JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Ish vaqtidan tashqari ish uchun yetarli darajada haq to‘lanyaptimi? Ish vaqtidan tashqari ish haqining turlari va hisoblash usullari

Ish vaqtidan tashqari ish uchun yetarli darajada haq to‘lanyaptimi? Ish vaqtidan tashqari ish haqining turlari va hisoblash usullari

Agar Yaponiyada ishlayotganingizda sizga ortiqcha ish haqi to'lanmayotganini sezsangiz, ortiqcha ish haqini o'zingiz hisoblab ko'ring. So'ngra, bu haqda kompaniyangiz, kasbiy tayyorgarlik birlashmasiga (boshqaruv tashkiloti), maxsus ko'nikmalar bo'yicha ro'yxatga olingan yordam tashkilotiga yoki Mehnat Standartlari Inspeksiya Idorasiga murojaat qilishingiz mumkin. Bu yerda ortiqcha ish haqi turlari va ularni qanday hisoblash haqida ma'lumot beramiz.

Ish vaqti va ta’tillar bilan bog‘liq qoidalar

Yaponiyaning Mehnat standartlari to‘g‘risidagi qonunida ish vaqti, dam olish vaqtlari va ta’til kunlari haqida quyidagicha belgilangan.

Ish vaqti

Kuniga 8 soat, haftada 40 soat 

Tanaffus vaqtini oz ichiga olmaydi.

Tanaffus

Ish vaqti 6 soatdan oshsa, kamida 45 daqiqadan ortiq tanaffus beriladi, 8 soatdan oshsa,  1 soatdan ortiq davom etadi.

Bayram va dam olish kunlari

Har haftada 1 kundan ortiq, 4 haftada 4 kundan ortiq.

Kuniga 8 soat oraligida, haftada 40 soat oraligidabolgan ish vaqtiQonuniy ish vaqti” (法定労働時間) deb ataladi. Kompaniya oz xodimlaridan qonunda belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlashni talab qilsa, ish vaqtidan tashqari ish haqini (残業代) tolashlari kerak. Ish vaqtidan tashqari ish haqi (残業代) “odatdagi ish haqidan tashqari tolanadigan maosh” (割増賃金) shaklida tolab berilishi kerak.

Odatdagi ish haqidan tashqari to‘lanadigan maosh turlari

“Qonuniy ish vaqti” (法定労働時間)dan oshib ketadigan ish “ish vaqtidan tashqari ish vaqti” (時間外労働) deb ataladi. Ish vaqtidan tashqari ish va ta’til vaqtidagi ishlar uchun kompaniyalar quyidagi hisobda ish haqini to‘lashlari kerak:

Qoshimcha ish vaqti turlari

Mazmuni

Beriladigan ish haqi miqdori

Belgilangan vaqtdan tashqari mehnat

Bir kunda 8 soatdan yoki haftasiga 40 soatdan ortiq ishlash holatida

Odatiy  ish haqining 1,25 baravari yoki undan ko‘p miqdordagi haq to‘lanadi

*Oyiga belgilangan 60 soatdan ortiqcha ishlasa,

qo‘shimcha qism uchun ish haqining  1,5 baravar miqdorda haq to‘lanadi.

Tungi mehnat 

22:00 dan 5:00 gacha ishlash holatida

Odatiy  ish haqining 1,25 baravar yoki undan ko‘p miqdorda haq to‘lanadi

Qonunda belgilangan bayramlar va dam olish kunlaridagi mehnat

Bayramlar va dam olish kunlaridagi mehnat (haftada bir marta)

Odatiy ish haqidan 1,35 baravar yoki undan ko‘p  miqdorda haq badal to‘lanadi

Bundan kam ish haqi bilan mehnat shartnomasi tuzilgan taqdirda ham, qonunga zid bo‘lgani sababli shartnoma qonuniy  kuchga ega hisoblanmaydi. 

Ish vaqtidan tashqari ish haqini  hisoblash usuli

Qoshimcha ish haqi (割増賃金) miqdorini qanday hisoblash mumkin?

Qoshimcha ish haqi miqdorini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Qoshimcha ish haqi = “Oddiy ish haqi (soatiga ish haqi miqdori)” × “Belgilangan vaqtdan tashqari bajarilgan mehnat soatlari soni” × “ Qoshimcha ish haqi foizi”.

Biroq, ozgaruvchan ish vaqti tizimi holatlarida qoshimcha ish haqini hisoblash usuli farqlanishi sababli etiborli boling. Quyida ozgaruvchan ish vaqti uchun ishlatilishi mumkin bolgan vaqt nazorati misollari keltirilgan.  

  • Bir oy mobaynida ortacha haftalik ish vaqti 40 soatdan oshmasligini taminlagan holda, ushbu muddat ichida har bir ish kuni uchun ish vaqtini belgilash usuli. 

  • Bir yil mobaynida ortacha haftalik ish vaqti 40 soatdan oshmasligini taminlagan holda, bir yil davomidagi malum bir muddat ichida qaysi kunlarda ishlashni va har bir ish kuni uchun ish vaqtini belgilash usuli. 

◆ Odatiy to‘lanadigan ish haqi” (通常賃金)ni hisoblash usuli

Qo’shimcha ish haqini (割増賃金) hisoblash uchun asos boʻlgan “odatiy ish haqi (soatbay ish haqi miqdori)”ni hisoblash haqida tushuntiramiz.

Bir yillik muntazam ish kunlari soni × bir kunlik ish vaqti ÷ 12 = bir oylik muntazam ish soatlarining o‘rtacha soni

  Oylik ish haqi (asosiy ish haqi) ÷ o‘rtacha bir oylik ish haqi (belgilangan muntazam ish vaqti) = Bir soatlik ish haqi miqdori (odatiy ish haqi)

Muntazam ish vaqti - har bir kompaniya tomonidan belgilangan ish vaqti hisoblanadi. 

Hisob-kitob tarkibidagi oylik ish haqi (asosiy ish haqi) nafaqat asosiy ish haqi, balki nafaqalar, mukofot pullari, lavozim uchun qo‘shimcha to‘lovlar va ish haqi miqdori kabilarni o‘z ichiga oladi. “Oila ta’minoti nafaqasi”, “Ishga qatnash uchun yo‘lkira haqi”, “Alohida yashash uchun nafaqa”, “Bolalar o‘qishi uchun nafaqa”, “Uy-joy nafaqasi”, “Vaqtinchalik to‘lanadigan nafaqa”, “Bonuslar” va boshqalar asosiy ish haqiga kiritilmaydi. Biroq, “Oila ta’minoti nafaqasi”, “Uy-joy nafaqasi” va “Ishga qatnash uchun yo‘lkira haqi” nomlari bilan atalsa ham, har bir shaxsning o‘ziga xos holatlarini hisobga olmagan holda yagona belgilangan miqdorda to‘lanadigan nafaqalar asosiy ish haqiga kiritiladi. 

Sizning mehnat shartnomangiz mazmuniga ko‘ra, yuqoridagi holatlar bilan  muvofiq bo‘lmagan holatlar bo‘lishi  mumkin. E’tiborli bo‘ling.

“Oddiy ish haqi”ni hisoblash uchun namuna

(Masalan) Bir yillik uchun dam olish kunlari muddati 125 kun, bir kunlik belgilangan ish vaqti 8 soat bo‘lgan firmalarda oylik ish haqi (asosiy ish haqi) 240,000 yen maosh oladigan xodimlar holatida:

   Bir oylik o‘rtacha muntazam ish vaqti

(365 kun/yil - 125 kun dam olish) × 8 soat/kun ÷ 12 oy = 160 soat/oy

   Bir soatlik ish haqi miqdori (odatiy ish haqi)

240,000 yen/oy ÷ 160 soat/oy = 1,500 yen/soat

Qo‘shimcha ish haqini hisoblash uchun namuna

Aytaylik, “oddiy kunlik ish haqi (soatiga)” 1,500 yen bo‘lgan ishchiga ertalab soat 9:00 dan 23:00 gacha (2 soatlik tanaffus: 12:00 ~ 13:00, 18:00 ~ 19:00) ishlasa, qo‘shimcha ish haqi qancha bo‘ladi?

Bunday holda, dam olish vaqtini hisobga olmaganda, ish vaqti 12 soatni tashkil qiladi. Shundan ortiqcha ish vaqti “12 soat - 1 kunlik qonuniy qo‘shimcha ish soati 8 soat = 4 soat” bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shimcha ish haqi ushbu 4 soat uchun hisoblab chiqiladi.

(A) Soat 22:00 gacha bo‘lgan uch soatlik qo‘shimcha ish haqi: faqat belgilangan soatdan tashqari bajarilgan mehnat uchun beriladigan qo‘shimcha to‘lov hisoblanadi.

Oddiy ish haqi: 1,500 yen x 1,25 × 3 soat = 5,625 yen

(B) Soat 22:00 dan 23:00 gacha qo‘shimcha ish haqi: belgilangan soatdan tashqari bajarilgan mehnat uchun beriladigan qo‘shimcha to‘lov (oddiy ish haqining 1,25 barobari yoki undan ko‘p) va tungi ish (soat 22:00 dan keyingi kun ertalab 5:00 gacha) uchun beriladigan qo‘shimcha to‘lov (oddiy ish haqining 1,25 barobari yoki undan ko‘p)ga mos keladi.

Oddiy ish haqi: 1,500 yen x 1,5 x 1 soat = 2,250 yen

※Soatbay ish va tungi ish uchun qo‘shimcha ish haqi olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ish haqining umumiy qiymati A + B = 7,875 yen.

Belgilangan qo‘shimcha ish haqi haqida

Belgilangan qo‘shimcha ish haqi –  bu belgilangan miqdordagi ortiqcha ish soatlari, dam olish kunlaridagi ishlar va tungi ishlar uchun oldindan kelishilgan va oylik ish haqiga qo'shib to'lanadigan qo'shimcha to'lovdir.

Agar belgilangan qo‘shimcha ish haqi amaldagi qo‘shimcha ish soatlari uchun to‘lanadigan qo‘shimcha ish stavkasidan past bo‘lsa, ushbu farq kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lanishi kerak. Masalan, kompaniya oyiga 10 soat davomida belgilangan qo‘shimcha ish haqini to‘lasa va siz oyiga 18 soat qo‘shimcha ishlasangiz, kompaniya ruxsat etilgan qo‘shimcha ish haqidan tashqari 8 soat davomida qo‘shimcha ish haqini to‘lashi kerak. 

Qonuniy ish vaqti  va belgilangan ish vaqti

Mehnat me’yorlari to‘g‘risidagi qonunda ish vaqti “haftasiga 40 soat, kuniga 8 soat” deb belgilangan. Bu “qonuniy ish vaqti” deb ataladi. Biroq, kompaniyaning muntazam mehnat qoidalari bilan belgilangan ish vaqti “belgilangan ish vaqti” deb ataladi. Belgilangan ish vaqti qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti doirasida belgilanishi kerak.

Xo‘sh, agar belgilangan ish vaqti 7,5 soat bo‘lsa va siz kuniga 10 soat ishlasangiz, oddiy ish vaqti necha soat bo‘ladi?

  • Standart asosida qo‘shimcha ish uchun qonuniy ish vaqtini hisoblaganda “10 soat - 8 soat = 2 soat”

  • Kompaniya tomonidan belgilangan ish vaqti asosida qo‘shimcha ish vaqtini hisoblaganda “10 soat - 7,5 soat = 2,5 soat” tarzida bo‘ladi.

Bu holda, kompaniyaning ortiqcha ish haqi to'lash majburiyati faqat 2 soatga tegishli. Biroq, kompaniya o'zining belgilangan ish vaqtini asos qilib olib, ortiqcha ish uchun to'lovni amalga oshirishda erkindir. Agar qonun bilan belgilangan ish vaqti va kompaniya tomonidan belgilangan ish vaqti farq qilsa, ortiqcha ish haqini qanday hisoblash kompaniyaning ish qoidalarida belgilanishi kerak.

Qishloq xo'jaligi kabi sohalardagi qo’shimcha ish haqi uchun istisnolar

Mehnat standartlari to‘g‘risidagi qonundagi istisnolar

Mehnat standartlari to‘g‘risidagi qonunda nazarda tutilgan ish vaqti (haftada 40 soat, kuniga 8 soat) va tanaffus hamda dam olish kunlari bilan bog‘liq qoidalar ba’zi sanoat tarmoqlariga mos tushmaydi. Chunki, mehnat standartlari to‘g‘risidagi qonunda istisnolar bilan bog‘liq qoidalar mavjudligi bunga asosdir.

Misol uchun, qishloq xo‘jaligi ishlarida ob-havo sharoitlari ta’sir qiladi, shuning uchun Mehnat standartlari to‘g‘risidagi qonundagi “kuniga 8 soat”, “haftasiga 40 soat” va “haftada bir kundan ortiq dam olish kunlari” degan qoidadan shu holicha  foydalanilsa, sabzavotlarni tayfunlardan himoya qilishga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘ra olmaslik kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, “ish kam bo‘lgan fasllarda va ob-havo yomon bo‘lgan kunlarda yetarlicha dam olish mumkin”, “dam olish vaqtini belgilamasdan ham, xohlagan vaqtda dam olish mumkin” degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, Mehnat standartlari to‘g‘risidagi Qonunida belgilangan "ish vaqti", "tanaffus", va "dam olish kunlari"ga oid qoidalar ba'zi hollarda qo'llanilmasligi mumkin.

Shu sababli, qishloq xo'jaligi ishchilari uchun ish vaqti, tanaffuslar va dam olish kunlariga oid mehnat qonunchiligi qo'llanilmaydi. Natijada, "ortiqcha ish" yoki "dam olish kunlari ishlash" tushunchalari mavjud emas va bu ishlar uchun qo'shimcha ish haqi (ortiqcha ish haqi yoki dam olish kunlari ishlash haqi) ham to'lanmaydi. Bu qoida chorvachilik, ipakchilik va baliqchilik kabi suv xo'jaligi sohalariga ham tegishli.

Ish soatlarida odatiy ish haqi olinadi

Lekin, Mehnat to‘g‘risidagi nizomda belgilangan belgilangan ish vaqti (所定労働時間)dan ortiq ishlangan mehnat haqi, ishlangan soatlar hisobida to‘lanishi kerak. Qoshimcha ishning har bir soati uchun foiz (割増) to‘lanmaydi xolos.

Oqshom vaqtidagi mehnat haqi foizlari to‘lanadi

Kechki 22:00 dan keyingi kun ertalab 5:00 ga qadar ishlanganda qishloq xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq ish joylarida ham odatiy  ish haqining 25 foizi miqdorida oqshom ishlaganlik ustama haqi to‘lab beriladi.

Ish beruvchi tomonidan xodimlar ta’minlanishi kerak bo‘lgan xavfsizlik majburiyatlari

Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik sanoati va shu kabi sohalarda, ish vaqti, dam olish vaqtlari va dam olish vaqtlari bilan bog‘liq qonunchilik standartlari mavjud emas. Ammo kompaniya ishchilar xavfsizligiga javob berishi shart (安全配慮義務). Ish mobaynida ishchi tanaffus va dam olish vaqti ozligi hisobiga kasal bo‘lib qolish holatlari bo‘ladigan bo‘lsa, kompaniyaga nisbatan yetkazilgan  zararlarni qoplab berish uchun majburiyati vujudga keladi.

Ish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan holatlardan tashqari istisnolar mavjud emas 

Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilikni o‘z ichiga olgan sohalarda nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan holatlar  ish vaqti, tanaffus, dam olish to’g’risidagi qoidalar bilan cheklanib, “Mehnat standartlari to‘g‘risida”gi Qonundagi boshqa qoidalar, eng kam ish haqi, ishchilarning sug‘urta polisi kabi boshqa qoidalariga qat’iyan amal qilinadi. Masalan, ish haqi qonunda belgilangan eng kam oylik ish haqidan pastga tushirmasligi, shuningdek, yillik ish haqi to‘lanadigan mehnat ta’tiliga oid qoidalar belgilanishi zarur. Bu standart qoidalar nafaqat muntazam ishlayotgan xodimlar uchun balki, yarim kunlik ishchi xodimlar hamda soatbay ishlaydiganlar uchun ham bir xil.

Qishloq-xo‘jaligi sohalaridagi stajyor vizasidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan  umumiy qoidalarning qo’llanilishi 

Stajyorvizasida qishloq-xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan chet ellik stajyorlarga nisbatan ham  '' Mehnat standartlari togrisidagi Qonunda belgilangan ish vaqtlari, tanaffus va dam olish kunlari belgilanadi va 割増賃金 (qo‘shimcha haq) tolanishi kerak. Bu stajyor vizasidagi xodimlarning mehnat standartlar haqida 2000-yilda chiqarilgan Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligining bildirishnomasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.

Manba: Qishloq xojaligi sohalarida stajyorlikka otishda etibor berilishi lozim jihatlar haqida (Qishloq, ormon va baliq xojaligi vazirligi)

Shu bilan birga qishloq-xojaligi sohalarida “stajyor ” vizasida faoliyat yuritayotgan xodimlar belgilangan ish vaqtidan ortiq vaqt davomida mehnat bilan band bolsalar, 1.25 foiz miqdorida, hamda dam olish kuni mehnat bilan shugullangan bolsalar odatdagi ish haqining 1.35 foizi miqdorida haq (割増賃金) tolanadi.

Ish vaqtidan tashqari ishlanganda yetarli darajada haq to‘lanmagan holatlarda

Ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha mehnat soatlaringizga yetarli darajada haq olmayotgan bo‘lsangiz:

  • Ish joyingizning boshlig‘i bilan maslahatlashing.

  • Ish joyingiz yoki boshlig‘ingiz bilan gaplashish qiyin bo‘lgan holatlarda, Mehnat me’yorlari nazorati inspeksiyasi (Mehnat inspeksiyasi) bilan maslahatlashing.

※ Ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlar haqi masalasida muammolar vujudga kelganda quyidagi saytdan ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Viloyat mehnat byurosi, Mehnat meyorlari nazorati inspeksiyasi hamda umumiy mehnat maslahat markazi (Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi)

  • Stajyor vizasidagi xodimlar (技能実習生) nazorat tashkilotlar (uyushmalar)iga ham murojaat qilishlari mumkin.

  • Nazorat tashkilotlari murojaatidan keyin ham natijalar bolmasa, OTIT (Chet ellik stajyorlar tashkiloti) hamda Mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Ona tilida maslahat markazi/  Chet ellik  stajyorlar tashkiloti ( OTIT ) (otit.go.jp) orqali ham murojaat qilsangiz bo'ladi

[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz, bu yerni tekshiring!

Ish boshqaruvida foydali ko'p tilli lug'at|Sog'liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi
 

Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portal (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/work-in-japan/overtime-pay)

Izoh qoldiring
Profile picture