkoku-conditions-and-features)

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz