Yaponiyada wi-fi hamda mobil aloqa vositalaridan foydalanish
Yaponiyada wi-fi hamda mobil aloqa vositalaridan foydalanish
Yaponiyada mobil aloqa vositalari kompaniyalarda shartnoma asosida sotiladi. Bu yerda biz Yaponiyaga endi kirib keladiganlar, Yaponiyada ancha yildan buyon yashab kelayotganlar uchun qanday qilib yangi aloqa vositasini sotib olish yoki mavjud aloqa vositasini boshqa kompaniya mahsuloti bilan almashtirish, simkarta olish va tarif rejalarini mohirlik bilan tanlash kabi vaziyatlardagi ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.
Mobil aloqa telefonidan foydalanish va ma'lumotlar yuborishda qaysi ta'rif yaxshiroq?
◆ Mobil aloqa kompaniyasi bilan shartnoma
Yaponiyada mobil aloqa tizimidan foydalanish, ma’lumotlar bazasini telefonda uzatish yoki qabul qilib olish (internet orqali) uchun mobil aloqa kompaniyalari xizmatidan shartnoma asosida foydalanishimiz shart.
Oylik to‘lov tizimi;
Ovozli chaqiruv qo‘ng‘iroqlari, uzatib-qabul qilinadigan xabarlar hajmiga qarab oylik to‘lov miqdori aniqlanadi;
Mobil aloqa kompaniyalari va mijozlar o‘rtasidagi shartnoma kompaniya ofislarida yoki agentliklarida tuziladi.(Ayrim kompaniyalardagina onlayn shartnoma tuzish turlari mavjud);
Bir necha aloqa kompaniyalari bilan shartnoma tuzsa bo‘ladigan savdo markazlari ham mavjud. (Elektr jihozlari savdo markazlari);
Shartnoma tuzish vaqtida mijozning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat talab qilinadi. (Zayryuukaado-Yaponiyada istiqomat vizasiga ega shaxs ekanligini tasdiqlovchi ID karta);
◆To‘lov shartlari va turlaridan namunalar
Hisob raqamingizdan to‘g‘ridan to‘g‘ri yechib olish yo‘li;
Kredit karta orqali to‘lov;
Konbini (24 soat xizmat ko‘rsatadigan magazin) do‘konlari orqali to‘lov;
Mobil aloqa vositalarini sotib olishda e’tibor berish talab etiladigan holatlar
◆ Mobil telefonlarni qo’rqib sotib olmasangiz ham bo’ladi
Yaponiyaga borayotgan vaqtingizda mobil telefoningizni birga olib borsangiz yaxshiroq. Ma’lum vaqt mobaynida shu telefondan foydalanib Yaponiya hayot tarziga ko‘nikkaningizdan keyin yangi qo‘l telefonini sotib olsangiz ham kech bo‘lmaydi.
◆ SIM LOK telefonlar (har qanday sim karta ishlatib bo‘lmaydigan telefonlar)
Yaponiya mobil aloqa kompaniyalarida mobil telefon apparatini olsangiz, ko‘pincha boshqa kompaniya sim kartasini ishlatish ta’qiqlangan telefonlar bo‘ladi. Bu kabi qo‘l telefonlari SIM LOK telefonlar deb ataladi. SIM LOK ni ochsangiz, boshqa kompaniyalarining SIM-kartalarini ham ishlatishingiz mumkin. Buning uchun mobil telefon kompaniyalariga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Wi-Fi dan foydalanish holati?
Bepul Wi Fi
Aeroport, konbini, butun mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritadigan ko‘p filialli kafelarda Wi-Fi ga tekin ulanib olish mumkin.
Afsuski tekin Wi-Fi Yaponiyaning hududida unchalik ko‘p emas.
◆ Internet bilan ulanish shartnomasi
Uyingizda Wi-Fi dan foydalana olish uchun kommunikatsion kompaniyalar bilan shartnoma tuzishingiz kerak bo‘ladi. Bu kabi shartnomalar kompaniya ofislarida yoki onlayn tuzilishi mumkin. Internet uchun to‘lov narxi taxminan 4000 yendan 6000 yenga qadar bo‘ladi.
※ Ish malakasini o‘rganuvchi stajirovkachilarning yotoqxonalarida Wi-Fi ko’p holatlarda mavjud bo‘ladi.
Mobil aloqa kompaniyalaridan SIM karta tanlash
Ish malakasini o‘rganish uchun kelgan stajirovkachilar yashaydigan yotoqxonalarda Wi-Figa ulangan bo‘lganligi uchun, ko‘pchilik SIM karta ham olmasdan Yaponiyadagi hayotlarini o‘tkazishadi. Lekin xorijiy talabalar qo‘shimcha ish topishda va o‘qishdan keyin ishga joylashuv jarayonida qo‘l telefoni kerak bo‘ladi. Yaponiyada oddiy SIM kartalardan foydalanish uchun ham mobil aloqa kompaniyalari bilan shrtnoma tuzish va oylik to‘lovlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Oylik to‘lovlar hajmi shartnoma va tarif rejalariga qarab ancha farqlanadi.
◆ Yirik mobil aloqa kompaniyalarida xizmat sifati ham to‘lovlar miqdori ham yuqori bo‘ladi
Yaponiyada yirik mobil aloqa kompaniyalari hisoblanadigan ”docomo“, “au”, “SoftBank” kompaniyalarining xizmat ko‘rsatish darajalari hamda ma’lumotlar ayirboshlash tezligi haddan tashqari yuqori ekanligini ko‘pincha foydalanuvchilar ta’kidlashadi. Lekin bir oylik to‘lovlar hajmi faqat qo‘ng‘iroqlar va ma’lumotlar yuborib - qabul qilishda 5000 yendan 8000 yenga qadar hisoblanadi.
◆ Yaponiyada arzon narxdagi SIM kartalardan foydaluvchilar ham oz emas
Qo‘ng‘iroqlar va boshqa mobil aloqa to‘lovlarini tejash maqsadida hozirgi kunda arzon narxdagi SIM kartadan foydalanadiganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
GTN mobayl(8 ta tilda)
SIM VANG(yapon tili、vyetnam tili )
UQmobayl
Y!mobayl
mineo
OCN mobayl ONE
IIJmio
BIGLOBE mobayl
Arzon narxdagi SIM kartalarda tarif to‘lovlari hajmi
Arzon narxdagi SIMkartalarda tarif rejalar asosan ikkiga bo‘linadi. Ular “Ovozli qo‘ng‘iroqlar” tarif rejasi va “Ma’lumotlar yuborish va olish“ tarif rejalaridir. Ovozli qo‘ng‘iroqlar bor yo‘qligi bilan farqlanadi.Oylik to‘lovlari 2000 yendan ham kam bo‘lgan to‘lov turlari mavjud.
Arzon narxdagi SIM kartalar haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishni xohlasangiz quyidagi havolalarga kirib tanishishingiz mumkin.
Mobil telefon kompaniyasi (SIM) ni to'g'ri tanlash usullari|KOKORO
Arzon SIM-kartalarining narxlari va to'lov usullari|KOKORO
Ma’lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/living-kankyo/using-mobile-and-wifi-in-japan)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid