“Gijinkoku” (Muhandis / Gumanitar bilimlar / Xalqaro ishlar) vizani qo‘lga kiritish usullari
“Gijinkoku” (Muhandis / Gumanitar bilimlar / Xalqaro ishlar) vizani qo‘lga kiritish usullari
Gijinkoku (Muhandis / Gumanitar bilimlar / Xalqaro ishlar) viza statusini qo‘lga kiritishning har xil usullari mavjud. Bu yerda ushbu viza statusini qo‘lga kiritishning asosiy usullarini tanishtiramiz.
“Gijinkoku” statusini olish usuli
Gijinkoku viza statusini qo‘lga kiritishning asosiy 4 ta usulini tanishtiramiz.
■ Birinchi usuli: Yaponiya ta’lim dargohlarini tugatib shu yerda ishga kirish
Bu usul eng samarali usul hisoblanadi. O‘z mamlakatida yuqori maktabni bitirib, Yaponiyada kasb-hunar kollejini yoki oliy o‘quv yurtini tugatib, kompaniyalarda xodim sifatida ishga kiradigan xorijiy fuqarolar vaziyati ko‘p uchraydi.
■ Ikkinchi usuli: o‘z vatanida turib Yaponiya kompaniyalariga ishga qabul qilinish usuli (injenerlik mutaxassisligi kabi)
O‘z mamlakatida Yaponiya kompaniyalari tomonidan e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlarini topgan va ariza bergan ishga talabgor xorij mutaxassislari, Yaponiya kompaniyalari tomonidan ishga qabul qilinganliklari aniqlanganidan keyin, Yaponiyaga tashrif buyuradilar. Bu mutaxassislarning ko‘pchiligi injenerlik sohasidagi xorij fuqarolaridir.
■ Uchinchi usuli: o‘z mamlakatida turib Yaponiya kompaniyalariga ishga qabul qilinish usuli (doimiy ishchi)
Yapon kompaniyalari chet elda o'tkazadigan ish yarmarkalarida ishtirok etib, chet tillarini yaxshi biladigan xorijiy talabalar doimiy ishchi (sogo shoku) bo’lib ishga qabul qilinishi mumkin.
■ To‘rtinchi usuli: Kasbiy malaka amaliyoti(stajor, ginoujishshuu) vizasi → O‘z mamlakatiga qaytish → Yaponiyaga o‘qish vizasi bilan kelish → Kompaniyaning rasmiy xodimi sifatida ishlash vaziyati
Kasbiy malaka amaliyotini tugatib, o‘z vataniga qaytgandan keyin, yana qayta Yaponiyaga o‘qish maqsadida keluvchilar ham bor. Shundan so’ng ular Yaponiyada ishga kiradi.
Yaponiyaga o‘qish vizasi bilan kelgan va Yaponiya kompaniyalarida ishga kirgan vaziyatlar
Yaponiyada tahsil olayotgan ko‘pchilik talabalar o‘z o‘qish rejalarini chet elga o‘qishga tavsiya qiladigan tashkilotlarga ishonib topshirishadi.
Xorijiy talabalar tomonidan tuziladigan rejalar mazmuni ko‘pincha quyidagicha izohlanadi.
O‘z mamlakatlarida yapon tili kurslarida yapon tili o‘rganishadi (yarim yildan bir yilgacha muddatda)
↓
Yaponiyadagi yapon tili o’qitish maktablarida o‘qishadi
↓
Yaponiyadagi kasb - hunar maktablarida o‘qishadi
↓
Kasb - hunar maktablarini bitirgandan keyin ishga joylashadi, yoki Yaponiyadagi universitetlarga yoki qisqa muddatli universitetlar (短期大学)ga o‘qishni davom ettirib yakunlaganidan keyin ishga kirishadi.
Biroq, masalan, quyidagi holatlar ham mavjud.
O‘z vatanida bir yildan ikki yilgacha ta’lim olish
↓
Yaponiyadagi til maktabida ta’lim olish (Faqat bir yil muddatda)
↓
Kasb-hunar maktablari / qisqa muddatli universitet / universitet
↓
Yaponiyada ishga kirish
※ Yaponiyada ta’lim muddatini qisqartirish orqali, o‘qish xarajatlarini qisqartirish mumkin.
Chet elda o‘qish hamda ishga kirishning turli xil usullari
Turli xil talabalik va ishga joylashish tajribalari haqida senpay (sizdan ko’ra tajribaliroq odam)larning misollarini keltirib o'tamiz.
■ O‘z mamlakatida oliy o‘quv yurtlarini bitirgan vaziyatda
O‘z mamlakatidagi universitet (yapon tilini o‘rganish) → Yaponiyadagi kasb hunar maktabi (2 yil) → Yaponiya kompaniyalarida ishga kirish
O‘z mamlakatidagi universitet (yapon tilini o‘rganmasdan) → o‘z mamlakatidagi til maktabi → Yaponiyadagi til maktabi (1,5 yil) → kasb hunar maktabi (2 yil) → Yaponiya kompaniyalariga ishga kirish
■ O‘z mamlakatida yuqori maktabni bitirgan vaziyatda
O‘z mamlakatida yuqori maktab ta’limi (1 yil) + til o‘rganish maktabi (1 yil) → Yaponiyadagi til o‘rganish maktabi (1,5 yil) → Universitet (4 yil) → Yaponiya kompaniyalariga ishga qabul
O‘z mamlakatida yuqori maktab ta’limi → Yaponiya universiteti (4 yil) → Yaponiya kompaniyalariga ishga qabul
※ Yaponiya universitetlarida ilk yapon tili darslari o‘tkazilib, darslarning barchasi yapon tilida olib boriladi.
[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz bu yerga!
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/highly-skilled-hr/how-to-get-esi)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid