Yaponiyaning yo‘l harakati qoidalari
Yaponiyaning yo‘l harakati qoidalari
Bu yerda Yaponiya transport tizimi qoidalari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Yaponiyada transport harakati chap tomondan harakatlanishi bois ko‘chani kesib o‘tayotganda avval o‘ng tomonga qarab xavfsizlikni aniqlab keyin ko‘chani kesib o‘tamiz. Bundan tashqari Yaponiyada velosipedni spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holatda boshqarish, ikki kishi bitta velosipedga minish, cc50dan past darajadagi mototsikllarda(cc bu-cubic centimetre, mototsiklning umumiy siljishini ifodalovchi birlik) ham ikki kishi minishi kabi holatlar qonunan ta’qiqlangan. Bu kabi qoidalarning yana bir necha xillari ham qonunda belgilangan.
Yaponiyada mashinalar chap tomondan harakatlanadi
Yaponiyada mashinalar, mototsiklllar, velosipedlar yo‘lninng chap tomonidan harakatlanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda mashinalar yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanishi bois birinchi marta kelgan xorijiy davlat vakillari bunda chalkashishlari mumkin. Piyodalar avval yo‘lning o‘ng tomonini qarab olib mashina va velosiped kelmasligiga amin bo’lgandan keyin kesib o‘tishlari kerak.
Velosipedlar uchun yo'l harakati qoidalari
Velosipedlar ham mashinalar kabi chap tomondan harakatlanishadi. Shu sababli velosiped minib yurmoqchi bo‘lsangiz yo‘lning chap tomonidan yuring. Velosipedlar yursa bo‘ladigan piyodalar yo‘laklari ham mavjud. Bunday piyodalar yo‘lagida harakatlanmoqchi bo‘lsangiz, yo‘lakning markaziy qismida emas balkim mashinalar yuradigan tomoniga yaqin qismida velosiped bilan yuring.
Quyida velosipedlar uchun ta’qiqlangan va jarimaga tortilishi mumkin holatlar bilan tanishing.
Velosipedni mast holda boshqarish | ~5 yilgacha qamoq jazosi yoki 1,000,000 yen jarima |
Svetofor qoidalarini buzish | ~3 oygacha qamoq jazosi yoki 50,000 yen miqdorida jarima |
Velosipedni boshqarayotganda mobil telefondan foydalanish | 3 oygacha qamoq jazosi yoki 50,000 yen miqdorida jarima |
Bir qo‘lda velosiped boshqarish | 3 oygacha qamoq jazosi yoki 50,000 yen miqdorida jarima boshqarish o‘rniga yomg‘irpo‘shlardan foydalaning. |
Velosipedda xavfsizlik chiroqlarisiz yurish | 50,000 yen miqdorida jarima Kechasi chiroqlarni yoqqan holda velosiped boshqaring. |
Velosipedda ikki kishi minishi | 20,000 yen miqdorida jarima Yaponiyada velosipedga ikki kishi minishi qonunan man etilgan. |
Yonma yon transport boshqaruvi | 20,000 yen miqdorida jarima Ikkitadan ortiq velosipedlarning ko‘chada yonma-yon boshqarilishi ta’qiqlangan. |
Mashinalar uchun yo‘l harakati qoidalari.
■ Haydovchilik guvohnomasi
•Chet elda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lsangiz ham Yaponiyada bu guvohnoma bilan mashina boshqara olmaysiz. Yaponiyaning har bir ma’muriy hududida mavjud bo‘lgan haydovchilik guvohnomasini berish bilan shug‘ullanadigan markazlar mavjud. Sodda qilib tuzilgan imtihondan o‘tib Yaponiya haydovchilik guvohnomasiga o‘z guvohnomangizni almashtirishingiz mumkin.
•Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar esa maxsus haydovchilik kurslariga qatnab Yaponiaya haydovchilik guvohnomasini qo‘lga olishlari mumkin.
•Divegatelining hajmi 50cc(kub santimetr) darajadagi mototsikllarni boshqarish uchun maxsus imtihondan o‘tib olishning o‘zi yetarli.
•Elektr mototsikllarni boshqarishda ham haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi.
■ Mototsikllar boshqaruvidagi ehtiyot choralari
•Ikki kishi minishi ta’qiqlangan mototsikllar ham mavjud.
•Mototsikllar dvigateli hajmiga qarab talab qilinadigan haydovchilik guvohnomalari ham har xil bo‘ladi.
•125 cc(kub santimetr) darajasidan past bo‘lgan mototsikllar avtomagistral yo‘llarda harakatlanishi mumkin emas.
Ikki g‘ildirakli transport vositalari uchun haydovchilik Guvohnomalari turlari | Ruxsat etilgan mototsikl turi | Ikki kishi minishi mumkin | Avtomagistralda Harakatlanishi mumkin |
---|---|---|---|
Moped haydash uchun litsenziya | ~50 cc | ✕ | ✕ |
Kichik cheklangan hajmdagi mototsikllar guvohnomasi | ~125 cc | ◯ | ✕ |
Oddiy mototsikl guvohnomasi | ~400 cc | ◯ | ◯ |
Katta hajmdagi mototsikl guvohnomasi | Hamma turlariga ruxsat | ◯ | ◯ |
[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz, bu yerni tekshiring!
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Yo'lda yurish | Immigratsiya byurosi
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Velosipedda yurish | Immigratsiya boshqarmasi
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Avtomobil va mototsikl boshqaramiz | Immigratsiya byurosi
Transport vositasiga chiqish|Tokio shahri Ko'p madaniyatli hamjihatlik portal sayti
Ma’lumot manbai: JP-MIRAI portali
Izoh qoldiring
MZ
Izoh vaqti: 05:21, 09.27.2024
ajoyib foydali kontent
Mavzuga oid