JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyaga kelgandan keyin bir hafta ichida qilinishi shart bo'lgan ishlar

Yaponiyaga kelgandan keyin bir hafta ichida qilinishi shart bo'lgan ishlar

Yaponiyaga birinchi marta kelganda ishni nimadan boshlashni bilmaydiganlar ko‘p, deb o‘ylaymiz.

Shu o‘rinda, Yaponiyaga o‘qish va ishlash maqsadida kelganlarga ilk haftada qanday ishlarni bajarishlari kerakligi haqida tushuntirib o‘tamiz. Quyidagi oltita bosqichni amalga oshirish orqali Yaponiyada hayotingizni va ish faoliyatingizni muammosiz boshlashingiz mumkin bo‘ladi.

Yaponiyaga kelganingizda birinchi navbatda qilinadigan oltita harakat

1. Aeroportdan rezidentlik kartasini oling.

Rezident kartasi Yaponiyada yashovchi odamlar uchun identifikatsiya kartasi bo‘lib, juda muhim karta hisoblanadi. Yaponiyada bo‘lganingizda, albatta, o‘zingiz bilan olib yurishingiz kerak. Rezident kartasida fuqaroligingiz, ismingiz, tug‘ilgan sana, rezident statusingiz va boshqa ma’lumotlar yozilgan bo‘ladi. Yaponiya aeroportida immigratsiya tekshiruvidan o‘tganingizdan so‘ng rezident kartasini olishingiz mumkin.

Yaponiyaga kirishda, rezident kartasi beriladigan aeroportlar Narita aeroporti (NRT), Haneda aeroporti (NHD), Chubu aeroporti (NGO), Kansai aeroporti, (KIX), Shinchitose aeroporti (SPK), Hirosima aeroporti (HIJ) va Fukuoka aeroporti (FUK) hisoblanadi.

Agar Bu aeroportlardan boshqa joylardan kirib kelganingizda, kirish vaqtida rezident kartasini ololmaysiz. Mamlakatga yetib kelganingizdan keyin siz yashashni rejalashtirgan shahar, tuman, shaharcha yoki qishloq hokimiyatiga “ko’chib kelganlik xabarnomasi”ni topshirishingiz kerak va yashash manzilingizga rezident kartasi yuboriladi.

Yashash va mehnat yo'riqnomasi, Immigratsiya xizmatlari agentligi (moj.go.jp)

Yaponiyaga kirish paytida amalga oshiriladigan tartiblar, yashash uchun zarur bo'lgan tartiblar, Tokio ko‘p madaniyatli birga yashash portali sayti (tabunka.tokyo-tsunagari.or.jp)

2. Muhr yasash

Yaponiyada yashash joyi (manzil) bo‘yicha bildirishnomalar, sog‘liq sug‘urtasi, tibbiy sug‘urta va boshqa rasmiy tartib-qoidalarni amalga oshirish vaqtida muhr talab qilinadigan holatlar mavjud.

Muhr yasash usuli va ehtiyot choralari:

  • Ninin

    Ninin – ro’yhatdan o’tmagan muhr hisoblanadi. U ko‘pincha rezyumelar va kompaniya shartnomalari uchun ishlatiladi. Bu muhr uchun mo‘ljallangan savdo do’konlaridan yoki onlayn tarzda osongina yasatib olishingiz mumkin. Yaponiyaga kelganingiz bilanoq bitta muhr yasatib olsangiz, qulayliklarga ega bo‘lasiz. 

  • Jitsuin

    Jitsuin – bu shahar va qishloq hokimiyatiga xabar berilib, ro‘yxatdan o‘tgan muhrni anglatadi. Ushbu muhrni hokimiyatning fuqoralarga xizmat ko’rsatish bo’limida yasatib olishingiz mumkin. Har bir kishi uchun bir dona yasaladi va katta mablag’ aylanganida (mashina sotib olish, hayotni sug‘urtalash polyusini olish va h.k.) zarur bo‘ladi.

Yaponiyaga kelganingizdan so‘ng darhol “jitsuin” talab qilinadigan holatlar kam bo‘lganligi sababli, birinchi navbatda “ninin” muhrini olgan ma’qul. 

3. Yashash joyni aniqlash

Yaponiyaga kelishdan oldin uy tanlanmagan bo‘lsa, tezda uy qidirishni boshlang. Quyida Yaponiyada xonani ijaraga olish va qanday topish haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

   Shartlarni aniqlash  

Byudjetingiz (oyma oy to‘lanadigan ijara to‘lovlari, kommunal to‘lovlar, shikikin – ijaraga olish vaqtidagi depozit puli, reikin – uy egasiga to‘lanadigan to‘lov kabilar), ijaraga olmoqchi bo‘lgan uy hududi (bekat yoki maishiy do‘konlardan piyoda necha daqiqalik masofa, o’qishgacha / ishgacha 30 daqiqalik yo‘l bo‘lishi, shovqin kamroq bo‘lishi kabi holatlar), uy joylashuvi holati (xona kengligi, hammom va hojatxonaning alohidaligi, quyosh nuri yaxshi tushgan uy bo‘lishi kabilar) hamda binoning qurilgan yili kabi muhim jihatlarni aniqlab olishingiz kerak bo‘ladi. 

Ijaraga olinadigan uy qidirish

Internet, ilovalar, ko‘chmas mulk agentliklari foydalanib, o‘zingiz xohlagan shartlarga javob beradigan xonani qidirishingiz mumkin. Agar internetda “(o‘zingiz xohlagan hudud), ijara” tarzida qidirsangiz, xonaga oid ma’lumotlarni osongina topishingiz mumkin. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chmas mulk agentliklariga borib, shartlarga javob berishi mumkin bo‘lgan  xonalar bilan tanishishingiz mumkin.

Xonaga oid ma’lumotlarni tekshirish

Sizni qiziqtirgan xonani tanlang va xona fotosuratlari, xonaning joylashuv chizmasi, jihozlari, kirish kabilar haqidagi ma’lumotlarni tekshiring. Shuningdek, ijara haqi, kafolat depozitlari, minnatdorchilik to‘lovi, xavfsizlik to‘lovlari kabilarni aniqlang. 

Shikikin (kafolat depoziti) - bu ko‘chib ketishda xonani tozalash kabi xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladigan depozit. Ko‘pgina hollarda, bu summa taxminan 1-2 oylik ijara haqiga teng bo‘ladi. Reikin (minnatdorchilik puli) - bu ko‘chib kelganingizda uy egasiga minnatdorchilik sifatida beriladigan pul. Minnatdorchilik puli depozit bo‘lmaganligi sababli, ijara shartnomasining oxirida qaytarilmaydi.

Xonani ko‘rgani borish

Bir qancha xonalarni aylanib chiqing va ularning holatini va atrof-muhitini tekshiring. Ko‘chmas mulk kompaniyasi xodimlari ko‘rish uchun siz bilan borishadi. O‘zingizni qiziqtirgan va tushunarsiz jihatlar haqida aniqlab, uyni har tomonlama tekshirib olgan ma’qul.

⑤ Ariza berish 

Yoqtirgan xonangiz bo‘lsa, ariza berishingiz va shartnoma qilishingiz mumkin.

Keyingi maqolada Yaponiyada xonani qanday ijaraga olish haqida batafsilroq tanishtiramiz. Yaponiyaga xos bo‘lgan ijaraga oid ma’umotlar, xarajatlar, rasmiyatchiliklarni amalga oshirish kabilar haqida aniqlik kiritib oling.

4. O‘zingiz yashayotgan shahar, tuman yoki qishloqdagi hokimiyatida hujjatlar rasmiylashtirishni amalga oshirish.

Yashash manzilingiz aniq bo‘lgandan keyin, barcha ma’muriy rasmiyatchiliklarni bajarishingiz kerak bo‘ladi. O‘zingiz yashayotgan shahar, tuman hamda qishloqdagi hokimiyatda rasmiylashtirishni amalga oshirish mumkin.

Yashash manzilingiz haqida ma’lumot berish.

Rezident kartangizni olganingizdan keyin, yashash joyingiz aniq bo‘lgan kundan so‘ng ikki hafta ichida manzilingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz lozim. Yaponiyaga kelgandan keyin, 90 kun ichida hech qanday sabablarsiz yashash joyingiz haqida xabar bermasangiz, Yaponiyada yashash ruxsatnomangiz bekor qilinishi mumkin. 

O‘zingiz yashayotgan shahar, tuman hamda qishloqdagi hokimiyatlarga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

  • Pasport;

  • Rezident kartasi (aeroportda rezident kartasini olgan shaxs).

Biroq, ushbu talablar mahalliy hokimiyat talabiga qarab farq qilishi mumkin. O‘zingiz yashayotgan shahar, tuman hamda qishloq hokimiyatning internet sahifasidan aniqlashingiz mumkin. 

Yashash manzilingiz haqidagi bildirishnomani taqdim etmagan bo’lsangiz:

Agar manzilingiz haqida xabar bermasangiz yoki yolg‘on ma’lumot bersangiz, sizga jarima solinishi yoki Yaponiyada yashash ruxsatnomangiz bekor qilinishi mumkin. Agar yolg‘on ma’lumot berib, aybdor deb topilsangiz qamoq jazosiga hukm qilinishingiz va bu Yaponiyadan deportatsiya qilinishingiz uchun asos bo‘lishi mumkin.

Davlat sogʻliq sugʻurtasi va ijtimoiy sugʻurta.

  • Davlat sog‘liq sug‘urtasi.

    Yaponiyada uch oydan ortiq muddatga bo‘lgan chet el fuqarolari tibbiy sug‘urtaga yozilishlari kerak. Agar Yaponiyadagi hayotingiz uzoq davom etsa, tibbiy sug‘urtaga yozilish tartib-qoidalarini amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.

    Taqdim etiladigan xujjatlar: yashash kartasi yoki pasport (yashash joyi maqomi “maxsus faoliyat” deb belgilangan shaxslar uchun “belgilangan hujjat” ham talab qilinadi).

    Yaponiyada ishga olingan bo‘lsangiz, davlat tibbiy sug‘urtasi emas, balki ijtimoiy sug‘urtaga yozilishingiz kerak bo‘ladi. Ish beruvchi ijtimoiy sug‘urta tartib-qoidalari bilan shug‘ullanadi va talab etiladigan hujjatlarni taqdim etishga oid ko‘rsatmalariga amal qilishingiz kerak bo‘ladi. 

Davlat pensiyasi

Yaponiyada yashovchi, 20 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan, quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan shaxslar davlat pensiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

  • Mehnat pensiya sug‘urtasi mavjud bo‘lmagan shaxslar.

  • Mehnat pensiya sug‘urtasi bor shaxslar qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Rezident kartasi va pasport (Yaponiyaga kirgan kunni ko‘rsatuvchi hujjat).

Biroq, ushbu talablar mahalliy hokimiyat talabiga qarab farq qilishi mumkin. O‘zingiz yashayotgan shahar, tuman hamda qishloq hokimiyatning bosh sahifasidan aniqlashingiz mumkin. 

Chet elliklar uchun davlat pensiya tizimi haqida ma’lumot. Yaponiya pensiya xizmatlari (nenkin.go.jp)

“My number card” (Shaxsiy raqam kartasi)

“Shaxsiy raqam kartasi” - bu Yaponiyaning ijtimoiy ta’minot va soliq, tabiiy ofatlar oldini olish kabi ma’muriy jarayonlarda foydalaniladigan shaxsiy raqam kartasidir. Buni yasatib olsangiz, qulayliklarga ega bo‘lasiz.

“Shaxsiy raqam kartasi”dan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va identifikatsiya kartasi sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, soliqlarni deklaratsiya qilish va ijtimoiy sug‘urta jarayonlari kabi turli xizmatlardan foydalanish mumkin.

“Shaxsiy raqam kartasi”ni onlayn, pochta orqali yoki ID foto apparati yordamida yaratish mumkin. Uni qanday tayyorlash haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga qarang:

“Mening raqamli kartam” uchun ariza topshiriladigan Mahalliy boshqaruv axborot tizimi tashkiloti (kojinbango-card.go.jp)

“Mening raqamli kartam”ni yarating va qulay yashang! Immigratsiya xizmatlari agentligi (moj.go.jp)

5. Sim karta sotib olish

Sim karta sotib olish Yaponiya hayot tarzida juda muhim jihat hisoblanadi. Qo’l telefoningizda internet va telefon raqamni ishlatmoqchi bo‘lsangiz darhol SIM karta sotib olishingiz kerak. Uydan uzoqda bo‘lgan vaqtingiz internetdan foydalana olishingiz hamda bankda hisob raqam ochish uchun ham telefon raqami talab etiladi.

SIM karta sotib olish mumkin bo‘lgan joylar:

  • Do‘konlar

    Do‘konlarda SIM kartalar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, ikki xil usulda xarid qilishingiz mumkin. Mobil aloqa kompaniyalari do‘konlari va elektr jihozlari sotiladigan magazinlardan olishingiz mumkin. Agar siz mobil kompaniya do‘konlaridan xarid qilsangiz, sizga qo‘shimcha ravishda telefon ta’mirlash xizmati, maxsus bilimga ega mutaxassislar maslahati kabi servislar ko‘rsatiladi. 

    Agar siz elektr jihozlari sotiladigan katta magazinlardan SIM karta xarid qiladigan bo‘lsangiz, u yerda siz bir necha mobil aloqa kompaniyalari xizmatlari bilan tanishib, ularni taqqoslab, aktsiya vaqti chegirmalaridan foydalangan holda arzon tarifga shartnoma tuzib olishingiz mumkin.

  • Onlayn 

    Ko‘pgina mobil kompaniyalar bilan onlayn shartnoma tuzish imkoniyati mavjud. Kompaniya ofislariga bormasdan internet orqali hamma shartnoma jarayonini amalga oshirib shartnoma tuzsa bo‘ladi. Yana bir qulaylik, SIM karta uyingizgacha yuborib beriladi.

SIM karta shartnomasini tuzib olish uchun quyidagi hujjatlaringiz o‘zingizda bo‘lishi kerak.

  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

    Rezident kartasi, “Shaxsiy raqam kartasi”, Yaponiyada uzoq muddat yashash huquqiga ega shaxs bo‘lsangiz, istiqomatga ruxsat guvohnomasi, salomatlik sug‘urta kartasi, pasport, haydovchilik guvohnomasi (xalqaro haydovchilik guvohnomasidan tashqari) kabi hujjatlar.

  • Kredit karta

    (Kartangiz bilan har oy to‘lovlarni to‘lamoqchi bo‘lasangiz, bank kartangiz hamda kirim-chiqim haqida ma’lumot).

Kerakli hujjatlar mobil aloqa kompaniyalariga qarab har xil talab qilinishi mumkin. Bu haqida to‘liqroq ma’lumotni esa o‘zingiz shartnoma tuzmoqchi bo‘lgan kompaniya internet sahifalaridan olishingiz mumkin.

6. Bankda hisob raqami ochish

Ish joyingizdan oylik maoshlaringizni olishda, elektr energiyasi, gaz, ijara to‘lovlarini amalga oshirish uchun bankda hisob raqami ochsangiz qulayroq.

Hisob raqamini ochish uchun sizga eng yaqin bo‘lgan bank filiallariga murojaat qilishingiz va onlayn bu jarayonni amalga oshirirshingiz mumkin.

Sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinishi mumkin.

  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

    Rezident kartasi, Shaxsiy raqam kartasi, Yaponiyada uzoq muddat yashash huquqiga ega shaxs bo‘lsangiz, istiqomatga ruxsat guvohnomasi, salomatlik sug‘urta kartasi, pasport, haydovchilik guvohnomasi (xalqaro haydovchilik guvohnomasidan tashqari) kabi hujjatlar.

  • Telefon raqami

    Talab qilinadigan hujjatlar banklarga qarab farqlanishi mumkin. Bu haqida to‘liqroq ma’lumotni har bir bank internet sahifalaridan olishingiz mumkin.

Yaponiyaga kelganingizda zudlik bilan qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar xulosasi

Yuqorida berilgan olti bosqichga bo‘lingan ma’lumotlar Yaponiyaga kirib kelgan davringiz boshida qilganingizdan so‘ng, Yaponiyadagi hayotingizni bir maromda xotirjam davom ettirishingiz mumkin. Sanab o‘tilgan ishlar amalga oshirilganidan keyin, uy jihozlari, kundalik hayot uchun kerakli buyumlar sotib olish, elektr energiyasi va gaz bilan ulanish kabi kundalik ehtiyoj uchun harakatlar bosqichiga o‘tib olishingiz mumkin. Yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling.

 

Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/live/s/living-kankyo/thingstodo)

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz