Yaponiyada jamoat transportlari(poyezdlar, avtobuslar, uzoq yo‘lga qatnaydigan avtobuslar)dan foydalanish usullari
Yaponiyada jamoat transportlari(poyezdlar, avtobuslar, uzoq yo‘lga qatnaydigan avtobuslar)dan foydalanish usullari
Ushbu ma’lumotlar bazasida yo‘lkira to‘lash uchun ishlatiladigan oddiy IC kartasini xarid qilish, bu kabi kartalardan foydalanish, poyezd, avtobusdan foydalanish, ularning yo‘l haqi to‘lovlarini to‘lash kabi kundalik ehtiyojga ega harakatlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida ma’lumotlar beramiz.
Yo‘l kira uchun ishlatiladigan IC kartalar
Bu kabi IC kartalarda har qanday kompaniyalarga tegishli poyezdlar hamda avtobuslar transport to‘lovlarini to‘lashda foydalana olasiz.
Yo‘lkira uchun ishlatiladigan IC kartalarga pul qo‘yib ishlatsangiz poyezd va avtobuslar uchun bilet sotib olib ishlatish jarayonida vaqtingizni tejaysiz.
Har bir bekatdagi bilet sotadigan mashinalardan va kassalarida shuningdek avtobus kassalarida ushbu turdagi kartalarni sotib olishingiz mumkin. Ushbu kartadan foydalanayotganingizda depozit(omonat puli) qo’yinshingiz lozim.
Bu kabi IC kartalari Yaponiya ma’muriy hududlariga qarab farqlanadi lekin ko‘pincha boshqa hududlarda ham ishlatilaveradi.
Temir yo‘l trasporti
Yaponiyada temir yo‘l transporti poyezdlardan ishga, o‘qishga qatnash jarayonida eng qulay transport vositasi sifatida foydalaniladi.
■ Poyezdga minish usullari
O‘zingiz bormoqchi bo‘lgan manzilgacha chipta sotib olib, ushbu chiptani poyezdga minish uchun kiriladigan joylardagi avtomat to‘siqlar(turniket)ga kirgizing, (to‘siqlardan ichkariga kirayotganingizda chiptalar sizga qaytarib beriladi, ularni olishni unutmang )yoki shu avtomat to‘siqlardagi sensorli ekranchaga IC kartangizni tekkizib olsangiz ham kifoya.
Manzilingizga yetib borganingizdan keyin qaytarib olgan chiptangizni chiqish to‘sig‘i avtomat kassasiga kiriting (bu safar endi chipta sizga qaytarilmaydi) yoki avtomat to‘siqlardagi sensorli ekranchaga IC kartangizni tekkizib oling.
Yaponiyadagi hayotda foydali bo'lgan smartfon ilovalari (transport bo'limi).
■ Chipta turlari
Odatdagi transport chiptalari
Oylik yo‘lovchi chiptalar = bu kabi chipta turidan ishga qatnashda yoki o‘qishga qatnashda foydalaniladigan chipta turi bo‘lib, bir xil yo‘nalishdagi yo‘lda ikki uch marotaba yurishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlarda foydalaniladi. Ular narxi oddiy chipta narxlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi.
Muddatli yo‘lovchi chiptalari bir oylik, uch oylik, olti oylik shaklda bo‘ladi.
Muddatli yo‘lovchi chiptalar bilan belgilangan masofa ichida siz poyezdga bir necha marta minishingiz va undan tushishingiz mumkin.
■ Ekspress (tezyurar) transporti yo‘lovchi chiptalari
Ekspress-tezyurar poyezdlarga (Shinkansen ham shular jumlasiga kiradi) chiqish uchun, oddiy poyezd chiptalaridan farq qiladigan ekspress transport yo‘lovchi chiptalari talab qilinadi. Chiptada ko‘rsatilgan joyda o‘tirishni xohlasangiz “Buyurtma qilingan joy” chiptasini olishingiz kerak. Agar siz xohlagan joyda o‘tirish istagida bo‘lsangiz “O‘rindiq joyini tanlash erkin” chipta turini sotib olishingiz kerak bo‘ladi.
Avtobuslar
■ Uzoq yo‘lga qatnovchi avtobuslar
Ushbu turdagi avtobuslar chiptasi temir yo‘l poyezdlari chiptalariga qaraganda arzonroqdir. Uzoq yo‘lga qatnovchi avtobus biletlarini internet orqali buyurtma qilib kredit kartada to‘lov qilishingiz, yoki bo‘lmasam internetdan buyurtma qilganingizdan keyin konbini (24 soat xizmat ko‘rsatadigan magazin) do‘konlarida naqd pulda to‘lab biletni sotib olishingiz mumkin. Avtobus va sayyohlik agentliklari ofislarida ham chiptalarni sotib olsa bo‘ladi.
※ Bilet narxlari transport kompaniyalariga qarab har kuni farqlanishi mumkin.
■ Oddiy avtobuslar
Qaysi bekatda tushishingizdan qat’iy nazar bir xil chipta narxiga ega avtobuslarda:
Avtobusga minishingiz bilan yoki tushish vaqtida naqd pulda yoki IC kartada yo‘lkira haqini to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Masofaga qarab yo‘l kira narxi o‘zgaradigan avtobuslarda:
Avtobusga minish eshigi oldidagi avtomatdan chiptani olamiz. Tushadigan bekatimizda haydovchi joyi oldidagi panelda ko‘rsatilayotgan yo‘lkira haqi va chiptaning o‘zini quti ichiga kirgizamiz.
Agar siz bu turdagi avtobuslar yo‘l kira chiptasini IC kartada to‘lamoqchi bo‘lsangiz sensor ekranli panelga chiqqan vaqtingiz ham tushayotgan vaqtingiz ham IC kartani tekkizib olishingiz kerak bo‘ladi.
Ma’lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/rules/public-transportation)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid