JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Favqulodda vaziyat va tabiiy ofatlarda xavfsizlik choralari

Favqulodda vaziyat va tabiiy ofatlarda xavfsizlik choralari

Kasallik yoki halokat! Favqulodda SOS holatida nima qilish kerakligi haqida tashvishlanishingiz mumkin. Ushbu maqolada favqulodda holat yoki falokat sodir bo‘lganda aloqa ma’lumotlarini va ko‘riladigan choralar haqida tanishtiramiz.

Favqulodda holatda aloqa raqamlari (telefon)

●To‘satdan kasallikka chalinish / katta jarohat olgan vaqtda → 119 raqamini tering.

To‘satdan kasallikka chalinish, og‘ir jarohat yoki yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, 119 (o‘t o‘chirish bo‘limi) raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va quyidagilar haqida xabar bering (bepul):

  • Tez yordam mashinasi qayerga kelishi kerakli haqida ma’lumot va belgi.

  • Ahvoli yomon bemor kishining alomatlari va yoshi.  

  • Ismingiz va aloqa ma’lumotlaringiz.

●Yong‘in → 119

●Yo’l-transport hodisalari / jinoyatlari → 110

Yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan taqdirda

  1. Birinchi navbatda, mashina boshqarishni to‘xtating.

  2. Tez yordam hamda politsiyaga xabar bering. 

  • Agar kimdir jarohat olgan bo‘lsa, 119 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling (Tez yordam).  

  • Tez yordam kelguncha shikast yetgan odam ehtiyojsiz qimirlatmang, 119 raqami  operatorining ko‘rsatmalariga amal qiling va birinchi tibbiy yordam ko‘rsating.

  • Jarohat olgan odam bo‘lsa ham bo‘lmasa ham politsiya (110)ga xabar bering. 

  • Politsiya kelguniga qadar voqea joyini tark etmang.

  • Politsiya xodimi kelganida, baxtsiz hodisa va vaziyat haqida xabar bering.

  1. Shifokor ko’rigidan o’tish.

    Baxtsiz hodisa yuz berganda jarohati yengil ko‘ringani bilan keyinchalik o’g’ir jarohatlarga aylanishi mumkinligi uchun shifokor nazoratidan o‘tib qo‘ygan ma’qul. 

  2. Yo‘l-transport hodisasi ma’lumotnomasi.

    Ba’zi hollarda baxtsiz hodisadan keyin turli xizmatlar va yordam olish uchun “Yo‘l-transport hodisasi ma’lumotnomasi” (koutsuu jiko shoumeisho) talab qilinishi mumkin. Politsiya bo‘limiga borib, ariza berish jarayoni haqida so‘rang.

To‘fon yoki kuchli yomg‘ir paytida

Yaponiyada kuchli yomg‘ir tufayli ko‘plab tabiiy ofatlar sodir bo‘lib turadi. Daryolar suvi toshib, binolar suv ostida qolishi holatlari mavjud. Yomg‘ir yer bo‘shashib ketishi, tog‘lar va qoyalarning qulashi hamda ko‘chkilarning oqishiga ham olib kelishi mumkin.

Suv toshqinlari va ko‘chkilardan hayotni himoya qilish uchun quyidagilarga e’tibor beramiz:

  1. Suv bosishi xavfi bo‘lgan joylarni oldindan xavfsizlik xaritasidan (Hazard map) aniqlab oling. 

  2. Agar kuchli yomg‘ir yog‘sa, Yaponiya meteorologiya agentligi maʼlumotlari hamda shahar, tuman, qishlogʻingizdagi evakuatsiya maʼlumotlari asosida tezda xavfsiz joylarga ko‘chib o‘ting. 

Xavfsizlik xaritasi portali (faqat yapon tilida) | Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi

Agar zilzila sodir bo‘lsa nimalarga e’tibor qilishimiz kerak?

Yaponiya zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladigan mamlakat. Hayotingizni zilzila vaqtidagi halokatlardan himoya qilish uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko‘ring:

Tayyorgarlik

  • Zilzila sodir bo‘lganda, qayerga evakuatsiya qilish mumkinligini aniqlash;

  • Tabiiy ofatlar vaqtida o‘zingizni himoya qilish va xavfni oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashish;

  • Uch kun yoki undan ko‘proq vaqtga yetarli miqdorda oziq-ovqat, ichimlik suvi va kundalik hayot uchun zarur buyumlarni tayyorlash;

  • Uy jihozlarini qulab tushishini oldini olish maqsadida devorga mahkamlab qo‘yish.

Zilzila sodir bo‘lsa

  1. Xotirjam harakat qiling - stol ostiga yashirining (xona ichida). E’lonlar (peshtaxtalar), devorlar, derazalar va hokazolarga qulashidan ehtiyot bo‘lgan holda, xavfsiz joyga borib olishga harakat qiling (tashqariga). Mashinani to‘xtatib, motorini o‘chiring (mashinada).

  2. Yong‘inni o‘chirish - yer silkinishi to‘xtagach, oshxona yoki pechkadagi olovni o‘chiring. Agar olov chiqqan bo‘lsa o‘t o‘chirgich asbobdan foydalanib olovni o‘chiring. Gaz plitalarini yoqmang, chunki sizib chiqayotgan gaz bo‘lishi ehtimoli borligi uchun yong‘in xavfi tug‘ilishi mumkin.

  3. Xavfsiz joyga evakuatsiya qiling.

  4. To‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni oling.

Sunami

O‘zingizni sunamidan himoya qilish uchun Hazard xaritalari orqali xavfsiz evakuatsiya joylarini oldindan aniqlab qo‘ying.

Xavfsizlik xaritasi portal sayti | Yaponiya Transport va Infratuzilma Vazirligi

Sunami sodir bo‘lish ehtimoli vujudga kelgan paytda

Sunamini ko‘z bilan ko‘rib, keyin qochish chorasini ko‘rganingiz bilan ulgurmaysiz. Agar dengiz yoki daryo yaqinida bo‘lsangiz, quyidagi amallarni bajaring:

  1. Kuchli zilzilani his qilgan vaqtingizda yoki kuchsiz silkinish bilan uzoq davom etgan zilzilani his qilgan vaqtingizda → baland joylar va evakuatsiya binolariga qochib o‘ting.

  2. Zilzilani sezmasangiz ham, Yaponiya meteorologiya agentligi sunami haqida ogohlantirish berganida  →  xavfsiz joylarga borib oling. 

  3. To‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni qo‘lga kiriting.

Tabiiy  ofat  paytida muhim sanaladigan ob-havo ma’lumotlari

Yaponiya meteorologiya agentligining so‘nggi ma’lumotlarini televizor, radio, Internet kabilar orqali qo‘lga kiritish mumkin. 

Kuchli yomg‘ir va zilzilaga oid ma’lumotlar (ko‘p tilli) | Yaponiya meteorologiya agentligi

“Safety tips” ilovasini yuklab olish

Ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!

“Tabiiy ofat sodir bo'lganda” Faqat yapon tilida. (Aichi prefekturasi ko'p madaniyatli yashashni rivojlantirish idorasi YouTube kanali)
Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Favqulodda holatlar (to'satdan kasallik yoki baxtsiz hodisalar) | Immigratsiya byurosi

Hayot va ish bo‘yicha qo‘llanma: Yo'l transport hodisasi vaqtida | Immigratsiya byurosi

Hayot va ish bo‘yicha qo‘llanma: Tabiiy ofatlar (tayfun va zilzila) |Immigratsiya byurosi

Hayot va ish bo‘yicha qo‘llanma: Tayfun va kuchli yomg'ir | Immigratsiya byurosi

Hayot va ish bo‘yicha qo‘llanma: Yer qimirlashi | Immigratsiya byurosi

Hayot va ish bo‘yicha qo‘llanma: Sunami | Immigratsiya byurosi

Hayot va ish bo‘yicha qo‘llanma: Tabiiy ofatlar haqida batafsil ma'lumotlar ma'lumotlar bilmoqchiman | Immigratsiya byurosi

Chet tillarida yangiliklar va tabiiy ofatlarga tayyorgarlik haqida ma'lumotlar| NHK WORLD-JAPAN) 

Yaponiyada xavfsiz sayohat qilish uchun: O‘zingizni yomon his qilganingizda yordam beradigan qo‘llanma | Yaponiya rasmiy qo'llanma

Yashab turgan paytda tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish | Yaponiya ijaradagi uy-joylarni boshqarish jamg‘armasi

Tabiiy ofatlar haqida o'rganish |Tokio prefekturasi ko‘p madaniyatli yashash portali sayti

Chet elliklar uchun tabiiy ofatlar haqida ma'lumot berish | Tokio yong'in xizmati

Meteorologiya boshqarmasi

 

Ma’lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/living-kankyo/emergency-and-disaster)

Izoh qoldiring
Profile picture