Yaponiya sug‘urta tizimi
Yaponiya sug‘urta tizimi
Yaponiyada yashovchi chet elliklar ham pensiya va tibbiy sug‘urtaga (sog‘liqni saqlash sug‘urtasiga) a’zo bo‘lishlari kerak. Tibbiy sug‘urta kartangizni kasalxonalarda taqdim etsangiz, cho‘ntak xarajatlaringiz kamayadi. Ushbu sahifada biz pensiya, tibbiy sug‘urta kabilar haqida tushuntiramiz.
Yaponiyaning asosiy ijtimoiy sug‘urtasi
Pensiya sug‘urtasi.
Tibbiy sug‘urta (sog‘liqni saqlash sug‘urtasi).
Mehnat sug‘urtasi.
Ish jarayonida baxtsiz hodisalar uchun tovon sug‘urtasi.
Hamshiralik parvarishi sug‘urtasi.
Pensiya tizimi
Yaponiyaning davlat pensiya tizimi “xodimlarning pensiya sug‘urtasi” va “davlat pensiya”ni o‘z ichiga oladi. Hatto rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tgan chet elliklar ham unga qo‘shilishga majbur.
Xodimlarning pensiya sug‘urtasi (kousei nenkin hoken): “Muhandis / Gumanitar bilim / Xalqaro biznes (qisqacha – gijinkoku deb nomlanadi)” va “Maxsus malaka ishchi” vizasida Yaponiyaga kelgan xorijiy fuqarolar va ularning oilalari, stajor vizasidagi shaxslarning sug‘urta badallari kompaniya va sug‘urtalangan shaxs tomonidan teng yarimi miqdorda to‘lanadi.
Davlat pensiyasi (kokumin nenkin): Chet ellik talabalar va ularning oila a’zolari va boshqalar (20 yoshdan yuqori va 59 yoshdan kichik bo‘lganlar).
Qanday holatlarda pensiya olish mumkin?
10 yildan oshiq vaqt davomida sug‘urta badallarini to‘lagan shaxslar 65 yoshga to‘lganidan keyin har yili pensiya olishlari mumkin.
Kasallik va jarohat sababli nogironlikdan aziyat chekadigan shaxslar.
Shaxs vafot etgan taqdirda pensiya uning turmush o‘rtog‘i yoki farzandlariga to‘lanadi.
Sug‘urta badallarini qaytarish haqida
Vataningizga qaytganingizdan so‘ng, Yaponiyada yashagan davringizda to‘lagan pensiya sug‘urta badallaringizni bir qismini qaytarib olish imkonini beruvchi “Mamlakatdan chiqib ketish vaqtidagi bir martalik to‘lov” (“Dattai ichijikin”) tizimi mavjud.
Bir martalik to‘lovni yechib olish (ko‘p tilli) | Yaponiya pensiya xizmatlari
Pensiya sug‘urta to‘lovlarini qaytarib olish uchun | KOKORO
Davlat pensiyasiga (kokumin nenkinga) qo‘shilish uchun…
Davlat pensiya tizimiga o‘zingiz qo‘shilasiz va badallarni o‘zingiz to‘laysiz.
20 yoshdan oshganda Yaponiyaga kelgan bo‘lsangiz, shahar, tuman yoki qishloq hokimiyatiga borib rezident sifatida ro‘yxatan o‘tgandan so‘ng, o‘sha joyda rasmiylashtirish mumkin.
19 yoshga to‘lmasdan Yaponiyaga kelgan bo‘lsangiz, 20 yoshga to‘lganingizda taxminan 2 hafta ichida uyingizga “Davlat pensiyasiga ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi bildirishnoma” va davlat pensiya sug‘urtasi to‘lovlari haqidagi to‘lov varaqasi yuboriladi. Ushbu varaqadan sugʻurta badallarini toʻlash uchun foydalanishingiz yoki siz talaba bo‘lsangiz “Talabalar uchun maxsus to‘lov tizimi” (gakusei noufu tokurei seido) (to‘lovdan ozod qilish (noufu menjyo)) uchun murojaat qilishingiz mumkin.
Davlat pensiya tizimi (ko’p tili) | Yaponiya pensiya xizmati
Yaponiya pensiya xizmati mamlakat bo’ylab pensiya idoralari
“Talabalar uchun maxsus to‘lov tizimi“ (gakusei noufu tokurei seido)
Talabalar uchun o’qishni bitirgunga qadar sug‘urta badallarini to‘lamaslikka ruxsat beruvchi “Talabalar uchun maxsus to’lov tizimi” mavjud.
Talabalar uchun maxsus to‘lov tizimi | Yaponiya pensiya xizmati
“Asosiy pensiya raqami haqida xabarnoma” (kiso nenkin bangou tsuuchisho)
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, pensiya to‘lov varaqasi (“nenkin techo”) va sug‘urta to‘lov varaqasi har bir shaxsning uyiga yetkazilar edi. Lekin, 2022-yil apreldan pensiya to‘lov varaqasi to‘xtatildi va uning o‘rniga “Asosiy pensiya raqami haqida bildirishnoma” beriladigan bo‘ldi. Yaponiyada ishga joylashish uchun “asosiy pensiya raqami” talab qilinadi.
Tibbiy sug‘urta
Ommaviy tibbiy sug‘urta asosan tibbiy sug‘urta (kenkou hoken) va milliy tibbiy sug‘urtani (kokumin kenkou hoken) o‘z ichiga oladi.
Sog‘liqni saqlash sug‘urtasi (kenkou hoken): Gijinkoku (Muhandis, Gumanitar bilim, Xalqaro ish) vizasiga ega shaxslar va ularning oilalari uchun, Ginou jishshiusei (Stajor vizasi) va boshqalar. Sug‘urta badallari xarajatlari kompaniya va xodimlar tomonidan teng yarimi miqdorda to‘lanadi.
Milliy tibbiy sug‘urta (kokumin kenkou hoken): xorijiy talabalar va ularning oila a’zolari kabi shaxslar uchun.
Agar tibbiy sug‘urta kartangizni shifoxonaga taqdim etsangiz, siz to‘laydigan tibbiy xarajatlaringiz umumiy summaning ko‘pi bilan 30% miqdorida bo‘ladi.
Ba’zi sug‘urtaga muvofiq bo‘lmaydigan tibbiy muolajalar ham mavjud.
Milliy sog‘liq sug‘urtasiga qo‘shilish uchun...
O‘zingiz mustaqil ravishda “Milliy sog‘liq sug‘urtasi” (Kokumin kenkou hoken)ga qo‘shilib, sug‘urta badallaringizni o‘zingiz to‘lashingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.
Shahar, tuman yoki qishloq hokimiyatida sug‘urta polyusiga qo‘shilish jarayonni boshlashingiz.
Rezident kartasi yoki pasportingiz o‘zingizda bo‘lishi.
Oila a’zolaringizni ham qo‘shib o‘tishingiz.
Manzil o‘zgargan taqdirda, yangi manzil bo‘yicha hokimiyatda ariza topshirishingiz kerak bo‘ladi (yangi sug‘urta guvohnomasi beriladi).
Mehnat sug‘urtasi (roudou hoken)
Mehnat sug‘urtasining (roudou hoken) quyidagi ijtimoiy sug‘urta turlari mavjud:
Ish bilan ta’minlash sug‘urtasi (koyou hoken): ishdan ayrilganda ishsizlik nafaqasi olish imkonini beruvchi tizim. Chet ellik talabalar ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega emaslar.
Ish jarayonidagi baxtsiz hodisalar uchun tovon sug‘urtasi (rousai hoken): ishchilarga yoki ularning oilalariga ish yoki ishga qatnash jarayonida kelib chiqqan kasalliklar, jarohatlar, nogironlik va o‘limlar uchun pul to‘lanadigan tizim. Chet ellik talabalar ham bu kabi mehnat sug‘urtasiga qo‘shilishi mumkin.
Ko'proq bilmoqchi bo'lsangi bu yerni tekshiring!
Turmush va ish bo'yicha qo'llanma: Pensiya | Immigratsiya byurosi
Turmush va ish bo'yicha qo'llanma: Tibbiy sug'urta | Immigratsiya byurosi
Turmush va ish bo'yicha qo'llanma: Ijtimoiy sug'urta va mehnat sug'rtasi | Immigratsiya byurosi
Ish boshqaruvida foydali bo'lgan ko'p tilli lug'at|Sog'liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi
Bilishingiz kerak bo'lgan pensiya haqidagi ma'lumotlar|Yaponiya Pensiya Tashkiloti
Yaponiyaning sug'urta va pensiya tizimi haqida|Yaponiya Pensiya Tashkiloti
Maxsus malaka umumiy qo'llab-quvvatlash sayti|Adliya vazirligi Immigratisiya byurosi
Salomatlik sug'urtasi va Ijtimoiy ta'minot pensiya sug'urtasi tizimi|Yaponiya Pensiya Tashkiloti
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/money/japanese-insurance-system)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid