Kasbiy malaka amaliyoti (stajor) tuzilishi haqida. Oddiy tilda oson tushuntirish
Kasbiy malaka amaliyoti (stajor) tuzilishi haqida. Oddiy tilda oson tushuntirish
Yaponiyadagi, muqim yashash vizasiga ega xorijliklarni hisobga olmaganda, qaysi statusdagi viza egalari ko‘pchilikni tashkil qilishini bilasizmi?
Bular “Stajor” (ginoujishshu) statusiga ega xorijiy davlat vakillaridir (2021-yil iyun oyidagi holatga ko’ra). “Stajor” vizasidagi xorijliklar ichida muvaffaqiyat qozonib Yaponiyaga kelganlar ko'pchilikni tashkil qilsa ham, nohaq xarajatlarni to’lashga majbur bo’lish, amaliyot o'tayotgan kompaniyada nohaq muomalaga duch kelish holatlari ham chet ellik stajorlar orasida uchramoqda. Shuning uchun “stajor” vizasining tuzilishi haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘lib, hujjat topshirish lozim.
“Stajor” vizasi bu -?
“Stajor” viza – bu xorijiy davlat vakillarining 1 yildan 5 yilgacha zavod, qurilish, qishloq xo'jalik sohalarda, ishlash bilan birga Yaponiyadagi kasbiy malakasini o‘rganish tizimidir. Ishlash bilan birga ko'p tomonlama bilimlarga ega bo'lish tizimi bo'lganligi uchun “Kasbiy malaka amaliyoti” deb nomlanadi. 2021-yil ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, bu davrda malaka stajirovkasini 3 yil muddatda ishlash mumkin bo‘lgan 85 ta soha mavjud bo‘lgan, 5 yil muddatda ishlash mumkin bo‘lgan sohalar esa 77 tani tashkil qiladi.
Yaponiyda ishlaydigan chet elliklar orasida eng ko’pi
◆ Berilgan jadvalda Yaponiya davlatida yashaydigan xorijiy fuqarolar statusi va soni berilgan.
2017-yil | 2018-yil | 2019-yil | 2020-yil | 2021-yil | |
---|---|---|---|---|---|
Umumiy soni | 2,561,848 | 2,731,093 | 2,933,137 | 2,887,116 | 2,823,565 |
Muqim yashash status | 749,191 | 771,568 | 793,164 | 807,517 | 817,805 |
Stajor vizasi | 274,233 | 328,360 | 410,972 | 378,200 | 354,104 |
Muhandis / Gumanitar bilimlar / Xalqaro ishlar | 189,273 | 225,724 | 271,999 | 283,380 | 283,259 |
Talaba | 311,505 | 337,000 | 345,791 | 280,901 | 227,844 |
Uzoq muddatli istiqomatchilar | 179,834 | 192,014 | 204,787 | 201,329 | 199,288 |
Oilaviy Viza status | 166,561 | 182,452 | 201,423 | 196,622 | 190,010 |
Yaponiya fuqarosi bilan turmush qurgan xorijliklar | 140,839 | 142,381 | 145,254 | 142,735 | 140,987 |
Maxsus malaka | – | – | 1,621 | 15,663 | 29,144 |
Manba: Yaponiya hukumatning statistik ma’lumotlar markazi (e-Stat)ning Yaponiyada yashovchi chet elliklar statistikasi (avvalgi ro'yxatga olingan xorijiy fuqarolar statistikasi) asosida tuzilgan.
※ 2021-yil, iyun ma’lumotlari, undan tashqari dekabr ma’lumotlar
※ 3 oydan kam istiqomat statusiga ega xorijiy fuqarolar ma’lumoti kiritilmagan.
Ma’lumotlar (2021-yil, iyun)ga qaraganda, Yaponiyada istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari soni 2,823,565 kishi bo‘lib, shulardan 30 foizi (354,104 kishini) “stajor” vizasidagi odamlar tashkil qiladi. 2020-2021-yillardagi pandemiya davrida stajyorlar soni kamaygan, ammo undan oldin bu son faqat ko‘payib kelgan.
"Stajor" vizasidagi fuqarolik, ish turlari hamda ularnig muddatlari qanday?
◆ Fuqaroligiga ko’ra “stajor” vizasi ega shaxslar soni
Mamlakat | Fuqarolar soni | Foizi |
---|---|---|
Stajyorlarning umumiy soni | 354,104 | 100% |
Vetnam | 202,365 | 57.1% |
Xitoy | 55,522 | 15.7% |
Indoneziya | 30,978 | 8.7% |
Filipin | 28,132 | 7.9% |
Tayland | 9,511 | 2.7% |
Manba: Yaponiya hukumatning statistik ma’lumotlar markazi (e-Stat)ning 2021-yil iyunning Yaponiyada yashovchi chet elliklar statistikasi (avvalgi ro'yxatga olingan xorijiy fuqarolar statistikasi) asosida tuzilgan.
Yaponiyada stajorlar eng ko'p davlatlar qatoriga Vetnam, Xitoy va Indoneziya davlatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar tashkil qiladi.
Stajorlarning ish turlari oldindan belgilandi.
Stajorlarda 1-daraja (birinchi yil), 2-daraja (ikkinchi-uchinchi yilda), 3-daraja (to‘rtinchi yildan beshinchi yilga qadar)lar bor. Stajorlar ko‘p vaziyatlarda birinchi va ikkinchi darajada umumiy 3 yil davomida stajirovkalarni o‘tashadi.
※Faqat 1-daraja ish malakasi stajirovkanigina o‘tay oladigan ish joylari ham bo‘ladi. Shuning uchun suhbat vaqtida stajirovkani 3 yil o‘tay olasizmi yo‘qmi aniqlashtirib olishingiz tavsiya etiladi.
Kasbiy malaka amaliyoti(stajirovka)ni o‘tash uchun nimalar qilish kerak?
Vataningizdagi jo’natuvchi tashkilotga murojaat qilib, Yaponiyadagi qabul qiluvchi korxonaning suhbatidan o‘ta olsangiz, oldindan yapon tili bilan bog'liq bilimlarni olganingizdan keyin, Yaponiyaga bora olasiz. Yaponiyadagi qabul qiluvchi tashkilot stajorlar uchun yashash joyi (yotoqxona)ni tayyorlab qo‘yishlari kerak. Yaponiyada yashash jarayonida kuzatiladigan ish va yashash tarzidagi qiyinchiliklarga nafaqat mezbon korxona tomonidan balki Malaka stajirovkasi Uyushmasi( boshqarmasi) tomonidan ham yordam ko‘rsatiladi. Uyushmalar ko'p hollarda kooperativ ( asotsassiya)larni tashkil etishadi.
Ish malakasini o‘rganish uchun qanday jarayonlardan o‘tiladi? (Vetnam davlati misolida)
Bu yerda ish malakasini o‘rganish stajirovkasiga umumiy jarayonini tanishtirib o’tamiz.
Ushbu jarayonida albatta vataningizdagi yuboruvchi tashkilot va Yaponiyadagi birlashma ishtirok etadi.
※ Davlatlarga qarab farqli tomonlari mavjud.
※ Stajirovka xorijda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Yaponiya korxonasidagi ishchini asosiy kompaniyada stajor sifatida ham olib borilishi mumkin bo’lgan mustaqil korxona tipidagi kasbiy malaka amaliyoti ham mavjud.
Uyushmasi bo'sh ish o'rinlarini izlaydi
・Yaponiyadagi uyushmasi qabul qiluvchi kompaniyalardan bo‘sh ish o‘rinlari haqida malumot oladi.
・Yaponiyadagi uyushmasi bo‘sh ish o‘rinlarini haqida malumot olganidan keyin, chet eldagi yuboruvchi tashkilotga kasbiy malaka amaliyotchisining nomzodlarni tanishtirishni so'raydi.
Yuboruvchi tashkilot nomzodlarga ish o'rinlari haqida ma'lumot beradi
・Jo‘natuvchi tashkilot malaka stajyorligiga talabgorlarni hamma vaqt qabul qiladi.
・Yaponiyadagi uyushmalar tomonidan so‘ralgan ish o‘rinlarning e'lonlarini nomzodlarga tanishtiradi.
Suhbat (intervyu) va ishga qabul qilish
Ish o’rinlariga ariza bergan nomzodlar, qabul qiluvchi korxona (yoki uyushmasi) o’z mamlakatlaridagi jo‘natuvchi tashkilotda suhbatdan o‘tkazadi va muvaffaqiyatli o‘tadigan bo’lsa, nomzodlar amaliyotchi sifatida ishga qabul qilinadi.
Ish qabul qilishdan oldin o‘qitish va Yaponiyaga ketish
Suhbat jarayonidan o‘tgan talabgorlar jo’natuvchi tashkilotlarda yapon tili va boshqa ma’lumotlarni o‘rganib, Yaponiyaga ketishadi. O‘rganish jarayoni ko’p holatlarda 3 oydan 6 oygacha davom etib, shundan so’ng Yaponiyaga boriladi. Ta’lim jarayoni maxsus internatning til markazlarida olib boriladi. Rezidentlik statuti (viza hujjatlari) olishda ta’lim muassasalarida yordam ko‘rsatiladi.
※ Suhbatdan oldin ham ta’lim jarayonini olib boradigan jo’natuvchi tashkilotlari ham mavjud.
Yaponiyaga kirib kelgandan keyin ham malaka stajyorlari uchun qisqa fursatlik ta’lim kurslari o‘tkaziladi
Yaponiyadagi uyushma tomonidan tashkillashtiriladigan 1 oydan ortiqroq davom etadigan kurslar davomida Yapon tili hamda Yaponiya hayoti haqidagi ma’lumotlar berib boriladi.
Malaka stajyorlari kasb-mashg‘ulotlarining boshlanishi
Mamlakatga kirib kelganlaridan keyin qabul qiluvchi kompaniyalarda ish malakasini o‘rganish jarayoni boshlanadi.
Uyushma mas’ul bo‘lgan vazifalar
Ish malakasini o‘rganish jarayonida Yaponiyadagi uyushma quyidagi vazifalarni bajaradi.
Kompaniya kasbiy malaka amaliyoti to’g’ri tashkil etilganmi yo‘qmi nazorat qilib, immigratsion byuroga 3 oyda 1 martadan ortiq hisobot yetkazib beradi.
Birinchi yil ish malakasini o‘zlashtirayotganlarga korxonalarga bir oyda bir marotabadan ko‘proq tashrif buyuradi va ko’rsatmalar beradi.
Amaliyotchilarga o‘z ona tilida amaliy mashg‘ulot mazmuni, ularga qanday munosabatda bo‘lishayotgani, hayot tarzlari va boshqalar haqida maslahatlar beradi.
Yaponiyda malaka amaliyoti davomida bekamu-ko‘st hayot kechirib, o‘z mamlakatlariga yetarlicha pul jo‘natadigan stajyorlar ham bor. Ammo, stajyorlarga nisbatan zo‘ravonlik, haqoratli so‘zlar va qo‘shimcha ish haqini to‘lamaslik kabi qo‘pol munosabatda bo‘ladigan qabul qiluvchi kompaniyalar ham mavjud. Bunday vaziyatda, birinchi navbatda uyushma bilan maslahatlashing, uyushma bilan qilingan harakat natijasiz bo‘lsa, OTIT (Xorijiy kasbiy amaliyotchilar tashkiloti) bilan bog‘lanishingiz kerak. OTIT tashkiloti uyushmasi va qabul qiluvchi kompaniyarni nazorat qilish kabi kuchli vakolatga ega tashkilotdir.
OTIT (Xorijiy kasbiy amaliyotchilar tashkiloti)
[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lganlar bu yerni tekshiring!
Bandlik agentligini qanday tanlash kerakligini bilmoqchi bo'lsangiz quyidagi maqolalarni o'qib ko'ring.
https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/tech-intern/choose-sending-organization-part1
https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/tech-intern/choose-sending-organization-part2
Karera dizayni kursi: Bino tozalash sanoati bo'yicha | JICA-Net kutubxonasi
Karera dizayni kursi: Avtomobil ta'mirlash sohasi bo'yicha ish | JICA-Net kutubxonasi
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/tech-intern/comprehend-tech-intern)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid