Yaponiyada uy qanday ijaraga olinadi?
Yaponiyada uy qanday ijaraga olinadi?
Yaponiyada uyni o‘zingiz ijaraga olishingiz kerak bo‘lsa, mos joyni izlay topishingizga juda xavotirda bo‘lasiz. Yaponiyada uy ijaraga olish jarayonida boshqa mamlakatlarda uchramaydigan maxsus qoidalari borligi uchun, e’tibor talab qilinadi. Xorijlik talabalar va firma xodimlari uchun Yaponiyada qanday qilib uy ijaraga olish mumkinligi haqida asosiy ma’lumotlar berib o‘tamiz.
Ijaraga uy qidirish usullari
Bizlardan ko‘ra tajribaliroq senpay (tajribaliroq kishilar)lar quyidagi yo‘llar yordamida ijaraga uy izlaydilar.
◆ Ijaraga uyni o‘zingiz topmoqchi bo‘lgan vaziyatda
Uy ijaraga beradigan internet sahifalaridan qidirib topish mumkin.
Uy ijaraga topib berishga yordam beradigan maxsus kompaniyalarga borib topish mumkin.
※ Chet el fuqarolari tomonidan boshqariladigan, uy ijaraga topib berishga yordam beruvchi kompaniyalar ham mavjud.
Hozirgi vaqtda Yaponiyada xorijiy fuqarolar tomonidan o’zlarining davlatlaridan kelgan hamyurtlariga xizmat ko’rsatadigan kompaniyalar ham ko‘paymoqda. O‘z ona tilingizda “Tokyoda uy”, “Chet elliklarning uy topishlariga yordam” degan kalit so‘zlar bilan internetda qidirib ko‘rsangiz, bu kabi kompaniyalarni topa olasiz. Aynan shunday kompaniyalarda sizga o‘z ona tilingizda xizmat ko‘rsatib berishadi.
◆ Umumiy bitta xona ijaraga olmoqchi bo‘lgan vaziyatda
Do‘stlari yoki o‘zlaridan tajribasi yuqoriroq hamyurtlari bilan umumiy uyda yashaydigan chet el fuqarolari juda ko‘p. Lekin ayrim ijaraga beriladigan uylar shartnomalarida bunday holatlar ta’qiqlangan bo‘lishi mumkinligi uchun birga yashashga ruxsat bor yo‘qligini oldindan aniqlab olish maqsadga muvofiqdir.
Uy tanlash jarayoni
Bir xonali uyning tuzilish rejasi
① Yashash joyini tanlash jarayoni
Ijaraga uy tavsiya qilinadigan internet sahifalarda “Ijara haqi”, “Manzil”, “Uyning chizma rejasi” kabi ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, o‘zingizga yoqqan uyni tanlang. Keyin esa ijara uylarni topishga yordam beradigan kompaniyalar bilan bog‘lanib kompaniyaga boring. Yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri kompaniyaga tashrif buyuring.
Kompaniya ofislarida tavsiya qilingan ma’lumotlar bilan tanishib, xodimlar maslahatini eshitib keyin yashash joyini tanlang.
② O‘zingiz tanlagan uyni borib ko‘rish jarayoni
Kompaniyada yashash joyini tanlaganingizdan so‘ng, ofis xodimlari sizni o‘zingiz tanlagan uyga kompaniya mashinasida olib borib ko‘rsatishadi. Bir kunda 4,5 ta obyektni ko‘rishingiz mumkin. Bexijolat bo’lmasdan, o’z ko’zingiz bilan taqqoslab chiqing.
③ Shartnoma tuzish
Yashash joyini tanlab bo‘lganingizdan keyin shartnomani tuzish jarayonlari davom etadi.
Uyni ijaraga olish jarayonida birinchi to’lov miqdori
Yaponiyada kvartira ijaraga olish jarayonida boshida quyidagi xarajatlar sarflanadi. Odatda bu to‘lov miqdori uch yoki besh oylik ijara haqi miqdoriga teng bo‘ladi.
Reikin | Bu to‘lov turi uy egasiga minnatdorchilik tariqasida to‘lanadigan pul bo‘lib bu turdagi to‘lov ijarachiga qaytarib berilmaydi. |
Shikikin | Siz ko‘chib ketayotganingizda ta’mirlash uchun to‘lanadigan depozit. Bu to‘lov turining summasi ham odatda bir oylik ijara haqi miqdoriga teng bo‘ladi. |
Ijara kafolati kompaniyasiga to‘lanadigan haq | Yaponiyada uy ijaraga olishda ijara beruvchi shaxsga uzluksiz ijara ta’minoti kafolati uchun kafil kerak bo‘ladi. Bu kabi ta’minot kafolatini bera oladigan odami bo‘lmagan uyni ijaraga olmoqchi bo‘lgan shaxslar ijara kompaniyalariga pul to‘lashadi va buning evaziga kompaniya kafil vazifasini bajarib beradi. |
Tozalik uchun to‘lov | Ko‘chib ketishingizdan oldin uy tozaligini ta’minlash uchun qilinadigan to‘lov. Ba’zi holatlarda bu to‘lov ko‘chib o‘tganingizdan keyin talab qilinishi mumkin. |
Yong‘in sug‘urtasi | Ikki yillik shartnoma qilinadigan ijara uylari uchun taxminan 15,000 yendan 22,000 yengacha bo‘ladi. |
Qulf almashtirish uchun to‘lov | Xavfsizlik maqsadida kirish eshigi qulflari almashtiriladi |
Vositachi uchun to‘lov | Uy ijarasi bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga vositachilik haqi sifatida qilinadigan to‘lov. Ko‘pincha bu xarajatning miqdori bir oylik ijara summasiga teng bo‘ladi. |
※ Ijara kompaniyalari agentliklari va ijaraga beriladigan joylarga qarab siz to'lashingiz shart bo'lmagan va narxlarini kelishsangiz bo'ladigan vazaiyatlar ham bo'lishi mumkin.
Ijara shartnomasini tuzish
Ijara shartnomasini tuzish uchun muhim hujjatlar va ma'lumotlar;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat | Passport, resident kartasi, talabalar guvohnomasi, ishlaydigan joy guvohnomasi, shaxsiy raqam kartasi va boshqa shu kabi hujjatlar. |
Daromadni tasdiqlovchi hujjat | Daromadni tasdiqlovchi hujjat ham so‘ralishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ladi. Oylik haqida ma’lumot hamda soliqdan beriladigan guvohnoma ham shular jumlasiga kiradi. |
Favquloddagi vaziyatlarda aloqa raqami, kafil | Favqulodda bo‘ladigan holatlarda bog‘lanish mumkin bo‘lgan Yaponiyaliklar va tanishlaringizning ma’lumotlari ham kerak bo‘ladi. Shuningdek, ijaraga olinadigan joyga qarab uzluksiz kafil bo‘la oladigan shaxs ma’lumotlari ham kerak bo‘lishi mumkin. |
Ijara jarayonining navbatdagi qoidalari quyidagicha. Ijara shartnomasi odatda 2 yil muddatda tuziladi.
Ijara kompaniyasida uyni ijaraga oladigan shaxs va kafil kompaniyaning arizalari to‘ldiriladi;
Har bir ariza tahlil qilib chiqiladi;
Shartnoma tuzilganidan keyin to‘lovlar qilinadi.
Ijaraga olinadigan uy joylashgan hudud hamda ijara haqi
Uy joylashgan hududga ko‘ra ijara haqi ham farq qilib boradi. Arzonroq hamyonbop uylar topmoqchi bo‘lsangiz u joylashgan hududga ham e’tibor qaratishingiz kerak bo‘ladi.
“Uy joylashgan hududning ijara haqi bilan bog‘liqligi”, “Bosh to‘lov”, “Shartnoma jarayoni” kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishni xohlasangiz quyidagi havolalar bilan tanishing.
Yaponiyada uy topish usullari | KOKORO
Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Uy topish | Immigratisya byurosi
Xona qidirish bo'yicha qo'llanma|Yaponiya Yerlari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi
Ma’lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/living-kankyo/finding-room-in-japan)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid