Yangi uyga ko‘chayotganingizda va o‘z mamlakatingizga qaytayotganingizda e’tiborli bo‘lishingiz talab qilinadigan holatlar
Yangi uyga ko‘chayotganingizda va o‘z mamlakatingizga qaytayotganingizda e’tiborli bo‘lishingiz talab qilinadigan holatlar
Ushbu sahifada uy-joy ijarasi qoidalari haqida ma’lumotlar beramiz. Yapon kvartiralarida qoidalarni bilmagan chet elliklar qo‘shnilarga noqulaylik tug‘dirishi yoki ijaradan chiqish vaqtidagi qoidalarga rioya qilmasliklari sababli muammolarni keltirib chiqarish holatlar mavjud. Osoyishta kayfiyatda hayot kechirishingiz uchun, qoidalarni bilib oling.
Qoida buzilgan holatlar
Yaponiya qonun-qoidalarini bilmasdan, qo‘shnilariga muammo tug‘dirayotgan xorijliklarga oid quyidagi holatlar mavjud:
Chiqindilarni tashlash qoidalariga rioya qilmaslik (turlarga ajratib tashlash va hafta kunlari qoidalariga rioya qilmaslik).
Baland ovozda musiqa tinglab, do‘stlar bilan baland ovozda shovqin qilish.
Uy egasiga xabar bermasdan (shartnomani bekor qilmasdan) uyni tark etish.
Elektr, gaz va suv kabilarga oid shartnomani bekor qilmasdan uyni tark etish.
Uyga ko‘chib kirishdagi qoidalar
Aholi turar joylarida quyidagi narsalarga e’tiborli bo‘ling:
① Chiqindilarni ajratish
Chiqindilarni turi bo‘yicha ajratib, belgilangan kunda yig‘ish joyiga tashlang. Batafsil ma’lumot uchun ushbu maqolani o‘qing.
Yaponiyadagi hayotiy qonun qoidalar, odatlar (jp-mirai.org)
② Shovqin
Baland ovozda shovqin qilishdan yoki baland tovushlar chiqarishdan saqlaning.
③ Ijara haqi
Ijara haqi oldindan to‘lanadi. To‘lovlarni har oy belgilangan muddatda to‘lashni unutmang.
Ba’zi ijara uylarda avtomatik ravishda hisobdan chiqarish yoki kredit karta orqali to‘lash mumkin bo‘lgan uylar ham mavjud bo’lganligi uchin, shartnoma tuzish vaqtida buni diqqat bilan tekshirib oling.
Ijarani tark etish va shartnomani uzaytirish qoidalari
① Kelishilgan vaqtdan oldin ijarani tark etish yoki muddatini uzaytirish
Uy-joy shartnomasi odatda 24 oy muddatga tuziladi. Agar uzoqroq yashamoqchi bo‘lsangiz, uydan tezroq chiqmoqchi bo‘lsangiz, oldindan uy-joylarni boshqarish kompaniyasi yoki uy egasiga xabar berib, maslahatlashish zarur. Shartnomani yangilashda sizdan bir oylik to‘lovni to‘lashingiz talab qilinishi mumkin.
② Ijarani tark etish to‘g‘risida bildirishnoma
Agar 2 yildan keyin ko‘chib ketishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, kamida 1 oy oldin uy-joylarni boshqarish kompaniyasi yoki uy egasiga xabar bering. Agar xabar kechiktirilsa, shartnoma avtomatik ravishda yangilangan hisoblanadi va qo‘shimcha 1 oylik ijara haqini to‘lash talab etiladi.
③ Elektr energiyasi kabilarni bekor qilish
Ijarani tark etishdan oldin elektr, gaz va suv shartnomalarini bekor qilib, oxirgi oy to‘lovlarini to‘lang.
④ Xonada hech narsa qoldirmang
Uydan ko‘chib ketish vaqtida xonangizda hech narsa qoldirish mumkin emas. Elektr jihozlari va katta hajmdagi chiqindilarni tashlash uchun to‘lov mavjud. Agar bilmasangiz, uy-joyni boshqarish kompaniyasi bilan maslahatlashing.
※Ijaraga beriladigan mebel va maishiy texnikalar mavjud bo‘lsa, ijara kompaniyasi ko‘chishingizdan oldin kelib, ularni olib ketadi. Ma’lumot uchun quyidagi maqolaga qarang.
Yangi mahsulotlar, qayta ishlatiladigan va ijaraga olingan narsalardan foydalanish | KOKORO
⑤ Ta’mirlash xarajatlari
Ko‘chib ketishdan oldin, uy-joy boshqaruvi kompaniyasi yoki uyning egasiga xabar berishingiz bilan ular o‘sha kuni uyni tekshirishga kelishadi. Agar uyni ijaraga olgan shaxs (siz) tomonidan ehtiyotsizlik tufayli buzilgan yoki iflos qilingan narsalar bo‘lsa, ularni tiklash uchun to‘lov talab etiladi. Ko‘chib kirganingizda siz to‘lagan “shikikin” (garov puli)dan to‘lanadi va qolgan pulni qaytarib olasiz. Aksincha, qo‘shimcha tarzda to‘lash holatlari ham mavjud.
Xulosa
Agar ijarada turish davomida qoidalarga rioya qilmasangiz, shartnomangiz bekor qilinishi, neustoyka undirilishi mumkin bo‘lgan holatlar ham mavjud. Bundan tashqari, o‘z uylarini chet elliklarga ijaraga berishni istamaydigan uy egalari ham bor. Qoidalarga amal qilib, yaxshi munosabat o‘rnating
[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lganlar bu yerni tekshiring!
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Chiqindilar | Immigratsiya byurosi
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Shovqin va ovoz | Immigratsiya byurosi
Ma’lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/living-kankyo/after-moving-in)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid