JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Kompaniya bilan muzokaralar olib boring va ish haqi saqlanadigan ta’tilni qo‘lga kiriting!

Kompaniya bilan muzokaralar olib boring va ish haqi saqlanadigan ta’tilni qo‘lga kiriting!

Yaponiyaga kasbiy malaka amaliyotchisi sifatida kelgan Vetnamlik Xim xonimning tajribasi va ish haqi saqlanadigan ta’til tizimi bilan tanishtiramiz. Xim xonim o‘zining uch yillik kasbiy malaka amaliyoti davomida bir marta ham ketma-ket ta’til olmagan. Biroq, nihoyat kompaniya bilan muzokaralar olib borish uchun jasorat to‘pladi va birinchi marta ketma-ket ish haqi saqlanadigan ta’til olish imkonini qo‘lga kiritdi.

3 yil davomida ketma-ket ta’tilsiz

Xonim Jim Fukushima prefekturasidagi tog‘ning yarmida (dengiz sathidan taxminan 700m balandlikda) yashagan va parrandachilik fermasida ishlagan. Supermarket taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, avtobuslar ham yo‘qligiga qaramasdan, kompaniya u yerga oyiga bir marta mashinada olib borardi.

Bundan tashqari, kam sonli xodimlar bilan smenada ishlagan  sababli, yil oxiri va yil boshi bayramlari, “Oltin hafta” (Golden Week) va “Obon” bayramlarini o‘z ichiga olgan holda, bir marta ham ikki kundan ortiq dam olish kunlari  bo‘lmagan. Haq to‘lanadigan dam olish kunlarini (有給休暇)  kompaniya belgilardi va qonunda belgilangan kunlar soni yetarli emas edi.

Shu sababli, Xim xonim kasbiy malaka amaliyotni tugatmaguncha, taxminan uch yil davomida Fukusima prefekturasidan tashqariga chiqmagan. 

Birinchi marta ish haqi saqlanadigan ta’tilga ariza berish

Ish haqi saqlanadigan ta’til uchun ariza shakli

Yordam guruhi ushbu vaziyatdan xabar topgan va Xim xonimga maslahat bergan. Yarim yildan ortiq ishlagan stajyorlar har yili kamida 10 kunlik ish haq saqlanadigan ta’til olish huquqiga ega. 2021-yil iyun oyida Xim xonim ish haq saqlanadigan ta’til olish haqidagi arizasini kompaniya menejeriga topshirgan. Kompaniya darhol ijobiy javob bermagan, lekin oxiri sakkiz kunlik dam olish huquqini berishgan.

U arizaga quyidagilarni yozgan:

  • Ismi

  • Imzo

  • Yozilgan sana

  • “Men ish haqi saqlanadigan ta’til so‘rayman” degan jumlalar.

  • Qachondan ta’tilga chiqmoqchiligi?

  • Ta’til vaqtidagi aloqa ma’lumotlari

3 yil ichida birinchi marta ichki sayohat

2021-yil iyul oyida Xim xonim birinchi marta Yaponiyaga sayohat qildi. 7 kecha-yu, 8 kun davomida Tokio, Nagoya va Kyoto shaharlarining diqqatga sazovor joylarini kezib chiqdi, shuningdek, bepul onlayn yapon tili darslari o‘qituvchilari bilan ham uchrashdim.

Xulosa

Kasbiy malaka amaliyotchilari ham to‘liq stavkada ishlaydigan ishchilar(shtatdagi xodimlar) ham olti oydan ko‘proq vaqt davomida uzluksiz ishlagan bo‘lsa, 10 kunlik haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega. Bir yildan so‘ng qo‘shimcha 11 kunlik haq to‘lanadigan ta’tilga chiqishi mumkin, yana bir yildan keyin esa yana 12 kunlik haq to‘lanadigan ta’tilga chiqishi mumkin. Arizani kompaniya yoki kasaba uyushmasi (nazorat qiluvchi tashkilot)ga yuborib, javob ololmasangiz OTIT (Xorijiy texnik stajyorlar tayyorlash tashkiloti) yoki yordamchi tashkilot bilan maslahatlashing.

OTIT (Chet ellik texnik stajyorlar tayyorlash tashkiloti)ning ona tilidagi maslahati

Ko‘proq bilmoqchi bo‘lsangiz, bu yerni tekshiring!

Hayot kechirish, ish bo‘yicha yo‘riqnoma: Ish vaqti va dam olish, “Immigratsiya xizmatlari agentligi”

Kompaniyada ishlayotgan xorijliklar uchun (soddalashtirilgan yaponcha) | Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi

 

Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/work-in-japan/negotiation-paid-leave)

Izoh qoldiring
Profile picture