Velosiped eng qulay transport vositasi! Yaponiya transport qoidalari hamda sug’urta haqida tushuntirish
Velosiped eng qulay transport vositasi! Yaponiya transport qoidalari hamda sug’urta haqida tushuntirish
Yaponiyada velosipeddan foydalanadiganlar juda ko‘p. Yaponiyada ishga yoki o‘qishga kelgan xorijiy fuqarolar ham tabiiyki velosipeddan ish va o‘qishlariga qatnashda foydalanishadi. Velosipedga aloqador bo’lgan qoidalar, sug‘urta hamda jinoyatni oldini olish registratsiyasi haqida tanishtirib o‘tamiz.
Velosiped haydash uchun ham muhim sanaladigan haydovchi guvohnomasi qaysi!?
Bolalar o‘rindig‘i o‘rnatilgan elektr quvvatlagichli velosiped (Oddiy velosiped)
◆ Oddiy velosiped
Yaponiyada odatdagi velosipedlar (uzunligi 190 sm gacha, eni 60 sm gacha) “Oddiy velosipedlar” deb yuritiladi. Bu ma’lumotlar manbaida sizni oddiy velosipedlarning transport qoidalari bilan tanishtirib o‘tamiz. Oddiy velosipedlarni haydash uchun guvohnoma shart emas.
◆ Elektr yordamchi velosiped hamda elektr velosipedning farqlari
Elektr quvvati yordamida harakatlanadigan velosipedlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi kerak emas.
Elektr quvvati yordamida harakatlanadigan velosipedlar oddiy velosipedlar turkumiga kiritilishi sababli haydash uchun haydovchi guvohnomasi shart emas. Bu kabi velosipedlarda elektr dvigatelli velosiped bo‘lib, elektr dvigatel harakatni boshlashda yoki tepalikka ko‘tarilishda ham oson haydash imkonini beradi. Bu kabi velosipedlar qisqa qilib “dendou jitensha” (elektr velosipedlar) deb ham yuritiladi. Lekin bunday velosipedlar haqiqiy elektr velosipedlardan farq qiladi.
Elektr velosipedlarni haydash uchun haydovchi guvohnomasi bo‘lishi shart.
Haqiqiy elekr velosipedlarda motor haqiqatdan ham butun velosipedni pedal yordamisiz ham avtomatik harakatlantiradi. Bu velosipedlar “Motorli hamda pedali bor velosipedlar” deb ham yuritiladi. Bu velosipedlar oddiy velosipedlardan farqlanib qonunda ular velo-mototsikllar turkumiga kirgizligan. Haqiqiy elektr velosipedlari oddiy elektr yordamida harakatlanadigan velosipedlardan farqli tomoni yuqorida aytilganidek pedal ishlatilmasa ham harakatlana olishidir. Bu turkumdagi velosipedlar “Moped”, “Pedalli elektr velosiped”, “To‘liq elektrda harakatlanadigan velosiped” deb ham yuritiladi. Bu turdagi velosipedlarni haydashda mototsikl haydash uchun kerak bo‘ladigan haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Bu kabi velosipedlarni haydash vaqtida shlem-maxsus bosh kiyim kiyish kerak bo‘ladi.
◆ Velosipedlarda prinsip sifatida ikki kishi minishi ta’qiqlanadi
Odatdagi oddiy velosipedlarda ikki kishi minishi ta’qiqlanadi. Lekin ayrim qoidalarda maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar bo’lganda 2 kishi minishiga ruxsat etilgan.
◆ Minish ta’qiqlangan velosipedlar
“No brake piste” (「ノーブレーキピスト」) deb nomlanadigan tormozsiz velosipedlarni katta yo‘llarda haydash ta’qiqlanadi. Bu turdagi velosipedlardan poyga musobaqalarida foydalaniladi.
Chirog‘i bo‘lmagan velosipedlar hamda, yorug‘lik aksini bermaydigan velosipedlarni ko‘chalarda minish ham ta’qiqlanadi. Velosipedning orqa tomonida yorug‘lik aksini beruvchi chiroq hamda ro‘yxatdan o‘tgan raqamlari bo‘lmagan velosipedlarni haydash ham qonunan mumkin emas.
Velosipedlarni xavfsiz boshqaramiz! Velosiped haydashdagi muhim qonun-qoidalar
Endi esa velosipedlardan foydalanishda e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan yo‘l qoidalari bilan tanishtirib o‘tamiz.
◆ Piyodalar yo‘lakchasi hamda mashinalar harakatlanadigan yo‘l qoidalari
Agar yo‘llar mashina va piyodalar uchun alohida yo‘laklarga bo‘lingan yo‘l bo‘lsa, velosipedlar mashinalar harakatlanadigan yo‘llardan harakatlanishi kerak.
◆ Piyodalar yo‘lagida ham velosiped harakatlanishi ruxsat etiladigan holatlar ham mavjud
Piyodalar ham velosiped ham harakatlanishi mumkin deb qo‘yilgan belgilar
Quyidagi holatlarda velosiped qoidadan mustasno tarzda piyodalar yo‘lakchasida ham harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Maxsus belgi ostida ayrim piyodalar yo‘lagida velosipedlar harakatiga ruxsat bor;
Velosipedni haydayotgan shaxs o‘n uch yoshdan kichik yoki yetmish yoshdan katta bo‘lgan vaziyatda;
Velosiped haydayotgan shaxs nogironligi bo‘lgan vaziyatda;
Velosiped harakatini amalga oshirish uchun boshqa iloj qolmagan vaziyatlarda.
◆ Mashinalar harakatlanadigan joylarda velosiped chap tomondan harakatlanadi
Velosipedlar mashinalar harakatlanadigan yo‘llarda haydalganda mashinalar harakati bilan bir xil yo‘nalishda harakatlanishi shart. Siz ham bunday vaziyatlarda mashinalar yo‘nalishi bilan bir xil harakatlaning.
◆ Yo‘l chetidagi xavfsizlik chiziqlari
Velosipedda yo‘l chetidagi xavfsizlik chizig‘idan tashqarida (mashinalar yurishi mumkin bo‘lmagan joy) harakatlanishga ruxsat berilgan. Lekin mashinalar harakatlanadigan ko‘chada xavfsizlik chizig‘idan tashqarida piyoda harakatlanayotgani kuzatilsa ehtiyot bo‘lib haydash talab etiladi. Albatta, yo‘l chetidagi xavfsiz hududning tashqi tomonida ham harakatlanish mumkin. Lekin, piyodalar uchun mo‘ljallangan ikki yo‘l xavfsizlik chizig‘idan tashqarida harakatlanish ta’qiqlanadi. Xavfsizlik chizig‘i yo‘l-yo‘l ikki oq chiziqdan iborat bo‘lsa, bu chiziqdan tashqarida velosipedda harakatlanishdan ehtiyot bo‘ling.
Velosipedda xavfsizlik chizig‘idan tashqarida harakatlanayotganingizda hammavaqt chap tomondagi xavfsizlik chizig‘i tashqarisida harakatlaning.
◆ Mashinalar harakatlanadigan yo‘llarda velosiped yo‘lagi
Mashinalar qatnovi yo‘lidagi velosiped uchun ajratilgan yo‘lak.
Velosipedlar uchun ajratilgan yo‘lak mavjud bo‘lgan ko‘chalarda velosiped haydovchilari belgilangan yo‘lak bo‘ylab harakatlanishlari shart. Shunda ham mashinalar harakati oqimiga qarshi harakatlanish mumkin emas. Chap tomondan harakatlanish tavsiya qilinadi.
◆ Piyodalar yo‘lagidagi velosiped uchun ajratilgan yo‘llar
Piyodalar yo‘lagida ham veloyo‘lakcha ajratilgan bo‘lsa birga harakatlanishga ruxsat etilgan bo’ladi. Lekin veloyo‘lakchada harakatlanish vaqtida ham piyodalar ustunlikka ega bo‘ladilar. Velosiped haydovchisi piyodalar harakatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
◆ Piyodalar yo‘lagidagi veloyo‘lakchada harakatlanish ehtiyot choralari
Piyodalar yo‘lagida mavjud bo‘lgan velo yo‘lakchada ikkala harakat oqimi bo‘ylab ham harakatlanishga ruxsat beriladi. Lekin velosiped haydayotganingizda piyodalar yo‘lagi markazida emas mashinalar harakatlanayotgan tomonda, darhol harakatni to‘xtata olish darajasidagi tezlikda haydash kerak bo‘ladi.
Piyodalar yo‘lagida velosipedlar bir-biridan o‘zib harakatlanishi mumkin.
Piyodalar yo‘lagida piyoda harakatlanayotgan vaziyatda velosiped haydovchisi darhol to‘xtay oladigan tezlikda harakatlanishi shart. Piyodaga qarshi harakatlanayotgan vaziyatda velosipedni to‘xtatib, undan tushib velosipedni yetalagan holda piyoda yuring.
Piyodalarga qarata yo‘lni bo‘shat degan ma’noda velosiped signalini bosish qat’iyan man etiladi. Xavfni oldini olish vaziyatidagina ilojsiz chora sifatida signal bering.
◆ Piyodalar kesib o‘tish yo‘li
Piyodalar kesib o‘tadigan yo‘lakdan piyodalarga xavf tug‘dirmagan vaziyatda velosipedda ham kesib o‘tishga ruxsat bor.
Velosipedlar uchun alohida ajratilgan kesib o‘tish yo‘lagidan odatda ko‘chaning qarama-qarshi tomoniga o‘tish kerak. Ayrim joylarda piyodalar kesib o‘tish joyi va velosipedlar kesib o‘tish joyi yonma-yon joylashgan yo‘llar ham bor.
◆ Chorrahadan o‘tish qoidalari
Piyodalar hamda velosiped uchun ishlaydigan svetofor: unda yuqoridagi chiroq qizil va pastki chiroq yashil rangda yonadi. Bu kabi svetoforlar yonida piyoda va velosiped uchun maxsus deb yozilgan yozuvli belgi ham bo‘ladi.
Yo‘lda harakatlanayotganingizda ham mashinalar bo‘ysunadigan svetoforlar, ham piyoda va velosipedlar uchun ajratilgan svetoforlar bir vaqtda oldingizdan chiqsa siz: velosipedda avtomobil yo‘lida yoki piyodalar yo‘lida qaysi birida harakatlanishingizdan qat’iy nazar piyodalar va velosipedlar uchun mo‘ljallangan svetofor chiroqlariga amal qiling.
Yo‘lda harakatlanayotganingizda ham mashinalar bo‘ysunadigan svetoforlar ham piyoda va velosipedlar uchun ajratilgan svetoforlar bir vaqtda oldingizdan chiqqanda: mashinalar harakatlanadigan ko‘chada velosiped haydayotgan bo‘lsangiz mashinalar uchun ishlayotgan svetoforga rioya qilishingiz kerak. Agar siz harakatlanayotgan yo‘l piyodalar yo‘lagi bo‘lsa unda piyoda va velosipedlar uchun ajratilgan svetoforlarga rioya qilib harakatlanishingiz shart.
◆ Ikki bosqichli o‘ngga burilish
Velosipedda chorrahadan o‘ngga burilish vaqtida har qanday turdagi chorrahalarda ikki bosqichli o‘ngga burilish qoidasiga amal qilishingiz shart. Avvaliga, qarama-qarshi svetofor qoidasiga bo‘ysunib chorrahani to‘g‘ri kesib o‘ting, so‘ngra o‘ng tomonga burilib, qarama-qarshi svetoforga bo‘ysungan holda chorrahani kesib o‘ting.
Xavfsizlik birinchi o‘rinda! shlem-bosh kiyimi kiyish kabi velosiped haydash vaqtidagi xavfsizlik qoidalari
Shlem kiyish
Oddiy velosipedlardan tortib to elektr quvvatlagichli velosipedgacha, ularni boshqarish vaqtida shlem kiyilmasa ham bo‘ladi. Ammo qonunan shlem kiygan holda velosipedni boshqarishga harakat qilishingiz kerakligi maslahat berilgan. Chunki Velosiped haydayotgan vaqtda halokatga uchragan kishilarning 70 foizi bosh jarohati oqibatida vafot etganlardir.
Quloqchinlarni yechish
Agar quloqchinlarda musiqa yoki boshqa biror ma’lumot eshitib velosiped boshqarsangiz, atrofingizdagi ovozlar eshitilmasligi sababli bu holat juda xavfli hisoblanadi. Ko‘pgina hududlarda musiqa quloqchinlarda yoki telefon quloqchinlarida velosiped boshqarish ta’qiqlangan. Shu sababli quloqchinda velosiped boshqarishdan voz kechganigiz ma’qul.
Kechasi yorug‘lik kuchli bo‘lgan yo‘llarda ham velosiped chirog‘i yoniq bo‘lishi shart
Kechasi chiroqlar bilan yoritilgan ko‘chalarda velosipedda yurgan vaqtingiz, velosiped chirog‘ini yoqmasa ham yorug‘-ku, deb o‘ylashingiz tabiiy, ammo yop-yorug‘ ko‘chalarda ham kechasi velosiped chirog‘ini yoqib qo‘yishingiz shart.
Soyabon, mobil telefon
Yomg‘irli kunlarda bir qo‘lda soyabon hamda bir qo‘lda velosiped boshqarish qonunan man etilgan. Boshqaruv beqaror bo‘lishi, soyabon ostida ko‘rinadigan atrof hajmi chegaralanishi, bir qo‘ldagina tormozni bosish murakkabliklari bois bunday boshqaruv ta’qiqlanadi. Mobil telefonda gaplashgan holda yoki mobil telefon ekraniga qaragan holda velosiped boshqarish qonunga xilof holat hisoblanadi. Qo‘l telefoningizdan foydalanish ehtiyoji bo‘ladigan bo‘lsa darhol to‘xtatib, velosipeddan tushib gaplashib oling.
Mast holatda velosiped boshqarish qat’iyan man etiladi.
Mashina va mototsikl boshqaruvidagidek velosiped boshqaruvida ham spirtli ichimliklar iste’mol qilingan holatda harakatlanish qonunan man etilgan.
Velosipedni jinoyatlarni oldini olish ro‘yxatidan o‘tkazish va qulflashni unutmang
Velosiped o‘g‘irlanishini oldini olish maqsadidagi registratsiya (bouhantouroku)
Velosiped yo‘qolib qolishni oldini olish maqsadida hamda siz boshqarayotgan velosiped aynan sizniki ekanligini bildirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishingiz shart. Bunday registratsiyani amalga oshirishga qonunan majbursiz. Ayrim vaziyatlarda internet e’lonlaridan sotib olingan yoki do‘stingiz hadya qilgan velosipedlarni ro‘yxatdan o‘tkazmay boshqarish holatlari uchraydi. Agar siz internet e’lonlari yordamida yoki boshqa insondan ikkinchi qo’l sifatida velosiped sotib olgan bo‘lsangiz velosiped magazinlariga borib uni yangidan ro‘yxatdan o‘tkazing. Bunday holatlarda siz sotib olgan velosiped hujjatlari kerak bo‘lishi mumkin. Yanada batafsilroq ma’lumotlarni velosiped magazinlaridan borib so‘rasangiz bo‘ladi.
Velosipedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari hamda amal qilish muddatlari
| Tokyo | Osaka |
Ro‘yxatga olish narxi | 660 yen | 600yen |
Amal qilish muddati | 10 yil | 10 yil |
(2023-yil ma’lumotlari asosida)
※ Ro‘yxatdan o‘tish uchun sarflanadigan summadan soliq olinmaydi.
※ Ro‘yxatdan o‘tish narxi va amal qilish muddati ma’muriy hududlarga qarab farqlanishi mumkin.
※ Tokyodagi registratsiya ofisi:
Tokioda velosiped do'konlari tomonidan tashkil etilgan jinoyatchilikka qarshi kurash uyushmasi.
※ Osakadagi registratsiya ofisi:
Velosipedni ro‘yxatdan o‘tkazishning bir necha foydali tomonlari mavjud.
Velosiped o‘girlansa politsiyaga topib bera olishi uchun aynan ro‘yxatga olingan raqamlar yordam beradi. Ro‘yxatdan o‘tmagan velosipedlarni izlab topish juda mushkul.
Velosiped boshqarayotib yo‘l harakati qoidalari nazoratchilari tomonidan to‘xtatilsa ish joyi haqida ham savollarga javob berishga to‘g‘ri keladi. Shu vaqt oralig‘ida nazoratchilar velosiped registratratsiya raqamini tekshirib bu velosiped o‘g‘irlanganmi yoki sizga tegishlimi darhol aniqlab oladi. Bu jarayon hamma uchun tanishligi bois ro‘yxatdan o‘tgan velosipedlar odatda o‘g‘rilar tomonidan o‘g‘irlanmaydi. Bu registratsiya raqami bor bo‘lgan velosipedlar o‘g‘rilar nazaridan uzoqda bo‘ladi deganidir.
◆ Velosipedlarni qulflangan holda qoldiring
Yaponiyada velosiped o‘g‘irlatish juda oson bo‘lganligi sababli velosipedni har doim qulflangan holda qoldiring. Velosipedni emas ayrim hollarda elektr velosipedlarning batareykalari o‘g‘irlanishi holatlari ham kuzatilgani bois ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Velosipedlar uchun sug‘urta muhimligi va ularning foydali jihatlari
Velosiped boshqarayotgan vaqtda piyoda bilan to‘qnashib ketilsa va piyoda jarohatlansa, velosiped egasi jarohat olgan piyodaning katta miqdordagi tibbiy xarajatlarini qoplab berishga majbur. Shu sababli ko‘pgina ma’muriy hududlarda velosiped sug‘urtasi majburiy qilib belgilangan. Oddiy velosipedda piyoda bilan to‘qnashib qolish natijasida jarohat olgan piyodaning hamma tibbiy xarajatlari va ma’naviy zararlari katta summani tashkil qilib qo‘ygan vaziyatlar ham ko‘p kuzatilgan. Ana shu kabi holatlarda sug‘urta kompaniyalari velosiped egasi o‘rniga to‘lab beradi. Shunday ekan albatta velosiped sug‘urtasini qilib qo‘ying.
Velosipedda halokat vaqtida pul to‘lab bera oladigan sug‘urta korxonalarining quyidagi turlari mavjud.
”Velosiped sug‘urtasi“ deb nomlanadigan shikastlanish sug‘urtasi.
Mashinalar sug‘urtasi
Yong‘in hamda tabiiy ofatlar sug‘urtasi
Kredit kartaga ulangan sug‘urta turi
Shaxsiy javobgarlik sug‘urtasi, kundalik hayotdagi halokatlar sug‘urtasi, javobgarlik bo’yicha o’zaro yordam sug’urtasi.
Ish malkasini o‘rganish uchun Yaponiyaga tashrif buyuradigan stajirovkachilarning bu kabi sug‘urtalari ularni ishga olgan kompaniyalar tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda ish beruvchi kompaniya hamda uyushma boshqaruviga murojaat qilishi kerak.
[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!
Transport vositasiga chiqish|Tokio Ko'p madaniyatli Hamjihatlik Portal sayti
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/rules/bicycle-traffic-rules)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid